3-LABORATORIYA ISHI Mavzu: Media matn tayyorlashda zamonaviy amaliy dasturlardan foydalanish. Ishdan maqsad: Matn tayyorlashda amaliy dasturlardan foydalanish, turli ob’ektlar qo’shish va yaratish, ko’nikma va tajriba oshirish.
Nazariy qism
1-Topshiriq. Diagramma yaratish. «Вставка»menyusining imkoniyatlaridan foydalangan holda yuqoridagi jadvalning ixtiyoriy diagrammasini hosil qiling (gistogramma, grafik, aylana, chiziqli, nuqtali, birjali, halqali, bargli).
E slatma! Berilgan jadvalga diagramma yaratish uchun jadvaldagi kerakli ma’lumotni sichqoncha yordamida belgilaymiz va «Вставка» menyusining Диаграмма piktogrammasini bosib, Гистограмма bo’limini tanlab, kerakli shaklni tanlab olamiz.
2-Topshiriq. “Word dasturining menyulari” mavzusida klaster yarating. Klaster yaratish uchun “Вставка/SmartArt” bo‘limlari tanlanib, hosil bo‘lgan muloqotli oynadan kerakli shakl tanlanadi.
3-Topshiriq.Xujjatga gippermurojaat o’rnatish.
Hujjatda bir sahifadan boshqa sahifaga onson o‘tishga yoki kompyuterda joylashgan fayl, web-sahifaga murojaat etishga to‘g‘ri kelib qoladi. Bunday vaziyatda muammoni gipermatndan foydalanish orqali hal etish mumkin. Hujjatda gipermurojaat yaratish uchun turli obyektlardan foydalanish mumkin. Masalan: matn, shakl, rasm va h. k.
Hujjatda bir sahifadan ikkinchi sahifaga, bobga yoki biror bir bo’limga o‘tish uchun gipermurojaat yaratish tartibi:
1) matndan gipermurojaat sifatida foydalanish uchun o‘sha matn belgilab olinadi;
2) “Вставка” (1) → “Ссылка” (2) buyruqlari tanlanadi;
3) yangi hosil bo‘lgan oynada “Место в документе” (3) buyrug‘i tanlanganda, taqdimotda mavjud ro‘yxatlari (4) ochiladi. Ro‘yxatdan kerakli bo’lim tanlanadi va “OK” tugmachasi bosiladi.
Laboratoriya ishi hisoboti: 1. Ish stolida o’z familiyangiz va guruh nomi bilan papka oching.
2. Papka ichida – MS Wordda matnli “ism_laboratoriya_3” nomi bilan fayl (hisobot) yarating.
3.Bajarilgan topshiriqlarni elektron manzilingiz(e-mail)ga yuboring va saqlang.
Nazarot savollar: Media matn tayyorlashda amaliy dasturlarning imkoniyatlari.
Qanday obyekt turlari mavjud?
Wordda obyektlarni joylashtirish qaysi menyudan foydalaniladi?