Neʼmatlarning



Yüklə 34,14 Kb.
tarix22.09.2023
ölçüsü34,14 Kb.
#146586
18-tema


MULK, Milk (koʻpligi - amlok) - ma’nodosh boʻlgan va koʻpincha aralash holda qoʻllaniladigan istiloxdar (MLK oʻzagidan -"ega boʻlmoq"). Mulk ham cheklanmagan hokimiyat (jumladan, podsho hokimiyatini) va shak-shubhasiz xususiy egalikni, ham mana shu xususiy egalik ob’ektini, milk esa - faqat xususiy egalik ob’ektini anglatadi. Xususiy egalik huquqi meros, sotib olish, in’om, xususiy egalik ob’ektini yaratish (buyumlar yasash, unumsiz yerni oʻzlashtirish, foydali qazilmalar qazib chiqarish va b.) va harbiy oʻlja sifatida bosib olish yoʻli bilan vujudga keladi. M. muddatga ega emas,shuning uchun topib olingan buyumning egasi noma’lum boʻlsa, topgan kishining xususiy mulki boʻla olmaydi - uni xayriya maqsadlariga berish yoki sarflash lozim boʻladi (bundan qad. xazinalar mustasno). Tashlandiq egasiz yer, uni qayta ishlagan shaxsning xususiy yeriga aylanadi - bu holda yer oʻz mohiyatini yoʻqotgan, foydasiz boʻlib qolgan va shuning uchun xususiy egalik ob’ekti boʻla olmaydi deb hisoblanadi. Biroq, amalda tashlandiq yer koʻpincha oldi-sotdi ob’ektiga aylangan, demak uning egasi hayotligida yerga ishlov berilmagan hodda ham xususiy egalik huquqi bekor qilinmagan. Soliq belgilashdagi farqlar, soliq maqomining oʻzgarishlari yerga xususiy egalik huquqiga ta’sir qilmagan. Butun oʻrta asrlar tsavrida katta-katta mulk yerlari davlat boshliqlari ixtiyorida boʻlib kelgan. Musulmon huquqiga koʻra, M. nafaqat moddiy ob’ektlar, balki turli huquqlar (mas., kanaldagi suvdan olinadigan ulushga boʻlgan huquq) ham boʻlishi mumkin, ularni ham sotib olish va sotish, garovga berish ham mumkin boʻlgan. Faqat musulmon kishi uchun foydasiz yoki man etilgan narsalargana (vino, choʻchqa va b.) xususiy egalik ob’ekti boʻlishi mumkin emas.
Mulk — moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning muayyan kishilar egaligida boʻlishi va ular tomonidan oʻzlashtirilishi; mulkka egalik huquqi hamda mulk obʼyektlariga egalik, ularni boʻlish, taqsimlash boʻyicha kishilar oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Mulk obʼyekti yer va yer osti boyliklari, korxonabino, inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor mahsulotpulqimmatli qogʻozlarsanʼat va adabiyot asarlariilmiy va texnikaviy ishlanmalar va boshqalar boʻlishi mumkin. Moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni amalda oʻzlashtiruvchilar mulk subʼyektlari, yaʼni egalari hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar, oilalarjamoalar va, nihoyat, davlat kiradi. Mulkdan amalda foydalanib, bundan naf koʻrish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi.
