40720602-neft va gazni qayta ishlash mutaxassisi kasbi bo’yicha
Diplom oldi amaliyotidan O’QUV DASTURI
Kvalifikatsiya(lar) nomi:
1.Texnologik qurilmalarni ta`mirlovchi chilangar
2.Texnologik qurilmalar operatori
O’quv rejadagi tartib raqami:
2.1.8
Ajratilgan soat:
132
Toshkent – 2023
O’quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Energetika yo’nalishlari bo’yicha O’quv-metodik birlashmasining 2023-yil 23-avgustdagi 3-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
B.A.Mansurov
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji maxsus fan ukituvchisi
A.R Xafizov
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji o`quv va tarbiyaviy ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari
M.Sh.Kazimova
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji uslubchisi
M.N.Murodov
Buxoro muhandislik texnologiya instituti neftni kayta ishlash texnalogiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi, texnika fanlar nomzodi
Taqrizchilar:
B.A.Mavlonov
X.R.Latipov
Buxoro muhandislik texnologiya instituti
“Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi”kafedrasi dotsenti
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bosh texnologi o’rinbosari
M.A.Eshmuhamedov
Toshkent davlat texnika universiteti “Neft va gazni qayta ishlash ob’ektlari” kafedrasi dotsenti, kimyo fanlar nomzodi
1. O’quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Diplom oldi amaliyoti
Ajratilgan soat
132
Mavzular soni
22
Dasturning maqsadi
Neft va gazni qayta ishlash kasbning asosiy maqsadi, neftni qayta ishlash texnologiyasi jarayonlarini boshqarish va to’xtovsiz ishlashini ta’minlash.
O’zlashtirish (o’qitish) natijalari
Uglevodorodli gazlarni absobsion va adsorbsion usulda nordon komponentlardan tozalay oladi;
Tabiiy gazlarni namsizlantirishni biladi;
Tabiiy gazlarni fraksiyaga ajratishni biladi;
Neft va gaz mahsulotlarini haydash, quyish, joylashtirishini biladi;
Neft va gaz mahsulotlarining satxini o’lchash va namuna olishni biladi;
Katalizatorlar va adsorbentlarni yuklash va tushirishni amalga oshira oladi;
Bilimlar
-neft mahsulotlariniyig’ish va qayta ishlashga tayyorlash usullari;
-neft va neft mahsulotlarining asosiy xususiyatlari;
-neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish turlari;
- neftni barqarorlashtirish usullari;
-neft va gaz kondensatini xaydash turlari;
- neftni vakuumli xaydash usulini;
-katalitik jarayonlar umumiy tavsifi;
-katalitik riforming texnologik tizimi;
-neftni qayta ishlashda gidrogenizatson jarayonlardan foydalanishni;
Ko’nikmalar
neft qayta ishlash jarayoni loyihasini tuzish,kerakli ma’lumotlarni to’plash,
neft va gaz, suvni yig’ish tozalash va haydashning turlari va ularning avfzalliklari,kamchiliklari,konlarda neft va gazni tayyorlash texnologik jarayonlari,asosiy asbob uskunalar,ularning vazifasi va texnologik ish tartibi bajarish;
-termik kreking jarayoni va sanoatdagi termik kreking qurilmalaridan foydanish;
-katalitik kreking jarayonga ta’sir qiluvchi omillarini eti’borga olish;
-katalitik kreking sanoat qurilmalari ishlatish;
-tabiiy gazlarni ajratish tizimlaridan foydalanish;