Ning to’garak ish rejasi 2023-2024-O’quv yili


Ko’rildi:_____________MMIBDO’



Yüklə 26,75 Mb.
səhifə20/74
tarix21.12.2023
ölçüsü26,75 Mb.
#187942
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74
TEXNOLOGIYA 5-9 SINF QIZLAR TO\'GARAK (3)

Ko’rildi:_____________MMIBDO’:______________

Sana_________
23- Mavzu: Buyumlarga tikiladigan bezak turlari.
I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini o’rgatish;
II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va zardo’zlik buyumlaridan namunalar;
III.Mashg’ulotning borishi: Zardo'zlik -zar ip bilan naqsh (kashta) tikish kasbi. U forscha zar (tilla), do'zi (tikmoq) so'zini anglatadi.
S tilizatsiya -tabiatdagi o'simlik va boshqalarning tasviri, rangi, shakli va tuzilishini badiiy usulda umumlashtirishdir. Turunj kompozitsiyasi amalda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. Tlifunj naqsh kompozitsiyasining tikiladigan buyum yuzasiga, mo'ljallab uning hajmi aniqlab olinadi. Shu o'lcham bo'yicha bir necha xomaki rasmlar (ya'ni, eskizlar) tayyorlanadi. Xaqiqiy kattalikdagi o'lcham bo'yicha to'rt, sakkiz, o'n, o'n oltidan bir qismga, ya 'ni naqshning taqsimiga turunj kompozitsiyasi bajariladi. (22-rasm) Shu naqsh shaffof qog'ozga ko'chirilib, uning axtasi tayyorlanadi.Naqsh kompozitsiya o'lchamiga moslab karton qo'yiladi, unga naqsh nusxasi tushuriladi va tuya bo'yin qaychi bilan qirqiladi. Ayollar va bolalar poyafzali ancha oddiy guruh va xalqalar bilan bezatilib, ularning oralari yaproq nushalar yoki tagalak gajaklari bilan to'ldiriladi. Bodom kashtasi kompozitsiyasi juda ko'p uchraydi va guldo'ziy, hamda zamindo'ziy usulida tikiladi. Do'ppi O'zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Ayollar do'ppisi ham, erkaklar do'ppisi ham sidirg'a rang barxtga, baxmalga, satinga, sidirg'a shoyiga ip, ipak va zar ip bilan gullari tikiladi. Do'ppilarga islimiy kashtalar, turli ko'rinishdagi geometrik shakllar bilan ham oro berib chiqilgan. Geometrik shakllar olti va sakkiz qirrali shakllar bo'lib, ko'pincha ular bir-biriga qalashtirib tikiladi va oralari gul, yaproq nusha naqshlar bilan to'ldiriladi. Do'ppilar zardo'ziy, guldo'ziy va zamindo'ziy usulida tikiladi. Chorgul naqshi erkaklar hamda ayollar do'ppisida barobar ishlatiladi. Chorgul kompozitsiyasida zargarlikka yoki zardo'zlikka oid qubba-bo'rtma taqinchog'i qo'llanilib, har bir butoq yoki gulga uch donadan qo'yib tikilgan. Bunday do'ppilar o'n ikki qubbati to'rtgul deb atalgan (25-rasm). Turli xildagi to'rt qirrali yulduzchalar erkaklar do'ppisi uchun xos kashtalardan hisoblanadi. Erkak va ayollar do'ppilarining gardishi zar ipda tikilgan yoki rangli joyi jiyak bilan aylantirib chiqiladi. Ko'zoynak, yelpig'ich, taroq, pul va cho'ntak soatlar singari buyumlarni solib yuradigan turli g'iloflar bir xil rangdagi silliq barxtdan tikiladi. Bunday g'iloflarga islimiy ko'rinishdagi butoqcha, bodomcha nusha kashtalar bilan bezak beriladi. Hamyonlar har ikki tomonidan, qolgan barcha buyumlarni faqat bir tomonidan kashtalar tikiladi. Uy ro'zg'or buyumlaridan so'zana, yostiq jildi, lo'la-bolish g'ilofi, beshik yopg'ich, igna qadagich, qiyiqcha, choynak yopqich, joynamoz, ko'zoynak g'ilofi, tumorlar guldo'ziy va guldo'ziy-zamindo'ziy usulida zar ipda tikiladi. So'zana-forscha so'zani deb yuritiladi, igna bilan tikilgan ma'noni beradi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa matolarga zar ipda tikib tayyorlanadi. So'zana va yostiq jildi uchun kompozitsion joylashgan o'simliksimon naqshlardan, turunj yoki burchak-burchagida islimiy naqshlar bilan bezatilib tikiladi. So'zanadagi butalar orasi ochiq qolgan qismlar ancha mayda butachalar bilan to'ldirib tikiladi. Peshonaband barxtga, shoyiga zamindo'ziy va guldo'ziy usulida kashta tikiladi. Peshonaband aslida zardo'ziy do'ppi ustidan o'ralgan. Majnuntol kashtasi peshonaband uchun eng sevimli mavzu hisoblanib, moh yarimoy kompozitsiyasi ham tez-tez uchrab turadi. Moh peshonabandi zargarlik to'g'nog'ichlari bilan bezaladi (24-rasm). Ayollar nimchasi, xalati, ko'ylak oldi naqshlari rang-barangli va serbezakli qilib tikiladi. Joynamozlarning kashtalari uchchala tomondan qirg'oq bo'ylab aylantirilib tiqilgan enli jiyaklarda o'z ifodasini topgan. Jiyaklarning tagzarnini, alohida joylashgan butalar bilan kashtalanib, buyumning o'rtasi ochiq qoldiriladi.

Yüklə 26,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin