“ Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart ?”mavzusida esse yo’zib bering
ESSE (frans. — urinish, sinash, ocherk) — erkin mavzuda yozilgan, uncha katta boʻlmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid sub‘yektiv fikr bayon qilinadi. Esse uslubi obrazliligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Esseda talaba o’z shahsiy nuqtai nazarini bildiradi, uni qat’iy tarzda faktlar bilan asoslab beradi.
Эссе yozishda quyidagi talablarga amal qilish shart:
• shahsiy munosabatni bildirish
• to’g’ri faktlarni,dalillarni keltirish;
• nazariyaga asoslanish;
• atamalarni o’z o’rnida qo‘llash
• sitatalar keltirish;
• turli hil ko’z qarashlarni keltirish;
• mantiqiy qonuniyatning saqlanishi;
• taqqoslash va xulosalash usullaridan foydalanish;
• savodxonlik ( uslubiy, imlo, tinish belgilari);
Esse quidagi qismlardan iborat:
1. Kirish qismi. Unda mavzuning dolzarbligi, turli fikrlarni mavjudligi, ularning ma’no-mazmuni ko’rsatiladi.
2. Asosiy qism. Mulohazalarning mazmuni, mualifning dalillari (misollar, faktlar), zid bo‘lgan dalillarni keltiradi, ularni tahlil qiladi, zaif va kuchli tomonlarni ko’rsatadi.
3. Xulosa. Asosiy mulohazini keltiradi, faktlardan xulosa qiladi va uning foydali tomonlarini ko’rsatib beradi..
Essening xajmi- komp’yuterda 2-3 varoqdan iborat bo‘lishini tavsiya qilamiz