Neftning tarkibiy qismi va ularni o‘rganish. Benzin va dizel yoqilg‘ilari tarkibida uchraydigan smola va smola hosil qiluvchi birikmalar



Yüklə 333 Kb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü333 Kb.
#172740
1   2   3   4
Neftning paydo bo\'lishi

  • Yonilg‘ida osongina bug‘lanadigan fraksiyalarning juda ko‘p bo‘lishi maqsadga muvofiq emas. Bu holda dizel dvigatellarida yonilg‘i kuchli yonadi, karbyuratorli dvigatellarning yonilg‘i naychalarida bug‘lar tiqilib qoladi, buning natijasida dvigatel meyorda ishlamaydi (o‘ta qizib ketadi, quvvati pasayadi, ba’zan to‘xtab qoladi va uni sovitmasdan yurgizib yuborish mumkin bo‘lmaydi). Bu hodisa ko‘pincha qishki sort benzinlarni yozda ishlatishda sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham yengil fraksiyalarning miqdori cheklanadi, benzii qaynay boshlash temperaturasi 35 °C dan past bo‘lmasligi lozim.
  • Yonilg‘ining 10% dan 95% gacha qismi qaynab bug‘lanadigan temperatura uning asosiy qismining bug‘lanishini harakterlaydi. U ishchi fraksiyasi deb ataladi. Dvigatelning ish harakteri, qizish muddati karbyuratorli dviga-tellarni bir ishchi rejimidan boshqasiga tez o‘tkazish imkoniyati (yoqilg‘ini qabul qiluvchanligi) ishchi fraksiyasiga bog‘liq. Stendlarda ishchi fraksiyasi 50% qaynash nuqtasi bilan meyorlanadi. U qancha past bo‘lsa, yonilg‘ining tarkibi va uning xossalari shuncha bir-biriga yaqin bo‘ladi, hamda dvigatel shuncha turg‘un ishlaydi.

90% qaynash nuqtasidan to qaynab bug‘lanishning oxirigacha og‘ir uglevo-dorodlar bug‘lanadi (egri chiziqning pastki qismi). Bu nuqtalar orasidagi temperaturalar farqi qancha kam bo‘lsa, yonilg‘ining sifati, uning tejamligi shuncha ko‘p bo‘ladi va dvigatellar shuncha kam yeyiladi. Yonilg‘ida og‘ir uglevo-dorodlarning bo‘lishi maqsadga muvofiq emas, chunki ular batamom bug‘la-nib ketmaydi. Ular suyuq tomchi holatida qolib, porshen halqalari orasida-gi tirqishdan dvigatel karteriga tushadi, surkov moylarini yuvib ketadi, moyni suyultiradi, natijada detallar tez yeyiladi va yonilg‘i sarfi ortadi.

  • 90% qaynash nuqtasidan to qaynab bug‘lanishning oxirigacha og‘ir uglevo-dorodlar bug‘lanadi (egri chiziqning pastki qismi). Bu nuqtalar orasidagi temperaturalar farqi qancha kam bo‘lsa, yonilg‘ining sifati, uning tejamligi shuncha ko‘p bo‘ladi va dvigatellar shuncha kam yeyiladi. Yonilg‘ida og‘ir uglevo-dorodlarning bo‘lishi maqsadga muvofiq emas, chunki ular batamom bug‘la-nib ketmaydi. Ular suyuq tomchi holatida qolib, porshen halqalari orasida-gi tirqishdan dvigatel karteriga tushadi, surkov moylarini yuvib ketadi, moyni suyultiradi, natijada detallar tez yeyiladi va yonilg‘i sarfi ortadi.
  • Yonilg‘ining fraksion tarkibi karbyuratorli dvigagellar uchun muhim ahamiyatga ega. Dizellarda yonilg‘ining to‘zitilish sifati, chiqayotgan gazning tutashi, qurum hosil bo‘lish tezligi ham yonilg‘ining fraksion tarkibiga bog‘liq. Agar dizel yonilg‘isida yengil uglevodorodlar ko‘p bo‘lsa, dizel qattiqrok taqillab ishlaydi, qaynash temperaturasi yuqori bo‘lgan og‘ir yonilg‘i yirik tomchilar tarzida to‘zitiladi, bunda yonuvchi aralashma sifati yomonlashadi va yonilg‘i sarfi ortadi. Ish bajargan gazlar qorayib chiqadi, silindr-porshen gruppasi zonasida qurum miqdori ortadi, forsunkalar to‘zitgichi kokslanib qoladi. Zamonaviy kuchli dizellar faqat ma’lum fraksion tarkibga ega bo‘lgan yonilg‘i bilangina yaxshi ishlashi mumkin.

Yüklə 333 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin