karbomid sintezi kolonnasi; 2-yuqori bosim skrubberi; 3-ijektor; 4-yuqori bosimli karbamat kondensatori; 5-haydovchi kolonna; 6-nasoslar; 7-quyi bosim kondensatori; 8-quyi bosim rektifikasiya kolonnasi; 9-qizdirgichlar; 10-yig‘gich; 11-bug‘latish qurilmai; 12-donadorlashtirish minorasi.
Karbamid azotli o‘g‘itlari ichida eng ko‘p azot elementini tutib turishini aytib o‘tgan edik. Uni o‘g‘it sifatida ko‘plab ishlatiladi. Karbamidni ammoniy nitratdan bir qancha afzalliklari bor. U portlashga xavfsiz, tuproqqa tushganda sekin eriydi, gigraskopligi kamroq, yopishqoqligi uncha yuqori emas. Shuning uchun u karbamidni donador holda idishsiz tashish mumkun. Karbamidni gigraskopligini oshirish uchun donadorlashdan oldin suyuqlanmagan karbamidoformaldegid smola (KFS) qo‘shiladi. Karbamidning gigraskoplik nuqtasi 20℃ da 80 % ga teng.
Texnik shart talablariga asosan karbamid donador va kristall holda A va B markada ishlab chiqariladi: A markali karbamid oliy va birinchi kategoriyalik hisoblanib, sun’iy smola, plastmassa, elim, lak, dorivor vositalar, gerbisidlar ishlab chiqarishda va chorvachilikda ishlatiladi. Uning tarkibida 46,3% azot, 0,6-0,9% gacha biuret, 0,2-0,3% suv bo‘ladi. Chorvachilikda ishlatish uchun byuret miqdori 3% gacha ruxsat etiladi.
B markali karbamid qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Uning tarkibida 46% azot, 0,9% gacha byuret va 0,25% suv bo‘ladi. Donalarning o‘lchami: 1-4 mm.lisi 94%, 1 mm.ligidan kichkinalari 5% gacha bo‘lishi shart. Ammiakni resirkulyasiyasi ishlab-chiqarishni kengaytirish, kapital xarajatlarni ortishi, zkspulatatsion sarflarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ortiqcha ammiakni ammoniyli selitira ishlab chiqarishga yuborish bilan katta foyda olinadi. 1 tonna karbamid olinganda 5-8 tonna selitra olinadi. Karbamid ishlab-chiqarish ammiakli selitra ishlab-chiqarishdagi qo‘shimcha texnologik jarayon hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |