MA’RUZA MASHG’ULOTI JARAYONIDA QO’LLANILGAN
USLUBIY –TEXNOLOGIYALAR
1. Aqliy hujum.
2. Interfaol o’qitish sikli.
3. Axborot texnologiya vositalari
4. Kompyuter slaydlari
12-Mavzu: Lorens kuchi. Amper qonuni. Xoll effekti
12-1. Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 45 nafar
|
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Ma’ruza - konferensiya
|
Ma’ruza mashg’ulotining rejasi
|
Amper kuchi deb qanday kuchga aytiladi?
Lorens kuchi deb nimaga aytiladi?
Zaryadli zarrachaning elektr maydondagi harakati qanday bo‘ladi?
Zaryadli zarrachaning magnit maydondagi harakati qanday tavsiflanadi?
Lorens kuchi ish bajaradimi?
Xoll effekti.
Plazma (uyga)
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: ma’ruzada Lorens kuchi va magnit maydondagi zaryadli zarralarning harakati, bunday harakat tufayli Yerdagi va koinotdagi hodisalar, Zarralar sistemasiga ta’sir etuvchi kuch – Amper kuchi va Xoll effekti bayon etiladi.
|
Pedagogik vazifalar:
1.Lorens kuchi va uni nisbiylik nazariyasida asoslanishi.
2. Zaryadli zarraning birjisli magnit maydondagi harakati.
3. Zaryadli zarraning birjinsli bo’lmagan magnit maydondagi harakati. Magnit qopqon.
7. Amper qonuni.
8. Xoll effekti.
9. Plazma (uyga)
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
*Talaba Lorens kuchini nimalarga bog’liqligini, tezlikka tik yo’nalishi haqida ma’lumotga ega bo’ladi.
* Zaryadli zarraning birjinsli va birjinsli bo’lmagan maydonlardagi harakatini o’rganadi. Bunda saqlanuvchi fizik miqdorlarni, zarrani magnit maydonni kuchli sohasidan akslanish hodisasini o’zlashtiradi.
* Lorens kuchidan Amper qonuni keltirib chiqariladi.
* Xoll effektini mazmuni va qo’llanishi bilan tanishadi.
*Plazma to‘g‘risida qisqacha ma’lumot oladi va uni uyda lavom ettiradi.
|
O’qitish uslubi va texnikasi
|
texnikasi Ma’ruza - konferensiya, muammoli ma’ruza, aqliy hujum, munozara, taqdimot
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, Proyektor, grafik organayzerlar – O’TV/ k T
|
O’qitish shakli
|
Frontal, individual, guruh bilan ishlash,
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Namunadagi auditoriya
|
12-2. Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
Bosqichlar,
vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
talaba
|
1-bosqich.
kirish
(10 min.)
|
1.1. Mavzu, uning maqsadi va o’quv mashg’ulotidan ko’zlangan natijalarni e’lon qiladi. Mashg’ulot ma’ruza konferensiya-munozara tarzida o’tishini e’lon qiladi:
1) mazkur mashg’ulotda hal etiladigan ma’ruza mavzularini taklif etadi (ilova).
2) ularning o’quv fanini o’zlashtirishdagi ahamiyatini, shuningdek, bo’lajak mutaxasislikni egallashdagi muhimligini tushuntiradi.
3) ma’ruzaga tayyorgarlik ko’rish uchun
adabiyotlar, jurnallarga yo’naltiradi.
4) barcha talabalarga ma’ruza matni bo’yicha ma’ruzachilarga savol tayyorlashlari aytiladi
5) Zarur holatlarda savollar tuzadi.
|
1.1. Ma’ruzaga tayyorgarlik ko’radilar.
Ma’ruzachilar prezentasiya tayyorlashlari va referat bo’yicha reja tuzishlari mumkin.
Baholash mezonlari bilan tanishadi.
|
2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)
|
2.1. Ma’ruza va axborotlar yuzasidan chiqishlarni tashkil etadi:
-mavzu mazmunining yoritilishida mantiqiylikka e’tibor beradi;
-bayon qilinayotgan materialni muhokama qilish, zarurati tug’ilganda, ma’ruzachini to’xtatib, jamoaviy munozaraga imkon yaratadi.
2.2. Ma’ruzaning jamoaviy tarzdagi muhokamasini tashkil etadi. Boshlovchi bilan birga:
-savollar beradi;
-asosiy ko’rsatmalarni aniqlashtiradi;
-dokladga yangiliklar, statistik materialga e’tibor qaratishni so’raydi.
|
2.1. Ishtirokchilar
ma’ruzalarini o’qib,
eshitiradilar yoki og’zaki bayon qiladilar.
2.2. Ishtirokchilar
kollektiv tarzda
mashg’ulotni muhokama
qiladilar.
2.3. Ekspertlar har bir mavzu bo’yicha munozara
natijalarini baholaydi.
|
3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)
|
3.1. Barcha ishtirokchilarning faoliyatini
umumlashtirib, mashg’ulotni yakunlaydi.
3.2. Ma’ruza – konferensiyadagi dokladchi, taqrizchi va opponentlarning faolligini baholaydi.
3.3. Olingan bilim va ilmiy izlanish
ko’nikmalarining kelajakdagi faoliyatda
ahamiyatini ta’kidlaydi.
3.5. Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
|
3.1. Ekspertlar:
1) ma’ruzachi taqrizchi,
opponetlarni
tayyorgarligini
belgilaydi;
2) baholash natijalarini e’lon qiladi.
3.2. Eshitadilar, yozadilar.
|
Dostları ilə paylaş: |