Kishilarning moddiy neʼmatlarni yaratishdagi, ularni taqsimlash va isteʼmol etishdagi oʻrni, siyosiy hayotda tutgan mavqei, asosan, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishlariga bogʻliq. Jamiyat taraqqiyoti tarixida egalik qilish shakliga koʻra mulkning bir necha turi bor: ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqaruvchi kuchlar gʻoyat past rivojlanganidan kishilar birgalikda, guruh-guruh boʻlib mehnat qilishgan. Shubhasiz, shunday sharoitda mehnat qurollari va mahsulotlari jamoaning umumiy mulki boʻlgan. Mehnat qurollari va mehnat malakasi yuksalgach, kishilar yakka holda mehnat qila oladigan boʻldi. Bu oʻzgarish tufayli jamoa mulki parchalanib, xususiy mulkka aylangan. Xususiy mulk — bu mulkni oʻzlashtirishning xususiy usuliga asoslangan shakli. U 2 xil boʻladi: 1) individual — yakka xususiy mulk, yaʼni ayrim shaxslar yoki oilalarga tegishli mulk; 2) korporativ xususiy mulk, bu ham ayrim kishilarga qarashli, lekin aksiyadorlar jamiyatidagi umumiy mulkning bir qismi sifatida mavjud boʻlgan mulk. Korporativ mulk dividend keltiruvchi mulkdir. Jamoa mulki — bu jamoaga ixtiyoriy ravishda birlashgan kishilarning umumiy mulki boʻlib, bu mulkning egalari shu jamoada mehnat qilishi shart. Bu yerda mulk egasi ayni bir vaqtda shu mulkni amalda ishlatuvchi ham hisoblanadi. Davlat mulki — davlat ixtiyorida boʻlgan mulk, davlat hokimiyati organlari tomonidan tasarruf etiladigan monopollashgan mulkdir. Bunday mulk obʼyekti — yer, tabiat resurslari, asosiy vositalar, binolar, moliya, moddiy resurslar, axborot, moddiy va maʼnaviy boyliklar boʻlishi mumkin. Bu mulk ijtimoiy neʼmatlarni yaratishga xizmat qiladi.
Davlat bor yerda uning mulki mavjud, lekin ushbu mulkning milliy iqtisodiyotdagi ulushi turli mamlakatlarda farqlanadi va mamlakat iqtisodiyotining modeliga bogʻliq. Fuqarolik jamiyati doirasida davlat mulki tobora ijtimoiy yoʻnalish olmoqda, yaʼni umummilliy manfaatlarni himoya qilishga yoʻnaltirilgan. Ijtimoiy mulk — tarixan sobiq sotsialistik mamlakatlarda mavjud boʻlgan. Bunda kishilar mulk egasi sifatida teng boʻladi, shuning uchun har bir kishining jamiyatdagi mavqei, turmush darajasi uning mehnati bilan belgilangan.
Mulkga egalik va uni tasarruf etish muayyan iqtisodiy munosabatlarni paydo etadi va u mulkchilik munosabatlari deb ataladi. Mulk paydo boʻlishi uchun mulkka aylanadigan narsalar naf keltira olishi zarur. Mulkchilik munosabatlari mulkni kishilarning oʻziniki yoki oʻzganiki ekanligini bildiradi. Bunday munosabatlarning 3 jihati bor: 1) mulkka egalik qilish, yaʼni mulkdorlik huquqining mulk egasida saqlanib turishi; 2) mulkdan foydalanish va uni amalda ishlatish. Mulkdan foydalanilganda shaxsiy ehtiyojlarni qondirish yoki daromad topish yuz beradi. Mulkdor oʻz mulkini ishlatganda egalik qilish va mulkdan foydalanish bir qoʻlda toʻplanadi, mulk keltirgan nafni uning egasi tanho oʻzlashtiradi. Mulk oʻzgalar qoʻlida ishlatilganda bundan olingan daromadni mulkdor mulkni amalda ishlatuvchi bilan baham koʻradi; 3) mulkni tasarruf etish — bu mulk taqdirini mustaqil hal qilish, yaʼni mulkni sotish, merosga qoldirish, hadya etish, garovga qoʻyish kabi xatti-harakatlarni erkin amalga oshirilishidir. Mulkiy munosabatlarda mulkni ijaraga berish muhim oʻrin tutadi. Yer, suv havzalari, bino va inshoot kabi koʻchmas mulklar oddiy ijaraga beriladi. Qimmatbaho mashina va uskunalar (traktor, kombayn, samolyot, teplovoz, paroxod, yuk avtomashinalari va vagonlar) ijarasi lizing shaklida amalga oshiriladi. Mulk boʻlgan pul mablagʻlarni oʻz egasi tomonidan, oʻzgalarga foydalanib turish uchun berish kredit shakliga kiradi. Mulk milliy boylikni hosil etadi[1].

Mulk ob’ekti yer va yer osti boyliklari, korxona, bino, inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar, san’at va adabiyot asarlari, ilmiy va texnikaviy ishlanmalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Moddiy va ma’naviy ne’matlarni amalda o‘zlashtiruvchilar mulk sub’ektlari, ya’ni egalari hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar, oilalar, jamoalar va davlat kiradi. Mulkdan amalda foydalanib, bundan naf ko‘rish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi.



