Tog’am, tog’ajonim yuragim shu tobda tinmay sizlarni o’ylayapti. Qayg’urmang, gulingizni ollohim mag’rifat qilsin. Sizning dardingizga sherik bo’lolmaganimdan bu to’rt devor ichida boshimni qay tomonga urishimni ham bilmay, ko’zim to’la yosh bilan sizlarni o’ylayapman. Bugun qabristonda yana bir qabr qad ko’tardi. Tog’a atrofga ser solsak, qancha yaqinlarimiz bizni tashlab ketibdi. Yig’lamang, siz yolg’iz emassiz, sizni qadrlovchi, asraguvchi farzandlaringiz, yaqinlaringiz bor. Bardam bo’ling akajonim, qadrdonim. Men ushbu oq qog’ozga to’kayotgan dardlarimmni, sog’inch ko’z yoshlarimni, afsus nadomatlarimni qalbimdan nido qilib chiqayotgan ko’z yoshlarimni satrlarga o’ksib-o’ksib to’kayapman. Mening boshqa qo’limdan nimayam kelardi. Men kech qoldim, ulgurmadim oz qolgan edi, juda oz. yangam bilanaqalli bir marta ko’rishib gaplashganimda, rozi-rizolik qilganimda edi yuragimda armon bo’lmasdi. Diydor mahsharga qolmasdi. Ukalarimni dardlariga sherik bo’lardim. Bugun ular qatorida tik turib yangamni so’ngi manziliga kuzatgan bo’lardim. Ollohim shuni ham menga nasib qilmadi. Vaqtni o’tishini qarang-a. xuddi kechagina bolalarim to’ylarida o’ynab-kulib yurgan yangam bugun oramizda yo’q. Vaqt hech bir insonga shavqat qilmas ekan deb shuni aytsalar kerak. Ilohim sizni va qolgan yaqinlarimni umrlari uzoq bo’lsin deyman.
Nihol ekib mevasini emasa ham,
Ming chinorni soyasini ko’rmasa ham,
Bolam deydi, manziliga yo’l olsa ham,
So’ngan gulim, mehribonim Alvido!
Tilidan bol tomib tarbiya qilgan,
Menga tortgan yolg’izim Nasibam degan,
Ko’zlari sevinchdan yoshlarga to’lgan,
So’ngan gulim mehribonim Alvido!
Hamxonam xonaga otboydan oldin xomush tarzda kirib keldi men uning ahvolini sezishim bilan darhol ko’nglini ko’tarishga kirishdim. Undan bundan gap olib, hazilomuz so’zlarni aytdim. Uning ham yuziga nimtabassum indi. Keyin bir past o’tirib, u ham bugungi kun taassurotlari haqida gapira ketdi. U sheriklarining ajoyib hangomalaridan gapirar, goh oilasida bo’layotgan voqealarni himoyachisidan eshitganlarini aytib berardi. Shu orada qornim ham ochib ketdi deb yengil tamaddi ham qilib olar edi. Uni bu yerlarga kelganiga ham mana bir necha kun bo’lganini, IVS xonalarida ham o’tirganini aytib, unga nisbatan kun ichida tergovchi ayblov e’lon qildi dedi ma’yus tortib. Bugun dgsd juda bir chiqib ketishimga umid bog’lab borgandim, lekin bo’lmadi dedi. Kun bo’yi shu gaplarni eshitib yuragim siqildi, uning ustiga kichkintoy 3 yashar qizalog’im tinmay dadasi va qaynotamdan meni so’rayotgan emish. Undan katta farzandlarim esa qizim 6 yoshda, o’g’lim 9 yashar ular maktabga va sport to’garagiga borib chalg’ishadi. Lekin kichkinamga qiyin bo’ldi u faqat yasliga boradi, shunday uyga kirib kelishim bilan мама где, почему она не вернулась deb rosa to’polon qilayotgan emish. Ha, aytgandek onam ham meni qamalib qolganimni eshitibdi. O’sha mudhish kun hech esimdan chiqmaydi. Tergovchi menga bugun qolasiz, sizga sanktsiya berildi degan gapni eshitishim bilan xuddi ustimdan qaynoq suv quyilgandek bo’ldi, dunyo ko’zimga tordek tuyuldi. Faqat fikr-u, o’yim hayolim bolalarimga ketdi. Ular mensiz qiynalishini va go’daklarim hali voyaga yetmaganini, men tergovga ko’chadan qatnashimni, bolalarimni tashlab hech qayerga qochib ketmasligimni yig’lab yalinib-yolvorib tergovchiga aytsam ham u quloq solmadi dedi ko’zlariga yosh olib.
