8- NAZORAT ISHI 1.G’altakdan o’tayotgan tokni 0,1 s davomida 0 dan 5 A gacha bir tekisda orttirganimizda 50 V o’zinduksiya EYUK hosil bo’ladi.G’altakning induktivligini toping.
2.Induktivligi 0,4 H bo’lgan konturda tok kuchi 2 A bo’lganda undan o’tuvchi magnit oqimi necha Veberga teng bo’ladi?
3.Solenoidda tok kuchi 10 A bo’lganda 0,5 Vb magnit oqimi hosil bo’ladi.Shu solenoidning magnit maydon energiyasini toping.
LABORATORIYA ISHI-1
Mavzu: Qiya tekislikda foydali ish koeffitsiyentini aniqlash.
Ishning maqsadi: qiya tekislik va undan nima maqsadda foydalanishni oʻrganish. Qiya tekislikda jismni koʻtarishda bajariladigan foydali va toʻla ishlarni hamda qiya tekislikning foydali ish koeffisiyenti haqidagi bilimlarni mustahkamlash. Xatoliklarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish.
Kerakli asboblar va materiallar:uzun yupqa taxta, qisqichli shtativ, yog’och brusok, chizg’ich, yuklar to’plami, dinamometr.