Kishilarning moddiy ne’matlarni yaratishdagi, ularni taqsimlash va iste’mol etishdagi o‘rni, siyosiy hayotda tutgan mavqei, asosan, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishlariga bog‘liq. Jamiyat taraqqiyoti tarixida egalik qilish shakliga ko‘ra mulkning bir necha turi bor: ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqaruvchi kuchlar g‘oyat past rivojlanganidan kishilar birgalikda, guruh-guruh bo‘lib mehnat qilishgan. Shubhasiz, shunday sharoitda mehnat qurollari va mahsulotlari jamoaning umumiy mulki bo‘lgan. Mehnat qurollari va mehnat malakasi yuksalgach, kishilar yakka holda mehnat qila oladigan bo‘ldi. Bu o‘zgarish tufayli jamoa mulki parchalanib, xususiy mulkka aylangan.
Xususiy mulk – bu mulkni o‘zlashtirishning xususiy usuliga asoslangan shakli. U ikki xil bo‘ladi:
1. Individual – yakka xususiy mulk, ya’ni ayrim shaxslar yoki oilalarga tegishli mulk;
2. Korporativ xususiy mulk, bu ham ayrim kishilarga qarashli, lekin aksiyadorlar jamiyatidagi umumiy mulkning bir kismi sifatida mavjud bo‘lgan mulk. Korporativ mulk dividend keltiruvchi mulkdir.
Jamoa mulki – bu jamoaga ixtiyoriy ravishda birlashgan kishilarning umumiy mulki bo‘lib, bu mulkning egalari shu jamoada mexnat qilishi shart. Bu yerda mulk egasi ayni bir vaqtda shu mulkni amalda ishlatuvchi ham hisoblanadi.
Davlat mulki – davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk, davlat hokimiyati organlari tomonidan tasarruf etiladigan monopollashgan mulkdir. Bunday mulk ob’ekti – yer, tabiat resurslari, asosiy vositalar, binolar, moliya, moddiy resurslar, axborot, moddiy va ma’naviy boyliklar bo‘lishi mumkin. Bu mulk ijtimoiy ne’matlarni yaratishga xizmat qiladi.
Davlat bor yerda uning mulki mavjud, lekin ushbu mulkning milliy iqtisodiyotdagi ulushi turli mamlakatlarda farqlanadi va mamlakat iqtisodiyotining modeliga bog‘liq. Fuqarolik jamiyati doirasida davlat mulki tobora ijtimoiy yo‘nalish olmoqda, ya’ni umummilliy manfaatlarni himoya qilishga yo‘naltirilgan.
Mulkga egalik va uni tasarruf etish muayyan iqtisodiy munosabatlarni paydo etadi va u mulkchilik munosabatlari deb ataladi. Mulk paydo bo‘lishi uchun mulkka aylanadigan narsalar naf keltira olishi zarur. Mulkchilik munosabatlari mulkni kishilarning o‘ziniki yoki o‘zganiki ekanligini bildiradi. Bunday munosabatlarning 3 jihati bor:
1.Mulkka egalik qilish, ya’ni mulkdorlik huquqining mulk egasida saqlanib turishi.
2.Mulkdanfoydalanishvauniamaldaishlatish. Mulkdanfoydalanilgandashaxsiyehtiyojlarniqondirishyokidaromadtopish yuz beradi. Mulkdoro‘zmulkiniishlatgandaegalikqilishvamulkdanfoydalanishbirqo‘ldato‘planadi, Mulkkeltirgannafniuningegasitanhoo‘zlashtiradi. Mulko‘zgalarqo‘lidaishlatilgandabundanolingandaromadnimulkdormulkniamaldaishlatuvchibilanbahamko‘radi.
3.Mulkni tasarruf etish — bu mulk taqdirini mustaqil hal qilish, ya’ni mulkni sotish, merosga qoldirish, hadya etish, garovga qo‘yish kabi xatti-harakatlarni erkin amalga oshirilishidir. Mulkiy munosabatlarda mulkni ijaraga berish muhim o‘rin tutadi. Yer, suv havzalari, bino va inshoot kabi ko‘chmas mulklar oddiy ijaraga beriladi. Qimmatbaho mashina vauskunalar (traktor, kombayn, samolyot, teplovoz, paroxod, yukavtomashinalarivavagonlar) ijarasi lizing shaklidaamalgaoshiriladi. Mulkbo‘lgan pul mablag‘larnio‘zegasitomonidan, o‘zgalargafoydalanibturishuchunberish kredit shakligakiradi. Mulkmilliyboyliknihosiletadi.
Mulk huquqini himoya qilishda fuqarolik huquqining normalari muhim rol o‘ynaydi. Mulk huquqini himoya qilishning asosiy usullari:
Mulkni birovning qonunsizegallashidan talab qilib olish (vindikatsion da’volar).
Mulkdan foydalanishda mulk egasiga qilingan to‘sqinliklarni bartaraf etish (negator da’volar).
Mulk huquqini buzishga qaratilgan g‘ayriqonuniy bitimlar (shartnomalar)ni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’volar.
Asossiz olingan mulkni qaytarish yo‘li bilan qo‘riqlash.
Vindikasion da’vo – bu mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishdir. Ya’ni, unga ko‘ra, mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga haqli.
Negator da’vo – bunda mulkdorning huquqlarini egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan huquqbuzarliklardan himoya qilish, ya’ni mulkdorning o‘z huquqlarini har qanday buzilishini, garchi bu buzish egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, bartaraf etishni talab qilishidir.
Mulkiy huquqni himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan masalalarni o‘rganishda mulk egalarining mulkiy huquqlarini himoya qiluvchi majburiyat huquqiga oid vositalar ham muhim ahamiyatga ega. Mulk huquqini himoya qilishning bunday majburiy-huquqiy usullari 2 ko‘rinishda bo‘ladi:
shartnomaviy munosabatlar;
shartnomadan tashqari munosabatlar.
Shartnomaviy munosabatlarda mulkiy huquqning himoya qilinishi to‘g‘risida shuni aytish kerakki, tuziladigan xima-xil shartnomalar aksariyat hollarda qonunga, shartnoma shartlariga rioya qilinib to‘g‘ri va insofli ravishda bajariladi. Ammo, ba’zi hollarda shartnomaning ayrim intizomsiz ishtirokchilari shartnoma yuzasidan olgan o‘z majburiyatlarini butunlay bajarmasliklari yoki lozim darajada bajarmasliklari mumkin.
Bunday paytlarda tabiiy buzilgan mulkiy huquqlarni tiklash hamda uning o‘zi bilan mulkiy huquqlarni har tomonlama va to‘la himoya qilish masalasi qo‘yiladi.
Shartnomaviy munosabatlarda mulkiy huquqlarni buzish turlari:
– qonun xujjatlarining tartiblariga muvofiq kelmaydigan bitim, shuningdek, huquq-tartibot yoki ahloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir.
– muomilaga layoqatsiz shaxslar (yosh bolalar, ruxiy kasallar) bilan bitim tuzilishi natijasida mazkur shaxslar mulkiy zarar ko‘rsalar, tuzilgan bitimlar haqiqiy emas deb topilishi bilan birga, buzilgan mulkiy huquqlar tiklanishi lozim.
– jiddiy yanglishish, aldanish, zo‘rlik qilinishi ta’sirida tuzilgan bitimlar (shartnomalar) sud tomonidan haqiqiy emas deb topishilishi mumkin.
– ayrim shartnomalar (oldi-sotdi, ijara, mahsulot yetkazib berish, kontraktasiya, pudrat, mulk tashish va boshqalar) bo‘yicha olingan majburiyatlar butunlay yoki lozim darajada bajarmasligi natijasida tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar mulkiy zarar ko‘rishlari mumkin. Bunday hollarda ham qonun (shartnomalar)ning har qaysisini buzish oqibatlari to‘g‘risida, huquqiy normalar buzilgan huquqlarni himoya qilishni nazarda tutadi.
Sud-huquq tizimida qat’iyat bilan olib berilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilishdan iboratdir. Ayni shu maqsadda keyingi yillarda sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash va odil sudlov sifatini oshirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda fuqarolarning mulkiy hu­quqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning bu­zilgan hu­quq­larini tiklash, yetkazilgan zarar o‘rnini javobgar hisobidan qoplash singari nizolar sud tartibida adolatli yechim topayotgani odamlarning sudlarga nisbatan ishonchi ortishida muhim omil bo‘lmoqda.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo‘lishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.
Yüklə 34,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin