Nеftni birlamchi qayta ishlash texnalogiyasi reja Avtomobil dvigatеllarining ishlash sharoiti Nеft maxsulotlarining kimyoviy tarkibi


Naften uglevodorodlar, kimeviy formulasi: CHH



Yüklə 97,12 Kb.
səhifə3/7
tarix14.12.2023
ölçüsü97,12 Kb.
#178544
1   2   3   4   5   6   7
NЕFTNI BIRLAMCHI QAYTA ISHLASH TEXNALOGIYASI

2. Naften uglevodorodlar, kimeviy formulasi: CHH2n
Bu uglevodorodlar siklik strukturaga ega. Ular parafin uglevodorodlardan 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi. Naften uglevodorodlar ko’yidagicha strukturaga ega:
СН2 СН 2


Н2С СН2 Н2С СН2
Н2С СН2 Н2С СН2
siklopentan siklogeksan
Naften uglevodorodlar parafin va aromatik uglevodorodlar oralig’ida turadi, shuning uchun ular benzin tarkibida qoniqarli ishlaydi. Naften uglevodorodlar normal-parafin uglevodorodlarga qaraganda yuqori haroratda qaynaydi va yuqori haroratda oksidlanishiga qarshi moylligi ham kuchli. Naften uglevodorodlarning engil fraktsiyalari qotish temperaturasi past bo’lganligidan qishki sort dizel yonilg’isi tarkibining asosiy qismini tashkil ètadi. Naften uglevodorodlarning og’ir fraktsiyalarining qovushqoqligi va kimyoviy barqarorligi yuqori bo’lganligi uchun asosan (70%) motor moylarining asosini tashkil ètadi.
3. Aromatik uglevodorodlar, kimyoviy vormulasi: CnH2n-6, CnH2n-2
Aromatik uglevodorodlar neft tarkibida parafin va naften uglevodorodlarga nisbatan ozroq mikdorda (5-20%) uchraydi.
СН СН СН

НС СН

НС СН
СН СН СН


Benzol Naftalin

Ularning asosiy vakili benzol S6N6 bo’lib, uning benzin tarkibida bo’lishi oktan sonini oshiradi. Lekin bu uglevodorodlarning miqdori chegaralanadi, chunki ular yuqori temperaturada detallarga yopishib, qurum qotishmalarini hosil qiladi.



Qurum xosil qilish miqdori

Aromatik uglevodorod miqdori, %

1-rasm. Aromatik uglevodorodlarning benzin tarkibida bo’lishining dvigatel yonish kamerasida qurum qotishmalar hosil bo’lishiga bog’liqligi.
1-etillangan benzin, 2-etillanmagan benzin.

Aromatik uglevodorodlarning dizel yonilg’isida kam bo’lgani yaxshi, chunki ular dizel yonilg’isida qiyin oksidlanib, alangalanish vaqtini uzaytirib yuboradi, natijada dvigatel qattiq ishlaydi. Moylarda èsa, bu uglevodorodlar ko’p qurum hosil bo’lishiga olib keladi, shuningdek, harorat pasayganda moylarning qovushqoqligini oshirib yuboradi. Shuning uchun bu uglevodorodlar moylash materiallariga kam qushiladi.


Tuyinmagan uglevodorodlar, kimyoviy formulasi: CnH2n, CnH2n-2
Neftni qayta ishlash jarayonida ko’pgina to’yinmagan uglevodorodlar hosil bo’ladi.
Tuyinmagan uglevodorodlar juda bush bo’ladi, ular uchun qushbog’li bog’lanish, uzulgan joyda biriktirib olish reaktsiyasi xosdir. Ular osongina oskidlanib smolalar, organik kislotalar va boshqa birikmalar hosil qiladi. To’yinmagan uglevodorodlar har qanday neft maxsulotlarining xossalarini yomonlashtiradi, shuning uchun ularning yonilg’ida ham moyda ham bo’lishi maqsadga muvofiq èmas. To’yinmagan uglevodorolar tarkibidagi qo’shbog’ soniga qarab ho’yidagicha bo’ladi:
bitta qo’shbog’li-olefinlar: CnH2n
ikkita qo’shbog’li-diolefinlar: CnH2n-2
Masalan: C4H18 buten

Н Н Н Н



Н С С С ­ С Н

Н Н
C4H16 butadien
Н Н Н Н

Н С С С С Н
Bundan tashkari, neft maxsulotlari tarkibida:
-oltingugurtli birikmalar;
-kislorodli birikmalar;
-azotli birikmalar bo’ladi.
Bu birikmalar avtomobil yonilg’ilari va moylari sifatini yomonlashtiradi.
Oltingugurtli birikmalar - detallarni korroziyalanishini oshiradi, ularning miqdori:
benzinda - 0.15 ¸ 0.2%;
dizel yonilg’isida - 0.2 ¸ 0.4% bo’ladi.
Dvigatel detallarining eyilish tezligi yonilg’idagi oltingugurt mikdoriga bog’liq. Yonilg’i tarkibidagi oltingugurt miqdori 0.2 dan 0.5 gacha ko’payganda eyilish Neft maxsulotlarining tarkibida kislorodli va azotli birikmalar ham bo’ladi.

Yüklə 97,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin