Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi 11-mavzu: Soliqning resurs to‘lovlarini hisoblash turlari haqida umumiy tushunchalar. Soliq to‘lovchi korxonalar


Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq stavkasi va imtiyozlar



Yüklə 76,5 Kb.
səhifə4/5
tarix24.10.2022
ölçüsü76,5 Kb.
#65997
1   2   3   4   5
11-mavzu

Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq stavkasi va imtiyozlar.
Yer qa`ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi va soliq to`lovchilarga O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo`mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda yetkazlliladi.
Hozirgi vaqtda O`zbekistonda qazib olinadigan xom ashyo turlari bo`yicha yer qa`ridan foydalanganlik uchun soliqning tabaqalashtirilgan stavkalari belgilangan.
Foydali qazilmalarni qazib olishning tabiiy noqulay sharoitda ishlaydigan konlar davlat tomonidan qo`shimcha ravishda qo`llab quvvatlanadi. Ularga nisbatan pasaytirilgan soliq stavkalarni joriy etish orqali bunday korxonalar ishlab chiqarishini rivojlantirish va zamonaviylashtirishga qo`shimcha mablag’lar yo`naltirish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Hozirgi vaqtda jami 53 turdagi foydali qazilmalarga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda soliq stavkalari o`rnatilgan.
Quyidagilar yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni to`lashdan ozod etiladilar:
1. yer osti boyliklarini geologik jihatdan o`rganuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
2. geologik, mineralogik va boshqa aloqida qo`riqlanadigan tabiiy hududlarda ilmiy ish olib boruvchи yuridik va jismoniy shaxslar;
3. hamma joyda tarqalgan foydali qazilmalarni ularga berilgan yer uchastkalari doirasida belgilangan tartibda, o`z xo`jalik va maishiy ehtiyojlari uchun qazib olishni amalga oshiruvchi yer egalari va yerdan foydalanuvchilar.
Soliq qonunchiligiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo`lmagan maqsadlar uchun o`z hududida qazib olingan va ishlatiladigan keng tarqalgan foydali qazilmalar hajmi yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni to`lashdan ozod etiladi.
O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi amalga joriy etilishidan avval qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq soliq to`lovchilarga taqdim etilgan soliq imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat tugashiga qadar saqlanadi.

Yüklə 76,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin