―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


 Neftkimyosining asosiy mahsulotlari



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə290/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

15.3. Neftkimyosining asosiy mahsulotlari 
Sirt – faol moddalar
. SFM – sanoatning har xil tarmoqlarida , qishloq 
xo‗jaligida va maishiy sohada keng qo‗llaniladi. Neft qazib olishda SFMlardan 
neftni qazib yer ustiga olib chiqishda va uni kon quvurlari orqali 
harakatlanishida paydo bo‗ladigan suvneft deemulsiyalarini parchalashda 
qo‗llaniladi. SFMlar suvga qo‗shiladi va rezervuarlarni va tankerlarni 
bo‗linmalarini yuvishda jarayonni jadallashtirishda qo‗llaniladi. Yuqori 
qovushqoqlikka ega bo‗lgan neftni haydashda SFM larni eritmasi bilan 
ishlangan suv yordamida haydaladi. Bunda suv metallni yaxshi namlantiradi
neft esa ichki suvli halqa orqali harakatlanadi.
Bundan tashqari SFMlardan sintetik yuvuvchi moddalar, kosmetik 
preparatlar, los‘onlar, tish pastasi, tualet sovuni, terilarga ishlov berishda, 
yunglarni bo‗yashda, non-pecheniyalarda, yong‗inga qarshi ko‗piklarni olishda, 
konditer mahsulotlarini tayyorlashda va muzqaymoqlarda, kvas va pivoda 
ko‗pik hosil qiluvchi sifatida keng qo‗llaniladi. SFM lar ko‗p shaklli bo‗lishiga 
qaramasdan ular ikki guruhga bo‗linadi: iopogepli SFM suvda eritilganda 
ionlarni dissotsiatsiya qiladi, psionogenli SFM esa ionlar dissotsiya qilmaydi. 
Ionogenli moddalar qanday sirt faolligiga ega bo‗lishiga bog‗liq holda – anionli 


579 
yoki kationli bo‗ladi. Ionogenli moddalar - anioioaktiv, kationoaktiv va 
amfolitli guruhlarga bo‗linadi. Amfolitli moddalar nordon eritmalarda o‗zini 
kationaktiv SFM, ishqorli eritmada – anionaktiv bo‗ladi. SFM lar eritmalarda 
yoki boshqa muhitlarda suvda eruvchan, suv-moyda eruvchan va moyli
erituvchan bo‗ladi. 
Sintetik kauchuk.
Kauchuk termini kauchu so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib, 
Braziliyada mlech sokidan olinadigan sokni shunday ifodalagan. Haqiqiy sok 
lateks cho‗moli, shavel yoki uksus kislotasi yordamida koagulyatsiya qilib 
ajratib olingan. Paydo bo‗lgan yumshoq xamir suv bilan yuvilgan va list olish 
uchun u val‘sda o‗ralgan. Haqiqiy kauchukka oksidlanishga va 
mikroorganizmlarga qarshi chidamliligini oshirish uchun shakl berilgan, tutun 
bilan to‗ldirilgan kamerada quritilgan.
Yevropada kauchuk 1738 yildan ma‘lum bo‗lib, fransuz tadqiqotchisi 
Sh.Kondamin (Praij) 
Parij
Fanlar Akademiyasiga haqiqiy kauchukni nusxasini 
va undan yasalgan buyumni taqdim qilgan. Venada 1811 yil birinchi rezina 
fabrikasi ochilgan. Shotland kimyogari Ch.Makintosh 1823 yili suvni 
shimimaydigan tuqimani tayyorlash usulini ishlab chiqdi. O‗sha davrda 
makintosh-paltosi amalda kamchiliklarga ega bo‗lgan: qishda qotgan, yozda esa 
yoqimsiz hid chiqargan, shuning uchun uni sovuq joyga yashirib qo‗yishgan. 
Undan keng foydalanishgan ya‘ni kauchuk kalish yasashgan. 
Rezinadan sanoatda XIX asrning oxirida nisbatan kam foydalanilgan. 
Asta – sekin foydalanish darajasi oshib bordi. Birinchi navbatda bunday o‗sish 
avtomobil sanoatining rivojlanishi keyinchalik aviatsiyaning rivojlanishi bilan 
bog‗liqdir. Shunday payt kirib keldiki, haqiqiy kauchuk ishlab chiqarish talabga 
javob bermay qoldi.
Ma‘lumki, Yevropada birinchi jahon urushini boshladi. Germaniya 
davlatidan kauchukni import qilish darajasi pasaygan bir davrda kimyogorlar 
kauchukni sanoatda sintez qilishni boshladi. Ular tomonidan dimetilbutadiyenni 
termik polimerlash yo‗li orqali sintetik kauchuk olindi. Olingan mahsulot 


580 
―metil-kauchuk ‖ nomini oldi. Lekin uni ishlab chiqarish 20 marta qimmat edi, 
shinalar manfiy 5
0
С da 2000 km yurgandan keyin yaroqsiz holatga keldi. 
Yirik sanoat ishlab chiqarishda sintez kauchuk birinchi marta sobiq SSSR 
davrida 1932 yilda butadiyenni polimerlash asosida ishlab chiqarildi. Sintetik 
kauchuk ishlab chiqarish 1937 yilda Germaniyada, 1940 yilda AQSh boshlandi. 
Bu bir tomondan avtomobil sanoatini rivojlanishi bilan bog‗liq bo‗lsa, ikkinchi 
tomondan sintetik kauchukni natural kauchukka nisbatan arzonligidir. 
Hozirgi vaqtda sintetik kauchuk ishlab chiqarishni birlamchi materiali 
sifatida asosan butadiyen, stirol, izopren va boshqa monomerlardan 
foydalanilaди. 
Har xil turdagi sintetik kauchuk ishlab chiqarish ikki guruhga bo‗linadi: 
umumiy foydalanishga mo‗ljallangan kauchuk (butun jahon ishlab chiqarishini 
80% ga to‗g‗ri keladi) va maxsus Birinchidan ishlab chiqariladigan kauchukka 
oddiy haroratda elastiklik xossasi qo‗yiladi. Maxsus kauchuklardan eritmalarni 
ta‘siriga, moylarni, issiqlikka, sovuqqa chidamli bo‗lgan buyumlar ishlab 
chiqariladi.
Plastmassalar
.
Polimerlar asosida olingan va berilgan birlamchi 
shakllarni oddiy sharoitlarda saqlab qoladigan konstruksion materiallarga plastik 
massa deyiladi. Plastmassaning tarkibiga polimerlardan tashqari to‗ldiruvchilar, 
plastifikatorlar, stabilizatorlar, buyoqlar va boshqa qo‗shimchalar kiradi. 
To‗ldirgichlar 
plastmassani 
fizik-kimyoviy 
xossasini 
yaxshilash, 
cho‗kishini kamaytirish va bahosini kamaytirish uchun qo‗shiladi. 
To‗ldirgichlar sifatida yog‗och uni, qog‗oz, paxta to‗qimalari, slyuda, kaolin va 
shishi tololari qo‗shiladi.
 
Plastifikatorlar – 
plastmassaga egiluvchanlik va elastiklik beradi, 
qattiqligini va mo‗rtligini pasaytiradi. Plastifikatorlar sifatida dibutilftalat, 
stearin, kamfor, glitserindan va boshqalardan foydalaniladi.
Stabilizatorlar – 
undan uzoq vaqt foydalanish davrida o‗zining xossasini 
yo‗qotmaydi. 


581 
Buyoqlar 
– plastmassaga kerakli rangni berish uchun unga kiritiladi. 
Plastmassalar qizdirilishiga qarab 
termoplastik
va 
termoreaktiv 
guruhlarga 
bo‗linadi. Termoplastik plastmassalar qizdirilganda yumshaydi va plastik bo‗lib 
qoladi, sovutilganda esa yana qaytadan qattiqlashadi. Yumshatishni va qotishni 
ko‗p marta olib borish mumkin. Termoplastik plastmassalarga polietilen, 
polipropilen, polivinilxlorid, polistirol, ftoroplastlar va boshqalar kiradi. 
Termoreaktiv plastmassalar termik ishlov berishni boshlanishida yumshaydi
plastik bo‗lib qoladi va berilgan shaklni qabul qiladi. Lekin yana qizdirish 
davom ettirilganda plastikligini yo‗qotadi hamda suzmaydigan va erimaydigan 
holatga o‗tadi. Reaktiv plastik holatga fenoplastlar, aminoplastlar va boshqalar 
kiradi. 
Plastik massasi insoniyatga qadimiy davrdan ma‘lumdir. Ularni tabiiy 
smoladan – bitumlardan tayyorlagan. Sobiq SSSR, Germaniyada va sanoati 
rivojlangan davlatlarda termoplast – polivinilxlorid, polistirol va boshqalarni 
ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yilgan. Plastmassa ishlab chiqarish sanoati asosan 
1950 yillardan kuchli rivojlangan. Plastmassadan zamonaviy materiallarni ishlab 
chiqaradigan bir qator korxonalarni ―SHo‗rtan gaz kimyo majmuasini‖, 
―Qandim GKM‖ va yangi tashkil etilayotgan ―Oltin yo‗l GTL‖ misol keltirish 
mumkin.
Bugungi kunda hayotni plastmassasiz tassavvur qilib bo‗lmaydi. 
Qurilishdan undan qurilish materiali sifatida, devorlarni paneli, derazalarni 
yopgichi, eshiklar va boshqalar. Mashinasozlikda plastmassadan tishli va 
chervyakli halqalar, shkivlar, podshipniklar, roliklar, quvurlar va boqalar 
tayyorlanmoqda. Aviasozlikda plastmassadan reaktiv dvigatellar, qanotlar, 
samolyotlarni 
fyuzelyalari, 
vertoletlarni 
ishonchli 
vintlari 
va baklar 
tayyorlanmoqda. Avtomobilsozlikda plastmassadan dvigatelldarni detallari, 
transmissiya, shassi, kuzovlar, salonni bezaklash elementlari tayyorlanmoqda. 
Tibbiyotda plastmassadan asboblar, yurakni klapanchalari, protezlar, xrustal 
ko‗zlar va boshqalar.


582 
Sintetik tolalar
. Maishiy sohada va texnik maqsadlarda foydalaniladigan 
hamma tolalar uchta guruhga bo‗linadi:
• 
natural‘ 
(paxta, len, jo‗n, pen‘ka va boshqalar); 
• 
su‘niiy – 
tabiiy polimerlarni kimyoviy ishlash asosida olinadi
;,
• sinteticheskiye 
– 
sintetik monomerlarni polimerlash asosida olinadi. 
Sintetik tolani olish ishlab chiqarish 1932 yildan Germaniyada 
polivinilxlorid tolasini chiqarishdan boshlangan.). AQShda – 1942 yildan 
poliamidli tola – kapron ishlab chiqarish boshlangan. Hozirgi vaqtda poliamidli 
toladan tashqari poliefir (lavsan), poliakrilonitril (nitron), polivinilxlorid va 
polipropilenli tolalar ishlab chiqarilmoqda. Ularni tekstel va kordnol iplari va 
shtapelli tolalar ko‗rinishida ishlab chiqarmoqda. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin