Neft va gaz konlari geologiyasi va geofizikasi


Botqoqliklarning geologik ishi



Yüklə 139,02 Kb.
səhifə7/8
tarix07.06.2023
ölçüsü139,02 Kb.
#126220
1   2   3   4   5   6   7   8
ko‘l va botqoqlik

Botqoqliklarning geologik ishi

Yer yuzining chuchuk yoki shur suv bilan kuchli namlangan qismlari botqoqliklar deb ataladi. Botqoqlik suvi tuproqni butunlay qoplashi yoki tuproqqa shimilgan holda bo’lishi mumkin. Odatda ko’pchilik botqoqliklar xilma-xil botqoq usimliklari bilan qoplangan bo’ladi.


Botqoqliklar suvga tuyinish sharoitiga qarab, pastkam yerlardagi va baland yerlardagi botqoqliklarga bo’linadi. Quruqlikning pastkam yerlaridagi botqoqliklar har doim yoki uqtin- uqtin suv bilan kumilib turadi. Bunday botqoqliklarda sizot suvlari ko’pincha yer yuziga yaqin bo’ladi. baland yerlardagi botqoqliklarda esa, sizot suvi juda chuqurlikda, botqoqlik esa sizot suvi gorizontidan yuqorida joylashadi, bunday botqoqliklar asosan yog’inlardan suv oladi. Birinchi tip bilan ikkinchi tip botqoqliklaridan tashqari oraliq tipidagi botqokliqlar ajratiladi.
Botqoqliklar usimliklariga qarab 3 turga bo’linadi:
1) utli botqoqliklar;
2) zamburug’li botqoqkliklar
3) aralash usimlikli botqoqliklar.
Botqoqliklar hamma geografik kengliklarda ham uchraydi, lekin eng ko’p tarqalgan yerlari urtacha mintaqaning o’rmon zonasi va tundra zonasidir. Botqoqliklar bilan qoplangan yerlarning maydoni haligacha ma'lum emas.
Ayrim ma'lumotlarga qaraganda uning maydoni taxminan 3,5 mln. km. kv. Yogin-sochining ko’pligi, bug’lanishning kamligi va suv utkazmaydigan qatlamlarning yer yuzasiga yaqin bulishi botqoqlikning hosil bo’lishidagi asosiy omildir.
Ko‘l va botqoqlik yotqiziqlari. Ko‘l yotqiziqlari xilma-xil bo‘ladi. Bu yotqiziqlar ko‘lning chuqurligiga joylashgan o‘rniga, atrofidagi jinslarga va iqlim sharoitiga bog‘liqdir. Cho‘l va dashtdagi ko‘l yotqiziqlari nam iqlimli o‘lkalardagi yotqiziqlardan farq qiladi. Mo‘tadil iqlimli o‘lkalaridagi katta ko‘llarning yotqiziqlari ichki dengizlardagi yotqiziqqa o‘xshaydi. Ko‘lning shag‘al, qum ko‘pchilikni tashkil etgan qirg‘oq qismida to‘lqinlar ryabi va chig‘anoq to‘plamlarining izlari saqlanib qoladi.

Havzaning markaziga borgan sari, ayrim vaqtlarda qirg‘oqning xuddi o‘zidan, il va gil cho‘kindilari to‘plana boradi, ayrim vaqtlarda ular organogen yoki kimyoviy yotqiziqlar bilan almashinadilar.


Cho‘kindilarning asosiy qismini ko‘lning atrofidagi rayonda hukmron bo‘lgan jinslar tashkil yetadi: morenalar ko‘p tarqalgan rayonlarda - qumoqlar, zandra qumlari va boshqalar hukmrondir. Ko‘llarda mahalliy sharoitga qarab, kimyoviy va organogen cho‘kindilar to‘plana boradi. Masalan, magmatik jinslar ko‘p uchraydigan yerlardagi ko‘llarda (organik yoki kimyoviy yo‘l bilan) temir rudasi yotqiziladi (Ural, Kareliya, Finlyandiya va boshqalar).

Nam iqlimli yerlarda kislorod ko‘l tagigacha borib yeta olmaydi, shuning uchun uning tagida ko‘p miqdorda plankton va ko‘l tagi faunasi chirimasdan to‘planadi. Bu anaerob (kislorodsiz) sharoitda cho‘kindilar to‘planib, bir necha metr qalinlikka ega bo‘lgan yarim suyuq holdagi yonuvchi chirindilarni hosil qiladi va nihoyat, ko‘mirga aylanadilar. Ittifoqimizning Yevropa qismidagi ko‘llarda, masalan, Seliger ko‘lida gastropod, peletsipod va chig‘anoqlar to‘planib, ohakli suv o‘simliklari bilan birga g‘ovakli ohak cho‘kindilarini - “ko‘l bo‘rini” yoki mergelini hosil qiladi.


Juda qadim zamonda o‘lib ketgan diatom planktonlarining chig‘anoqlari ko‘l tagida katta maydonlarni egallab, qimmatbaho diatomit hosil bo‘lishiga sabab bo‘lgan (Sevan ko‘li, Baykal va boshqalar). Ko‘l yotqiziqlarining yupqa qatlamlardan iborat ekanligi suv sathining tez-tez o‘zgarib turishini aks ettiradi, bu qatlamlanishlar ko‘l cho‘kindilariga xos xususiyatdir. Chuchuk suvda yashovchi peletsipod, gastropod va ostrakodlarning ko‘llarda hukmronlik qilishi ko‘l yotqiziqlarini dengiz yotqiziqlaridan ajratib turadi. Bunga atroflari qum-gil va karbonatli mayda qatlamlardan, markaziy qismi diatom illaridan tashkil topgan Sevan ko‘li misol bo‘lishi mumkin.


