Nazorat tahlil laboratoriyalari (markazlarining) akkreditatsiyas-hozir.org
Nazorat tahlil laboratoriyalari (markazlarining) akkreditatsiyasi. Bajardi: Hayitboyeva Nodira
Nazorat tahlil laboratoriyalari (markazlarining) akkreditatsiyasi.
Bajardi: Hayitboyeva Nodira
"Sinov laboratoriyasini akkreditatsiya qilish" – sinov laboratoriyasining (markazining) muayyan mahsulot sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshirishga doir va holatlarining rasmiy e'tirofi.
"Sinov laboratoriyasini akkreditatsiya qilish" – sinov laboratoriyasining (markazining) muayyan mahsulot sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshirishga doir va holatlarining rasmiy e'tirofi.
Sertifikatlashtirish:
-odamlarning hayoti, sog`ligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo`lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish;
-mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta'minlash;
-mamlakat korxonalari, qo`shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
-mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta'kidlagan sifat ko`rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo`ladi.
Mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangani taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi, tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega bo`ladi.
Sertifikatlashtirilishi shart bo`lgan mahsulotlarning ro`yxatini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Sertifikatlashtirilishi shart bo`lgan mahsulotlarning ro`yxatini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Majburiy sertifikatlashtirish ishlab chiqarishni tekshirishni, mahsulot xususiyati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun uni sinashni, nazorat yo`sinidagi tekshiruvni va sertifikatlangan mahsulot ustidan nazoratni o`z ichiga oladi.
Sinovlar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) tomonidan tegishli normativ hujjatlarda belgilangan usullarda, bunday hujjatlar bo`lmagan taqdirda esa tegishli sertifikatlashtirish organlari ishlab chiqqan usullarda amalga oshiriladi.
Arizachi o`z mahsulotini majburiy sertifikatlashtirishdan o`tkazishga sarflagan mablag`lar summasi shu mahsulot tannarxiga qo`shiladi.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo`lgan, ammo muvofiqlik sertifikatiga ega bo`lmagan mahsulotni targ`ib qilish man etiladi.