Keyin shu orada navbatchi xodim otboy berdi. Biz ikkalamiz ham darrov uxlashga tayyorgarlik ko’rdik va bir-birimizga xayrli tun tilab qolgan gaplarni ertaga gaplashamizdeb oppoq postelga burkanib uxlab qoldik. Ertalab soat 600 da podyom. Navbatchi, hushtagini chaldi darrov o’rnimizdan turib yotgan joyimizni yig’ishtirdik va yuz qo’limizni yuvib, xonani oynasini ochdik. Navbatchi xodim eshik darchasini ochib, ochkilarimizni uzatdi. Chunki har kuni otboydan oldin ko’z oynaklarimizni topshirardik. Men yaqindan boshlab, ko’z oynak taqa boshladim. Negadir ko’zlarim xiralashyapti. Yoki ko’proq oq qog’ozga qaraganimdanmi, kitob ko’p mutolaa qilardim shunga bo’lsa kerak deb o’yladim. Ertalabki nonushtani har kungidek yana birga qildik. Hamxonamning kayfiyati bugun kechagidan sal-pal yaxshiroq ko’rindi. Ollohga shukr dedim ichimdan. Chunki yoningda bir odam yig’lab o’tirsa sening ham bu yig’i kayfiyatinga ta’sir qilmay qo’ymaydi. Men esa bunday yig’ilarga ko’nikib ham ketgan edim. Gohida hamxonam siz yaxshi yig’lamaysiz derdi. Men yig’lab-yig’lab yuragim ezilib tugagan bo’lsa, endi qandoq yig’layman. Sizga o’xshagan turfa xil insonlarni dard, yig’isini eshitaverib adoi tamom bo’layozganman degim keldi-yu, lekin sekin unga qarab jilmayib qo’yamanu ichimdan o’ylanaman. Nima qilay chidashim kerak. Men ham bir quduq emasman-ku, hammani dardi shu quduqqa to’kilaveradigan bu kunlarning ham adog’i bordir deb o’ylayman. Sizga yaxshi faqat o’zingizning dardingiz bilan ovora bo’lasiz. Men-chi men o’zimning dardim bir tomonda qolib ketib sizga o’xshaganlarni dardi bilan ovora bo’laman degim keladi-yu hamxonamga indamayman. U bechora mening bu dardlarimni qayoqdan ham tushunardi. Nari borsa mendan bu gaplarni eshitishi bilan sizga nima birovni dardini eshitib, zarur kebdimi?–degan savolni beradi qo’yadi. Bir tomondan uning bu gaplari ham to’g’ri. Mening bu erdagi bo’layotgan voqealarni aholiga oyna qilib tutish uchun ham siz yozmasangiz, men yozmasam boshqa yozuvchilar yozishi mumkin lekin ular bu kechinmalarni siz-u bizdek his qila olmasligi mumkin. Chunki ular qamalmagan bu erdagi mahkumlar hayotini o’z ko’zlari bilan ko’rmagan, faqatgina sizu bizga o’xshagan ayrim qamalib chiqqan ayolu erkaklar og’zidan eshitgan bo’lishi mumkin. Balkim, taqdir ayrimlarini ham ayab o’tirmagandir. Yana kim bilsin deya hamxonamga aytgim keladi lekin indamay jim bo’lib qolaman. Axir aholi va yoshlar kelajak avlod ham bizning boshimizdan o’tkazayotgan bu kunlarimiz haqida eshitsin, bu g’urbatxonadagi har bir ayanchli kunimizdan xabar topishsa bu yozayotgan qo’lyozmalarim kitob shaklida ularga ko’zgu bo’lsa, balkim bo’lg’usi jinoyatlarni ozgina bo’lsa-da oldini olishga o’z hissamizni qo’shgan bo’larmidik. Shu yo’llar bilan balkim o’zimizni oqlashga vijdonimiz oldida ozmi-ko’pmi poklanishga imkon bo’larmidi?- deb o’ylayman. Hamxonamning ismlari Anjella edi. U endigina 36-bahorni qarshilagan yuqori lavozimlarda ishlagan ayol bo’lsada, juda ishonuvchan va soda ekanligi shundoqqina ko’rinib turardi. U bugun ham kichkina qizlarini aytib yig’ladi. Har kuni bu bilan uxlash oldidan “Totosya” – o’yinini birga o’ynardik. U rosa quvonardi,-dedi. Uning bu so’zlarini eshitar ekanman, beixtiyor esimga quyidagi satrlar keldi.
Мамичка, милая мама моя,
Без тебя каждый день со скучилась я,
Я хочу играть с тобой «Тотося»
Почему ты не приходишь домой.
U bilan yana suhbatimizni davom ettirararkanmiz, birdan xodim eshik tirqishidan familiya deb qoldi, men ism familiyamni aytdim, xodim esa keyingisi deb qoldi. Sherigim ham borib xodimga ism va familiyasini aytdi. Unga esa tez kiyining zopros deb qolishdi/ u apil-tapil kiyinib xonani tark etdi. Men esa yana har kungidek o’z tashvishim bilan xonada yolg’iz qolib ketdim. Bu kun ham yana hamxonamsiz zerikar ekanman-da dedim o’z-o’zimga. Mayli, hechqisi yo’q bugungi kunni ham besamar o’tkazmayman deb har kungidek yana qo’limga ruchka bilan oq qog’ozimni oldim. Qog’oz va ruchkalarim etarli Baraka topsin singlim hibsxona boshlig’i qo’lyozmalar yozishimga ruxsat bergach olib kelib berib qo’yibdi. Bo’lmasa bu erda bir bet qog’oz xodimdan so’rab olish amri mahol. Nima yozmoqchisiz, kimga deb savollarga ko’mib tashlaydi sizni. Unday kunlarim ham bo’lgan, shu asnoda mana kunlar izidan kunlar o’ta boshladi. Men xuddi har kuni to tong otgundan kun botguncha bo’sh kezlarim ijod qilishga kravatim ustida o’tirib olaman. Xuddi meni kimdir soatlab ishlashga majbur qilganidek. Kunim besamar o’tmasin deyman. Yig’idan, uxlash, urish-janjal qilishdan foyda yo’q. Mening uchun ijod qilish eng katta ishga aylanib qolgan. Mohinur ham bu hibsxonadan allaqachon ketgandir. Ayolni ishlari nima bo’ldiykin deb ba’zan u haqida o’ylayman sudlari tugadimikin, ozodlikga chiqdimikin? Yoki xudo ko’rsatmasin boshqa jazo berishdimikin bu esa menga qorong’u edi. Chunki qolgan tomoni odil sudga bog’liq. U qanday qaror chiqarsa, shu bo’ladi. Taqdirimiz hozircha uning qo’lida. Biz shu kunlarda barcha mahkum va mahbusalar umidimiz konstitutsiya kunidan. Biror yangilik bo’lib qolarmikin, avf yoki amnitsiya berilarmikin degan ilinjda kimni ko’rsak ham darrov yangilik yo’qmi deb so’ray boshlaymiz. Chunki bu yil o’zgarishlar ham katta, har jabhada yangi-yangi qarorlar qabul qilinyapti. Konstitutsiyaga o’zgarishlar kiritilyapti. Umid qilayapmiz biz ham, mana qamalganimga ham ikki yilcha bo’lib qoldi. Bu yillar davomida boshimdan ne-ne savdolar o’tdi. Konstitutsiya bayramiga ham sanoqli oylar qoldi. Har kunimni barmoq bilan sanab o’tiribman dekabr kelsa, men ham butunlay ozodlikga chiqaman. Sud, tergov degan balolardan qutulaman. Bu ikki yil menga xuddi 20 yildek bo’lib tuyulyapti. Bu erda kunlarning o’tishi ha qiyin. Hamxonam sigareta chekish bilan ovora. Men esa tamaki tutatmayman. U tamakiga mukkasidan ketgan o’ta kashanda ekan. Stressda yurganidanmi juda ko’p chekyapti. Nahot o’zi shunday katta lavozimlarda ishlasa-yu, ayol bo’la turib tamakini inson sog’ligi