Nam iqlimli ko‘llardagi suvda erib kelgan moddalar va organik mahsulotlar (sapropel, torf, temir rudasi va boshqalar) quruq oblastdagi ko‘l cho‘kindilaridan keskin ajralib turadi. Bunda daryolar ko‘llarga quruqlikdan yotqiziqlar olib kelib tashlay olmaydilar, ko‘llarda tuzlar, gipslar va, shuningdek, kimyoviy cho‘kindilargina to‘planadi. Bunday ko‘llarga Balxash ko‘li va Amerikaning cho‘l oblastidagi ko‘llar (Katta sho‘r ko‘l) misol bo‘la oladi.


Yuqorida tasvirlangan ko‘l tiplari orasida dengiz bo‘yi ko‘llari alohida ajralib turadi. Ular dengiz bo‘yidagi pasttekisliklarda laguna va chuqur qirg‘oqlarning qum kokillari bilan to‘silib qolishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday ko‘llarning xarakterli xususiyatlaridan biri shuki, ularda dengiz fauna va florasi uchraydi. Qirg‘oq bo‘yi ko‘llari yotqiziqlari


kontinental yotqiziqlardan ajralib turadi. Kontinental jinslar orasida qadimgi ko‘llarning yotqiziqlari ham katta ahamiyatga egadir. Bunga Rossiyaning Yevropa qismidagi perm davri qatlamlarini, Lipetsk temir konini, O‘rta Osiyoning ba’zi bir yura (Kuxitang tog‘ida) va paleogen-neogen davr yotqiziqlarini kirgizish mumkin.



Ko‘lda yotqiziqlarning taqsimlanishi 1-chaqiqtosh, qum; 2-gilli ohakli cho‘kindi; 3-fauna va flora yotqiziqlari; 4- yupqa organik yotqiziqlar; 5-qirg‘oq.

Xulosa;
Koʻl — chuqur joylarda toʻplangan tabiiy suv havzasi. Yerning barcha iqdim va landshaft zonalari — issiq, moʻtadil va sovuq, koʻp yogʻinli yoki qurgʻoqchil rayonlarida mavjud. Koʻpchilik Koʻllar dengizga muayyan daryo orqali oʻtib tushadi. Qurgʻoqchil joylarda oqmas Koʻl ham koʻp. Eng katta oqmas koʻllar — Kaspiy dengizi va Orol dengizidkr. Koʻl oʻrnining paydo boʻlishiga qarab bir necha turga boʻlinadi. Yerning ichki kuchlari taʼsirida paydo boʻlgan tektonik Koʻl katta va chuqur boʻladi (Kaspiy, Yuqori koʻl, Viktoriya, Orol dengizi, Guron, Michigan, Tanganika, Nyasa, Baykal, Issiqkoʻl). Zilzila natijasida daryo oʻzaniga togʻ yon bagʻirlarining qulab tushishidan yuzaga kelgan qulama (toʻgʻonli) Koʻl (Pomirdagi Sarez koʻli, Yashilkoʻl, Zarafshon, havzasidagi Iskandarkoʻl, Ozarbayjondagi Goʻkkoʻl va boshqalar) ham tektonik Koʻl hisoblanadi; vul k a n i k Koʻl sungan vulkanlar kraterida, lana qoplamalarining chuqur, pastqam joylarida hosil boʻladi; gid roge n Koʻl daryo, dengiz va yer osti suvlari faoliyati natijasida vujudga keladi. Gidrogen Koʻl daryo kayirlarining pastqam joylarida hosil boʻlgan qayir Koʻl, qoldiq oʻzan oʻrnidagi Koʻl, deltaning pastqam joylarida vujudga kelgan delta Koʻl, ohaktosh va gips kabi jinslardan tarkib topgan joylarning choʻkishi natijasida hosil boʻladigan karst Koʻl, abadiy muzloq yerdar choʻkkan joylardagi termokarst Koʻl, ostki qat-lamlardagi jinslarni yer osti suvlari yuvib ketishi natijasida tashkil topgan laguva Koʻl, limanlarning dengizdan ajralib krlishi natijasida shakllangan liman Koʻlga boʻlinadi Botqoqlik — yerning doimo yoki uzoq vaqt nam, zax boʻlib yotadigan joyi. Botqoqlikda torf qalin (0,2—0,3 m) boʻladi, oʻsimliklarning ildizlari torf ostidagi gruntga yetib bormaydi. Torf qatlami yupqa boʻlsa, botqoqlashgan yerlar deb ataladi. Botqoqlik xalq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega. Botqoqlik quritilgandan soʻng torf asosan oʻgʻit, yoqilgʻi va mol tagiga toʻshama sifatida ishlatiladi, undan kimyoviy mahsulotlar olinadi, qurilishda foydalaniladigan plitalar ishlab chikariladi. Botqoqlik koʻpincha oʻrmoni kesilib yoki kuyib ketgan joylarda va oʻgloqlarni uzoq muddat suv bosishi, shuningdek sayoz suv havzalarini ut qoplashi natijasida hosil boʻladi. Oʻsimliklar tarkibi va oʻsimliklarning oziklanish tartibiga koʻra Botqoqliklar 3 xil boʻladi: pastqam Botqoqlik, doʻng Botqoqlik va oraliq Botqoqlik Pastqam Botqoqlik uchun evtrof oʻsimliklar harakterli. Ular mineral tuzlarga boy grunt suvlari koʻp boʻlgan daryo qayirlarida, vodiylarda, eski koʻllar oʻrnida va suvayirgʻichlarning pastqam joylarida uchraydi. Bunday Botqoqliklarda asosan, qiyoq, qamish, roʻvak, qirqboʻgʻimlar; daraxtlardan olxa (qandagʻoch) va qayin oʻsadi.



Yüklə 139,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin