1. Adolatli, haqqoniy.
2. Qiѐsiy.
3. Tashqi muhit ta’siridan himoyalangan.
4. Axborotlar bashorat qilingan, ya’ni o‘z isbotiga ega bo‘lmog‘i kerak.
Bulardan xulosa qilgan holda, ta’lim-tarbiyada monitoring deb nimaga aytilishiga javob beramiz. Demak, ta’lim-tarbiya sohasida monitoring deb, o‘quv jaraѐnini va uni boshqarishning uzoq davom etadigan uzluksiz kuzatuv olib borilishiga aytiladi.
Muntazam monitoring olib borish modeli quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
o‘quvchining real o‘qish imkoniyatlarini;
u ѐki bu o‘quv fanlari bo‘yicha bilimlar sifatini o‘rganish;
o‘quvchilarning sust o‘zlashtirish didaktik sabablarini aniqlash;
maktabdagi o‘zaro ichki munosabatlar xususiyatini tahlil etish;
maktabning ichki ish tartibining maqsadga muvofiqligini o‘rganish;
o‘qituvchilar pedagogik mahoratini pedagogik, psixologik savodxon-ligini o‘rganish.
Monitoring XX asrdan boshlab fanda qo‘llanila boshlandi. Undan ekologiya, sotsiologiya, meditsina, psixologiyada foydalanish va qo‘llash bir qator adabiѐtlarda tahlil etilish bilan birga amaliy tavsiyalar berilgan.
Ekologiyada monitoring – tashqi muhitni doimiy ravishda kuzatish orqali me’ѐridan ortiq tabiatga tashqi ta’sir xavfining oldini olishga qaratilgan. YA’ni tabiatga tashqi salbiy oqibatga olib keluvchi faktorlarni ogohlantirishga qaratilgan.
Sotsiologiyada tashqi va ichki faktorlarni, unga salbiy ta’sirning oldini olishni o‘rganadi.
Yo‘nalishlar asosida olib borilgan ekologiya, biologiya, meditsina, iqtisod, bizness, sanoat va ta’lim sohasida olib boriladigan monito-ringlardir. Bulardan tashqari pedagogik, psixologik, sotsiologik, meditsina, demografik sohalarda ham monitoringlar olib boriladi, lekin monitoringning ta’lim sohasidagi o‘rni va roli keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar asosida to‘la o‘rganilmagan.
Boshqaruv tizimida o‘z vaqtida sifatli axborot to‘plash, ilmiy asoslangan axborotni qayta ishlash, saqlash, tarqatishni o‘z ichiga oladi. U ilmiy izlanish orqali yig‘ilganligi uchun u ѐki bu sohaning kelgusidagi rivojini xulosalar asosida ta’minlaydi. YA’ni sohaning hozirgi ahvoliga baho beradi, uning istiqbolini bashorat qilishga ѐrdam beradi.
Pedagogikada monitoring tushunchasi ekologiya va sotsiologiyadan kirib kelgan. Ta’limiy monitoring – pedagogik faoliyatni doimiy kuzatish asosida u haqda axborot to‘plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish orqali uning ahvoliga hamda taraqqiѐtiga ta’sir etishdan iborat. Ayniqsa, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun, “Kadrlar tayѐrlash Milliy dasturi”, modernizatsiya qilingan dasturlar, darsliklarning yangi avlodi, takomillashtirilgan standartlar ta’lim jaraѐniga qanday tatbiq etilaѐtgani, ta’lim sifati, samaradorligi, o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malaka darajasini monitoring aniq, lo‘nda bashoratlaydi. Xulosa chiqarishga imkon yaratadi, choralar ko‘rib, tuzatishlar kiritish, rivojlantirish, takomillashtirishga yo‘l ochib beradi.
Masalan, o‘quv jaraѐnining o‘quvchi shaxsiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha doimiy kuzatuvlar asosida axborot to‘plash, saqlash, qayta ishlash orqali uning ahvoli va tarqqiѐt istiqbolini belgilash mumkin.
Shaxsni o‘rganib, kuzatib, nazorat etib borish o‘quv jaraѐnini, uning rivojiga ta’sirini aniqlab borishdir.
Ta’limdagi monitoring pedagogik kategoriya bo‘lib, bir vaqtda boshqaruvni tartibga solib borishga ѐrdam beradi. Axborotlarning tahlili asosida pedagogik jaraѐnga, psixologik holat va boshqaruvga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Axborot xulosalari asosida maktab o‘qituvchilari faoliyatiga, ta’lim mazmuni, standart me’ѐrlariga tuzatish va zarur hollarda o‘zgartishlar kiritib borish imkonini beradi.
Monitoring axborotlarni to‘plash yo‘nalishiga qarab, quyidagi guruppalarga bo‘linadi:
1. Ob’ektning hech qanday o‘lchov, qiѐsiy birliklarsiz tahliliy baѐniy ko‘rinishda.
2. Ob’ektlarning parametrlarini bevosita fizik o‘lchovlar orqali tahlil etish.
3. Ob’ektning tahlilini ilgaritdan ishlab qo‘yilgan tizim ѐki kriteriya indikatorlar ѐrdamida taxlash.
4. Ob’ektni ma’lum qabul qilingan, ilmiy asoslangan texnologiya asosida ilmiy izlanishlar avvaldan ishlangan kriteriya va ko‘rsatgichlar asosida tahlil qilish.
XULOSA
Talabalarni diagnostika qilishda o‘spirinlarning ikkinchi davri xulqqa, voqelikka baho berganda qat’iyatlilik xususiyati bilan farqlanishini inobatga olish o‘ta muhim. Talabaning har doim ham prinsipal bo‘la olmasligi ularning xohishlari bilan mavjud imkoniyatning nomutanosibligi tufayli sodir bo‘ladi va ko‘p hollarda kattalar bilan turli nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
YUqorida aytilganlardan qat’iy nazar, ѐshlarning oliy o‘quv yurtlarida o‘qishlari o‘z kuchlari, qobiliyatlari, ichki imkoniyatlari va uyushtirishga umid his-tuyg‘ularini vujudga keltiradi. Odatda talabalar 2-3 kurslarda oliy o‘quv yurti va mutaxassislikni to‘g‘ri tanlashgani haqida yana jiddiy o‘ylay boshlaydilar. Mazkur ѐsh davrida o‘zini boshqarishning tarkibiy qismlari: ijodiy tafakkur, muayyan haѐtiy tajriba, o‘zlashtirgan bilimlarini tartibga solish asosida his-tuyg‘ular, axloqiy qadriyatlar, qarashlar, o‘zlikni anglash va barqaror e’tiqod shakllanadi. Talaba hukm va xulosa chiqargach, o‘z xatti-harakatida qat’iy turib ularni himoya qiladi va haѐtning turli sohalari bo‘yicha har xil darajadagi ko‘nikma va malakalarga nazariy bilimlar, ijtimoiy-psixologik tushunchalarni amaliy faoliyatga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Oliy ta’lim tizimida pedagogik diagnostika va korreksiyalash ishlarini tashkillashtirishda talabalar duch keladigan quyidagi qiyinchiliklarni inobatga olish kerak.
Dostları ilə paylaş: |