Uzluksiz ishlovchi geliy-neon lazeri.......................................................
Ne-He lazerini quvvati va kogarentligi.......................................................
Boshqa gaz lazerlar haqida...........................................
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o’qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o’qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o’quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatdosh mutaxasislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va inovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo’naltirishga kata e’tibor qaratilmoqda.
Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, XX asrning 40-yillaridan boshlab O’zbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro mukofotlarga sazovor bo’ldi va xorijiy akademiyalar a’zolari bo’lib saylandi. Eng muhim ilmiy yo’nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o’rin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi qattiq jismlar fizikasi, atom yadrosi fizikasi, yarim o’tkazgichlar fizikasi, lazer fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo’shdi.