uchun zarar ekanligini bilmasa. Unga qarab o’tirib savol berdim, ko’chadayam shunaqa chekarmidingiz dedim u bo’lsa kulib turib kuniga bir pachkadan deb javob berdi. Nimaga buncha ko’p dedim u esa yana menga tikilib ishim shunaqa dedi. Men esa indamadim. U shu kezda qayerda qanday lavozimlarda ishlab kelgan hamma hayotini gapirib berdi. Hozir sizga bu haqda hech nima aytib yozolmayman. Lekin hikoyalarim oxirida bu haqda albatda to’xtalib o’taman. Uni kim bo’lib ishlaganini bilgach, og’zim lang ochilib qoldi. Hozircha bu sir. Ey xudo bunday insonlar shu erda o’z jinoyati deb o’tirgan bo’lsalar, men indamasam ham bo’laveradi dedim. Beayb parvardigor! Aybi bor-ki demak u ham shu g’urbatxonada. Ko’rinishidan juda oddiy ko’rinadi. Ota-onasi, oilasi, turmush o’rtog’I ham oddiy insonlar ekan. O’zi ham o’rtamiyona oiladan chiqqan, bolaligidan to hozirgi kungacha o’z mehnati bilan hamma narsagaerishgan. Onalari ham oddiy oilaning farzandi ekanligini gapirib berdi. Oyna yoniga yaqiniroq borib, kuzning sarxush havosidan to’yib-to’yib nafas oldim. Oktyabr oyining o’rtalari shu tobda o’g’illarim va nevaralarim nima bilan band ekanlar deya uyga cho’mdim. Samiya maktabda bo’lsa kerak, Dilnura nevaram-chi u ertalab borarmikin maktabiga yoki peshinmikin buniyam bilmayman. Faqat sog’-omonliklarini bilaman xolos. Yo’l ham olis ularni olib keeling bir ko’ray desam, yo’l azobi deyishadi. Ularni ham azobga qo’ygim yo’q. Mayli nima bo’lganida ham omon bo’lishsin. Mensiz ularga juda qiyin bo’ldi-da. Kuz oyida onam va ukamlar ham tomorqasida ekilgan sabzavotlarni yig’ib terish arafasida bo’lsalar kerak. Ha demay sovuq tushadi. Uylarini suvoq ko’pchigan joylarini u yoq bu yoqlarini ham remont qilishayotgandir balkim. Qishga tayyorgarlik qilishayotgandir. Bozatdulik singlim Shahargul yangamni marakalarini birini o’tkazib, balkim uyga ham qaytgandir. Bunisiniyam bilmayman. Havoning ochiqligini qarang, uzoq-uzoqdan ikkita lochinmi, turnami baland-balandlarga parvoz qilayapti. Shu tobda xuddi ular kabi ozod qushga aylanib, balandlarga parvoz qilgim kelyapti. Bu to’rt devor ichida o’tiravrib, yuragim ezilib ham ketdi. Mana bu ishlarning tovushi ham jonga tegib ketdi. Ak-ak degan tovushlar hech to’xtamaydi. Keyingi paytlarda negadir sal narsaga jahlim chiqadigan bo’lib qolyapman. Asablarim charchaganidanmi bilmayman. Har kun sayrga chiqyapman bu ham foyda bermayapti uning ustiga yangamning vafot etgani, hayollarim chalkash-chulkash tez-tez suyaklarim ham zirqirab og’riyapti. Sayohatim ham nihoyasiga bir necha sanoqli kunlar qolganigami bilmayman. Avvalgi shashtim sal pasaygandek. Davolanay desam bu erda faqat birinchi tibbiy yordam. Dori-darmon deganidek. Bugun hech birimiz tergovga chiqmadik. Na qaynonam va na men. Men har kuni bitgan hikoya va yangi tug’ilgan she’rlarimdan hamxonamga o’qib berardim. Biz bu vaqtni o’zimizga “Tarbiya soati”-deb nomlardik. Ba’zan men o’qigan satrlarni ikkalamiz ruschaga o’girardik. Hamxonam o’zbek tiliga uncha yaxshi tushunmas, ko’pincha gap orasida men imo ishora bilan ularga tushuntirardim. Men ruscha so’zlarni tushunardim-u, lekin ular bilan gaplashganimda talaffuzimni sal buzib qo’yardim. Ular bo’lsa, ha hechqisi yo’q men tushunib oldim allaqachon deb kulib qo’yardilar. Biz xuddi Robinzon Kruzodek hayot kechirardik. Lekin u ozodlikda yashasa, biz to’rt devor ichida, bu erdagi har bir rejimni, xona tozaligini, tergov va sud jarayonlarini olib borilishi to’g’risida ham suhbatlashardik. Men ha deb unga tushuntiraverib charchab ketardim. Menga ko’pincha uni kashandaligi yoqmasdi. Jahlim chiqardi. O’zi endigina 36 yoshni qarshilagan bo’lsada, xuddi 50 ga kirgan ayollardek edi. Bu o’zgarishlar tamakidan bo’lsa kerak deb ham o’ylab qo’yardim. Bu xona ikkimizga ham tegishli hadeb unga kam cheking deb aytaverish ham noqulay edi. O’zidan bilmagan odamni turtsang ham foydasi yo’q ekan. O’ziga rahm qilmagan sog’ligini o’ylamagan odam, birovga rahm qilarmidi deya ba’zan o’ylab qolardim. Kun soviy boshladi. Qachongacha oynani ochib qo’yaman tutun chiqsin deb. Qolaversa, u meni ham zaharlayapti. Oldiniga u yangi kelgan kunlari menga uncha bilinmasdi. Endi dachnashning yarmi sigaret bo’lib kelganigami, mening ham bu achchiq tutunlar allergiyamni qo’zg’atib ijod qilishimga halaqit beryapti. Yana biroz chidab ko’ray-chi dedim o’zimcha. Allergiyam chiqqanidan meni ham yo’tal tutadigan bo’lib qoldim, uning ustiga ko’zim ham achishadi. Kashandalik yomon odat ekan.
Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin!
Istiqlol sharofati bilan milliy urf-odatlarimiz va ular zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat, insonni ulug’lash hamda turli ijtimoiy masalalar hamjihatlikda hal etish kabi ezgu qadriyatlar tiklanib hayotimizdan tobora mustahkam o’rin egallamoqda. Go’zal diyorimizda nuroniy otaxon va onaxonlarimizga ko’rsatilayotgan e’tibor olqishlarga sazovor. Qariyalarni jonu-dili bilan ardoqlaydigan odamgina yuqori martabaga erishadi. Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki 2-sonli tergov hibsxonasida ham hibsxona boshlig’i polkovnik B.Kenjaev hayit ayyomi munosabati bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv juda qiziqarli turda maroqli o’tdi. U o’z so’zida mahkumlarni hayit ayyomi bilan tabriklab, ularga hayit bayrami haqida bu bayram yurtimizda qanday nishonlanishi, uning ahamiyati, bayram haqida rivoyatlar aytib berdi.
Boshni fido ayla, ota qoshiga,
Jismni qil sadqa ona boshiga
Ushbu satrlarda otang oldida boshingni fido qilib onang boshi uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi deyilgan. Ikki dunyoing obod bo’lishini istasang qariya, nuroniy insonlarning roziligini ol, qariyalarni ardoqlash bizlarga ajdodlardan meros, kabi so’zlarni aytib o’tdi.
Keksa otaxon-onaxonlarimiz insoniylikga, sabr-qanoat tuyg’ularini, bugungi tinch va osuda hayotimizning qadriga etish odamlarni o’zaro yaxshilik qilishga chorlash ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash oil ava mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yoshi ulug’ insonlarga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish bu faqatgina bizning millatimizga xosdir. Keksalar bor joyda ahillik va totuvlik bor. Vatanimizdagi tinchlik, totublik, o’zaro hamjixatlik, baxtli hayotimiz va farovon turmushimiz ham keksa otaxon va onaxonlarimiz duolaridir. Bu esa biz uchun eng oliy mukofotdir!
Shunday betakror muqaddas zaminda tug’ilganimdan barcha O’zbekiston xalqi singari men ham fahrlanaman.
Istardimki, hech kim to’g’ri yo’ldan adashib, o’zligidan insoniyligidan judo bo’lmasin deyman.
Shuningdek bu bayram musulmon xalqlarining o’zaro mehr-oqibatli bo’lishiga insonlarni tiriklikda e’zozlab qadrlashga, o’tganlarni xotirlashga va olloh bergan ne’matlarni e’zozlash va qadriga etishga undaydi, hamda har xil buzuq gunoh ishlarni qilishdan qaytaradi.
Bu bayramda arazlashganlar bir-birlarini kechirishadi, bir-birlariga mehr-oqibatli bo’lishga undaydi, hamda betob bo’lib qolganlarning va kam ta’minlangan oilalarning va qariyalarning holidan xabar olinadi, ularga mehr-muruvvat ko’rsatiladi.
Uchrashuv har xil savol-javoblar bilan qiziqarli turda olib borildi. Shuni aytib o’tish kerakki, bunday uchrashuvlar mahkumlar bilan olib borilar ekan albatda har bir insonning qalbida o’z Vataniga bo’lgan mehr-muhabbati, oilasini ardoqlash, ota-onaga hurmat, keksa otaxon va onaxonlarni e’zozlash ularga mehr-muruvvat ko’rsatib duolarini olish, ruhan va jismonan poklanish uchun ro’za tutish, sabr-toqatli bo’lish, gunoh ishlarni qilmaslik kabi tushunchalar biz mahkumlarni yanada o’z Vatanimizga bo’lgan mehr-muhabbatimizni va Alloh bergan ne’matlarni e’zozlash va qadriga etishga undaydi.
Bu bayram mustaqil yurtimizga tinchlik, farovonlik yuksalish va taraqqiyot hamda har bir insonning qalbiga iliqlik, ezgulik olib kirsin, mehr oqibatlilik va hamjihatlik hech birimizni tark etmasin deyman!
Kechirim.
Mehribon yurtboshim ey ona xalqim,
Boshim erga tekkuncha kechirim so’ray.
Adashdim jaholat domiga botib,
Ota-onam oldida uzirim so’ray.
Avf eting muhtaram aziz yurtboshim,
Bu girdob domidan bo’layin xolos,
Qalbimda dog’ bo’lib qolmasin armon,
Bundayin yashashlik insonga noxos.
Bir imkon bering oxirgi imkon,
Farzandlik burchimni ado etayin,
Vatan bu onamdir, Vatan bu bolam,
Yurt uchun aylayin bu jonim-fido.
Yurtboshim so’zlari menga madaddir,
Ortar kelajakga bo’lgan ishonchim,
Shunday baxtdan quvonmoqda o’g’il-qizing,
Biz albatda oqlagaymiz o’zing bergan non tuzing.