Mundarija
1.Kirish......................................................................................................................
2.Adabiyotlar tahlili. (Texnologik qurilma jarayoni bayoni).........................................................................................................
2.1 Dizel yoqilgisini gidrotozalash texnologiyasi (Texnologik qurilma jarayoni bayoni)
3. Loyihlanayotgan jihoz yozivi
3.1Neft mahsulotlari gidrokrekinglash jarayonlari
3.2. 3.2.Gidrotozalash reaktor qurulmasi !
4. Hisoblash qismi
Xulosa…………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ........................................................
KIRISH
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "2018 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizasiya va diversifikasiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish — ustuvor vazifalar" to‘g‘risidagi ma’ruzasida 2018 -2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarini moddiy - texnik bazasini modernizasiya qilish dasturi doirasida qurilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha katta ishlarini amalga oshirilganligi to‘g‘risida gapirdi. Endigi navbatda sohalar bo‘yicha sifatli kadrlarni tayyorlash hamda tayyorlangan mutaxassislar xalqora talablar meyorlariga javob beraolishligi to‘g‘risidagi fikrlarni o‘z ma’ruzasida keltirgan. 2018 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida neft va gaz tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha bir qator masalalar to‘g‘risidagi vazifalar ham belgilab berilgan.
Hozirgi vaqtda respublika boy gaz, kondensat va neft zaxiralariga yega. Ayniqsa, Qashqadaryo viloyati respublikada bu soha bо‘yicha birinchi о‘rinda turadi. Kо‘kdumoloq neft koni, Muborak gazni qayta ishlash zavodi va boshqalar mamlakatimizda asosan yoqilg‘i energitika bazasini tashkil yetadi. SHо‘rtangaz kimyo komleksi (SHGXK) 2001 yildan boshlab bir yiliga: 125 ming tonna poliyetilen xom-ashyosi, 102 ming tonna gaz kondensati, 142 ming tonna suyultirilgan gaz mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
SHGXK qurilishiga AQSH, Germaniya, Yaponiya, Italiya va boshqa mamlakatlarni nufuzli kompaniyalari jalb yetilib 650 million AQSH dollari miqdorida sarmoya sarflangan.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Tabiiy gazni qayta ishlash jarayonida qо‘shimcha mahsulot sifatida hosil bо‘ladigan propan va butan fraksiyasini ajratib olish jarayonini maqbullashtirish.
- Respublikamiz hududidagi tabiiy gaz konlarini о‘rganish;
- gazni qayta ishlashga tayyorlashni texnologik jarayonlarini о‘rganish va gaz xom-ashyolari, hamda ularni qayta ishlashda hosil bо‘lgan mahsulotlar konsentratsiyalarini, miqdorlarini FEK (fotokolorimetr), SF (spektrofotometr) qurilmalaridan foydalanib aniqlash;
-tabiiy gazlardan propan va butan fraksiyasini ajratib olishda qо‘llaniladigan quyidagi suyuqlik yordamida tozalash, filtrlash, absorbsiya, adsorbsiya va rektifikatsiya usullaridagi jarayonlar, ularda qо‘llaniladigan jihoz va uskunalarni tuzilishi ishlash tartiblarini о‘rganish;
- gaz va gaz suyuqlik xromatografiyasi usulidan foydalanib propan va butan fraksiyasi tarkibini analiz qilish;
- olingan natijalarni fizik-kimyoviy tahlil usullaridan foydalanib propan va butan fraksiyasini ajratish jarayonini maqbul texnologik rejimini ishlab chiqishdan iboratdir.
2.1 Dizel yoqilgisini gidrotozalash texnologiyasi !
Jarayonning vazifasi hozirgi zamon talablarining darajasiga javob beradigan geteroatomli birikmalar (ayniqsa, oltingugurtli) dan tozalashni o’tkazish. Distillyatlarni gidrotozalash qurilmasi quyidagi bloklarni o’z ichiga oladi, ular quyidagilar: reaktorli, VSG ni ajratish bilan gaz mahsulotli aralashmani separasiyalash, VSG ni vodorod sul’fiddan tozalash, kompressorli, gidrogenizatni barqarorlashtirish1.
Mazkur bobda misol tariqasida dizelfraksiyalar, vakuumli distillyat va parafinni gidrotozalash qurilmalarining tavsifi berilgan. Gidrotozalashning boshqa qurilmalari ko’rib chiqilmaydi, chunki ular asosan ko’rib chiqilganlar bilan bir хil.
Dizel yoqilg’isi distillyatini gidrotozalash texnologik tizimini quyida ko’rib chiqamiz (20-rasm).
Jarayon qo’zg’almas qatlamdagi alyumokobaltmolibdenli katalizatorlar ishtirokida o’tkaziladi.
Xom ashyo 1-nasos yordamida berilib, 16-kompressordan kelayotgan vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtiriladi. Aralashma 6-chi va 4-chi issiqlik almashtirgichlarda isitilgandan, so’ng 2-quvurli pechga va aralashma 380 – 4250C temperaturada 3-reaktorga tushadi. Aralashmani reaktorga kirish va chiqishdagi temperaturalar farqi 100C dan oshmasligi kerak.
Reaksiya mahsulotlari 4, 5 va 6-chi issiqlik almashtirgichlarda 1600C gacha sovitiladi, bir vaqtda gaz xom ashyo aralashmasi, shuningdek, barqarorlashtirish kolonnasi xom ashyosi isitiladi. Gaz mahsulotli aralashmani keyingi sovutish 7havoli sovutish jihozida, soviguncha (taxminan 380C gacha) 8-suvli sovutgichda amalga oshiriladi.
Beqaror gidrogenizat yuqori bosimli 9-seperatorda sirkulyalanuvchi gazdan ajratiladi. Gidrogenizat seperator pastidan chiqariladi, 10-issiqlik almashtirgichdan o’tishda 2400C gacha isitiladi, so’ngra 5-issiqlik almashtirgichga va 11-barqarorlashtiruvchi kolonnaga kiritiladi.
Ayrim qurilmalarda gaz mahsulotli aralashmalar uchun yuqori temperaturali separaciyalash o’tkaziladi. Bunday hollarda aralashma 210 – 2300C temperaturada yuqori bosimlda qizdiriluvchi seperatorda ajratiladi, ya`ni separatorda ajratiladigan suyuqlik barqarorlashtirish kolonnasiga yuboriladi.
Sirkulyatsiyalanuvchi vodorod saqlovchi gaz 18-absorberda vodorod sulfiddan monoetanolaminning suvli eritmasi yordamida tozalanib, 16- kompressor orqali tizimga qaytariladi.
Suv bug’i 11-kolonna pastiki qismidan kiritiladi. Benzin bug’lari, gaz va suv bug’lari 1350C temperatura atrofida kolonna yuqorisidan chiqib, havoli sovutkich 12 ga tushadi, so’ngra 13-separatorda gazning suyuq aralashma qismi ajratiladi. Separatorda ajralgan benzinning bir qismi 15-nasos yordamida 11kolonna yuqorisiga «to’yintirish» sifatida qaytariladi. Balans miqdori esa qurilmadan chiqariladi. Uglevodorod gazlari 22- absorberda vodorod sulfiddan tozalanadi.
Gidrogenizat 11-kolonna pastidan chiqariladi va 10-issiqlik almashtirgichda, 14-havoli sovitkichda sovitilib, 500C temperaturada qurilmadan chiqariladi.
Qurilmada katalizatorni qayta tiklash uchun 400 – 5500C va 2 MPa da toblantiriladi, so’ngra tizim orqali inert gaz o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |