Nizomiy nomidagi toshkent davlar pedagogika universiteti


-§. Ona tilidan o’quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirish ta’limga tadbiq etilishi



Yüklə 292,5 Kb.
səhifə5/10
tarix08.02.2023
ölçüsü292,5 Kb.
#83469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yusupova Surayyo Ilhambekovna (2)

1.2-§. Ona tilidan o’quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirish ta’limga tadbiq etilishi
Ta’lim tizimida islohotlar munosabati bilan boshlang’ich ta’lim oldiga qo’yilgan talablar ona tilini o’qitishda pedagogik texnologiyaning rivojlantiruvchi, differensiasiya, shaxsni muayyan maqsadga yo’naltirish, izlanish, muammoli o’qitish, mustaqil ish usullaridan foydalanishni taqozo yetadi. Shuni hisobga olgan holda ona tili darslarini samarali tashkil etishga yordam beradigan, o’quvchining faolligini oshiradigan mustaqil ish, yarim izlanishli muammoli o’qitish, analiz va sintez, lug’at bilan ishlash kabi vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki, boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning keng miqiyosda mulohaza yuritish va mustaqil fikrlash, qarorlar qabul qilish qo’nikmalari to’liq shakllanmagan bo’ladi. Shu bois, birinchi sinf ona tili darslarida o’quvchilarda asosan mashq ustida ishlash ko’nikmasi shakllantiriladi. Bunda ko’proq o’qituvchi tomonidan bolalar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlarni tayyor holda beradi, o’zi savollar qo’yadi, savol va topshiriqlarning yechimini topish yo’llarini ham o’qituvchining o’zi ko’rsatadi. Bu bilan o’quvchilarga ta’lim berishda yuqori samaradorlikka yerishib bo’lmaydi. Chunki, hozirgi kunning talabi o’quvchilarni faol harakatga keltirishdan iboratdir. Shunday yekan, ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilarni faol harakatga keltiradigan, ularni mustaqil fikrlashga undaydigan, mulohaza yuritishga chorlaydigan topshiriq va mashqlarni tavsiya etish maqsadga muvofiqdir.
Ona tili darslarida mustaqil topshiriqlar o’quvchilarning tafakkur doirasini, og’zaki va yozma nutqini va mustavil fikrlashga o’rgatishda muhim o’rin tutadi.

Psixologik-pedagogik tadqiqotlar tahlili va ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish boshlang’ich sinflarda ona tili darslarida mustaqil topshiriqlar quyidagi o’ziga xos xususiyatlarni belgilashga imkon beradi:



  • boshlang’ich sinflarda yuzaga kelgan o’quv muammolari o’zida qandaydir hayotiy vaziyatni namoyon yetmog’i lozim. Dars jarayonida o’quvchilar ye’tiborini jalb etish uchun mustaqil topshiriqlarni berish lozim.

  • Ona tilining o’quv predmeti sifatidagi ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, hayot bilan aloqasiga ko’ra boshqa fanlardan keskin farqlanishidir.

  • Faqat boshlang’ich sinflarning ona tili darslari uchun xarakterili metodik usullarda ish ko’rishda.

  • O’quvchilarga o’quv materialining hissiy ta’sir etishida.

  • Faqat ona tili darslarida mustaqil topshiriqlardan foydalanish jarayonida.

  • Boshlang’ich sinflar ona tili ta’limida mustaqil topshiriqlardan foydalanish, balki unga tayyorgarlik haqida ham gap boradi, chunki o’quvchilar bunday topshiriqni qabul qilishga oldindan psixologik, mantiqiy tayyorgarlik ko’rgan bo’lishlari kerak;

  • Boshlang’ich sinflardagi mustaqil topshiriqlar o’quvchilarning doimiy ravishda mashg’ul bo’lishi bilan bog’liq. Mashg’ul bo’lish mustaqil topshiriqlarni bajarish holatiga olib keladi.

Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarida olib borgan mashg’ulotlarimiz natijasida mustaqil topshiriqlarni yaratishning quyidagi metodik usullarini ishlab chiqdik;

  1. O’quvchilarni bayon qilinayotgan mavzudagi umumiylik va xususiylikni aniqlash maqsadida berilgan mashqlarni tahlil qilish va qiyoslash. Masalan, 3- sinfda “O’zak va o’zakdosh so’zlar” mavzusini o’tayotganda gul, gulla, gulzor, guldon so’laridan gap tuzish bo’yicha o’quvchilarga topshiriq beriladi. O’quvchilar ushbu so’zlarning ma’no xususiyatlaridan kelib chiqib topshiriqni bajarishga kirishadi.

  2. Tanish topshiriqni hal etishda o’quvchilar oldiga yangicha yondashuvni talab yetadigan amaliy topshiriqlarni qo’yish. Masalan, 1-sinf o’quvchilari hali unli va undosh tovushlar bilan tanishmay turib, so’z necha bo’g’indan iboratligini faqat talaffuz orqali topish topshirig’i beriladi. Unli va undosh tovushlar bilan tanishgach yesa, unli tovushlar bo’g’in hosil qilishini bilib oladilar va shunga qarab so’zlarning nechta bo’g’indan iborat yekanligini aniqlaydilar.

  3. O’quvchilarning amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarishda yuzaga keluvchi hayotiy vaziyatlardan foydalanish, ularni bajarish va tahlil qilish. Masalan, 1-sinfda bo’g’in ko’chirish qoidalari bilan tanishtirishda, bo’g’in ko’chirishning zarurligi misol tarzida keltiriladi. Ya’ni sarkarda so’zining keyingi ikki bo’g’ini qatorga sig’may qoldi. Nima qilish kerak? Tarzida savol bilan murojaat qilinadi.

  4. Ortiqcha ma’lumot berilgan va ma’lumotlar yetarli bo’lmagan mashqlar bajarish yuzasidan ham topshiriqlar berish. Ortiqcha ma’lumotni yoki etishmayotgan ma’lumotni topshiriqni bajarish uchun o’quvchilar yangi ma’lumotlarni bilishlari lozim bo’ladi. Masalan, 3-sinf ona tili darslarida o’quvchilar gapning bosh bo’laklari bilan tanishadilar. Gapda yega va kesimdan tashqari yana ham to’liq bo’lishi uchun boshqa so’zlar ham yeshtirok yetadi. Bu so’larni topish topshirig’i beriladi. O’quvchilar bu topshiriqlarni bajarishlari uchun ikkinchi darajali bo’laklar bilan ham tanish bo’lishlari kerak.

  5. Dars maqsadini amalga oshirishda tegishli savollar yordamida mustaqil topshiriqlarni bajarish vazifasi topshiriladi. Bunday savollar nima uchun shunday yozilgan?, To’g’rimi?, Kim haq? Kabi shakllarda bo’lishi mumkin. Masalan, 3-sinf ona tili darsligida “Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar” mavzusini o’tishda o’quvchilarga “keldi-kelmadi” so’zlari misolida shunday savol beriladi. Nima uchun kelmadi? So’zi bo’lishsiz fe’l deyiladi. O’quvchilar bu topshiriqni bajarish uchun avvalo bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar haqida tushunchaga yega bo’lishlari kerak.

Boshlang’ich sinflarning ona tili darslarida o’quv topshiriqlarni amalga oshirish quyidagi bosqichlarda tashkil qilinadi:

  • o’quvchilar yechishi mumkin bo’lgan va qiziqarli topshiriqlarni o’rtaga qo’yish;

  • dars jarayonida mashg’ulot yuzasida mustaqil topshiriqlarni yuzaga keltirish;

  • dars mavzusi mazmuniga ko’ra mustaqil topshiriqlarni muayyan maqsadga yo’naltirish;

  • muammolarni hal etish;

  • alohida topshiriqlarning jamoa usulida bajarilgan natijalarni tekshirish va xatolarni to’g’rilash.

Mustaqil topshiriqli darsni tashkil etishning mazkur sxematik rejasi u yoki bu o’quv jarayoniga qarab to’liq yoki qisman bajariladi. Ularda ba’zilari o’z yechimlari uchun avvalo xulosalarni, qonun va nazariyani tahlil qilishni talab yetadi, boshqalari faktlarni umumlashtirishni talab qiladi, uchinchilari hodisalarni, tushunchalarni taqqoslashga ko’proq tayanadi.
Mustaqil topshiriqlarni bajarishda quyidagilarga amal qilishi kerak:
- o’quvchilar ma’lum bilimlar doirasidan o’zlariga etishmayotganlarini aniq chegaralab olishlari, ya’ni noma’lum topshiriqlarni bilishlari taqozo yetiladi. Ona tili darslarida mustaqil topshiriqlar o’quvchilarning tafakkur doirasini, og’zaki va yozma nutqini va mustaqil fikrlashga o’rgatishda muhim o’rin tutadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlar tahlili va ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish booshlang’ich sinflarda ona tili darslarida mustaqil topshiriqlar quyidagi o’ziga xos xususiyatlarni belgilashga imkon beradi:

  • boshlang’ich sinflarda yuzaga kelgan o’quv muammolari o’zida qandaydir hayotiy vaziyatni namoyon yetmog’i lozim. Dars jarayonida o’quvchilar ye’tiborini jalb etish uchun mustaqil topshiriqlarni berish lozim.

  • Ona tilining o’quv predmeti sifatidagi ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, hayot bilan aloqasiga ko’ra boshqa fanlardan keskin farqlanishidir.

  • Faqat boshlang’ich sinflarning ona tili darslari uchun xarakterli metodik usullarda ish ko’rishda.

  • O’quvchilarga o’quv materialining hissiy ta’sir etishida.

  • Faqat ona tili darslarida mustaqil topshiriqlardan foydalanish jarayonida.

  • Boshlang’ich sinflar ona tili ta’limida mustaqil topshiriqlardan foydalanish, balki unga tayyorgarlik haqida ham gap boradi, chunki o’quvchilar bunday topshiriqni qabul qilishga oldindan psixologik, mantiqiy tayyorgarlik ko’rgan bo’lishlari kerak;Boshlang’ich sinflardagi mustaqil topshiriqlar o’quvchilarning doimiy ravishda mashg’ul bo’lishi bilan bog’liq. Mashg’ul bo’lish mustaqil topshiriqlarni bajarish holatiga olib keladi.

Boshlang’ich sinflarning ona tili darslarida o’quv topshiriqlarni amalga oshirish quyidagi bosqichlarda tashkil qilinadi:

  • o’quvchilar yechishi mumkin bo’lgan va qiziqarli topshiriqlarni o’rtaga qo’yish;

  • dars jarayonida mashg’ulot yuzasida mustaqil topshiriqlarni yuzaga keltirish;

  • dars mavzusi mazmuniga ko’ra mustaqil topshiriqlarni muayyan maqsadga yo’naltirish;

  • muammolarni hal etish;

  • alohida topshiriqlarning jamoa usulida bajarilgan natijalarni tekshirish va xatolarni to’g’rilash.

Mustaqil topshiriqli darsni tashkil etishning mazkur sxematik rejasi u yoki bu o’quv jarayoniga qarab to’liq yoki qisman bajariladi. Ularda ba’zilari o’z yechimolari uchun avvalo xulosalarni, qonun va nazariyani tahlil qilishni talavb yetadi, boshqalari faktlarni umumlashtirishni talab qiladi, uchinchilari hodisalarni, tushunchalarni taqqoslashga ko’proq tayanadi.
Mustaqil topshiriqlarni bajarishda quyidagilarga amal qilishi kerak:

  • o’quvchilar ma’lum bilimlar doirasidan o’zlariga etishmayotganlarini aniq chegaralab olishlari, ya’ni noma’lum topshiriqlarni bilishlari taqozo yetiladi;

  • o’qituvchi yangi bilimga yehtiyoj o’yg’otuvchi mustaqil topshiriqni darsdan oldin loyihalashtirish;

  • har bir o’quvchining va butun bir sinfning individual psixologik imkoniyatlarini qat’iy hisobga olish;

  • mustaqil topshiriq berishda darsning istalgan bosqichida amalga oshirilishi tashkil qilish;

  • mustaqil topshiriq berish uchun vosita sifatida o’qituvchi so’zi, darslik materiali, o’quvchilarning kuzatishlari natijalari, ta’limning texnik vositalari namoyish etish talab yetiladi.

Tabiiyki, mustaqil topshiriqlar savollar, tajribalar va amaliy mashqlar bajarish asosida yaratilishi mumkin. Buning uchun o’qituvchi bilish vazifalariga “Faktlarni taqqoslang”, “Faktlarni umumlashtiring” tipidagi talablarni qo’yadi.
Mustaqil topshiriqlarning bu turlari shartdli ravishda ajratilgan bulib, amalda o’quvchilar bir tushunchaning o’zini o’rganishda faktlarni tahlil qilish va sintez qilishni taqqoslash va umumlashtirish bilan qo’shib olib boradi. Lekin aytib o’tilgan tafakkur usullaridan biri – tushuncha yetakchi o’rinda turadi. Mustaqil topshiriqlar berib bo’lingach, o’qituvchi o’quvchilarni yana fikr yuritishga, ammo yendi faraz qilish, muhokama etish va xulosalar chiqarishga qaratadi. Bilish muammolarini ilgari surish va hal qilish jarayonlari uzluksiz zanjirga o’xshab qo’shilib ketadi. Chunki mustaqil topshiriqlarni o’quvchilarga berar yekanmiz, bir vaqtning o’zida uni bajarishga kirishamiz. Bu yesa, o’z navbatida, yangi topshiriqni keltirib chiqaradi.
Umuman olganda didaktik tushunchani faol bilishning bir-biriga zid va uzluksiz jarayoni amalga oshiriladi.
Ona tili ta’limi jarayonidagi mustaqil topshiriqlar tizimi muommali suhbatlar, fikr yuritish, isbotlash, umumlashtirish, tahlil kabi tafakkurni rivojlantiruvchi mashqlar hisoblanadi.
Mustaqil topshiriq mashqlari o’quvchilar topshiriqni bajara oladigan bo’lgandagina qo’llaniladi. Bunday mashqlar, ayniqsa, yuqori sinf darsliklarida ko’p berilgan. Unda berilgan topshiriqni bajarish jarayonida o’quvchilar yangi bilimlar bilan qurollantiriladi. Mustaqil topshiriqlardan yangi mavzuni o’zlashtirish bilan birgalikda bilimlarni kengaytirish va mustahkamlashda ham qo’llash mumkin. Masalan, ona tili darslarida 1-sinfdan boshlaboq so’z turkumlari haqida ma’lumot beriladi. Aytaylik, ot so’z turkumi haqida yangi ma’lumotlar berishdan avval yegallangan bilimlar asosida ijadiy topshiriqlar bajarilsa, nafaqat aaval olingan bilimlar yodga tushiriladi, balki o’quvchilar mustaqil fikrlash orqali ot so’z turkumi haqida yangi ma’lumot olishga ham muvaffaq bo’ladi.
Boshlang’ich sinflarning ona tili darsliklaridagi barcha mashqlar o’z maqsadiga ko’ra mustaqil izlanishga, mustaqil fikr yuritishga yo’naltiriladi. Masalan, 1-sinf “Ona tili ” darsligida berilgan 1-mashqdayoq so’zlarni to’g’ri o’qish, so’zlardagi tovushlar sonini va so’zlarning qaysi tovushlar bilan farqlanayotganligi to’g’risida mustaqil topshiriqlar tashkil qilish mumkin. Bu topshiriqni bajarish uchun o’quvchi mustaqil tarzda har bir tovush, so’z ma’nosini farqlashni, so’zdagi biror tovushni yozuvda boshqa harf bilan ifodalash imloviy savodsizlikni keltirib chiqarishni anglatadi.
O’quvchilarning bu tushunchani qay darajada yegallaganliklarini tekshirish uchun o’qituvchi quyidagi savolardan foydalanishi mumkin:

    • so’z ma’nasining o’zgarishi nima bilan bog’liq?

    • so’zlarni to’g’ri yozish uchun nima qilish zarur?

Ushbu savollar o’quvchilarga so’z tarkibidagi tovushlarning o’zgarishi va uning ma’nosini o’zgartirishi, so’zlarni imloviy to’g’ri yozish uchun ularning tovush-harf tarkibini kuzatish, to’g’ri talaffuz qilish, yozilgan so’zlarni darslikka yoki lug’atga qarab tekshirish haqida tasavvur berishga yordamlashadi.
Keyingi mashqlar 1-mashqqa qaraganda o’quvchidan mustaqillikni talab yetadi. Masalan, o’quvchi 2-mashq shartiga ko’ra anjir, qayiq, zanjir, ayiq tarkibida berilgan narsa-predmet, hayvon nomlarini taqqoslash yuzasidan topshiriq beriladi. Ularni anjir-zanjir, qayiq-ayiq tarzida o’quvchilar juftlaydi. So’zlarni farqlayotgan tovush-harflarni aniqlaydi, tegishli xulosa chiqaradi. Ya’ni so’zdagi biror harfni tushirib qoldirmay, yoki ortiqcha harf qo’shmasdan aytish va yozish zarur. Aks holda so’z ma’nosi butunlay o’zgarib ketadi.
3-mashqda yesa o’quvchilarning so’z boshi va oxiridagi tovush-harfnigina yemas, balki so’z o’rtasidagi tovush-harfning almashishini, tushirib qoldirishini yoki orttirilishi ham so’z ma’nosini o’zgartiradi, degan tushunchani yegallash topshirig’i nazarda tutilgan (anhor - anor).
Bu xildagi mashqlar o’quvchilarda imloviy sezgirlikni shakllantiradi, so’zning tovush-harf tarkibiga ye’tiborni kuchaytiradi.
O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatishda so’z tuzishga doir mashq topshiriqlari ham muhim o’rin tutadi. O’quvchilar bunday topshiriqlarni bajarish orqali o’zbek tilida 29 harf, 30 ta tovush yordamida minglab so’zlar hosil bo’lishini bilib oladilar.
Darsliqdagi 7-mashqda 9 ta harf ishtirokida so’zlar tuzish, so’zlarning nimaga ko’ra farqlanishini aniqlash topshirig’i berilgan.
O’quvchilar mazkur harflardan foydalanib quyidagi oltita so’zni tuzib yozadi: ota, non, aka, ona, tok, ana.
O’qituvchi o’quvchilar qiziqishini oshirish, mustaqil ishlarini davom yettirish maqsadida “Shu harflar ishtirokida yana qanday so’zlar hosil qilsa bo’ladi?”degan savol bilan murojaat qilishi mumkin. Natijada o’quvchilar yangi so’zlar tuzadilar: tana, kon, nok, kana, taka, katta, nota, kakao va boshqalar.
O’qituvchi bu so’zlarning ma’nosini izohlatishi, qaysi so’zlarning imlosida xatoga yo’l qo’yishlari mumkinligini so’rashlari, o’zbek tili lug’atida mavjud so’zlarni o’z lug’at boyligiga aylantirishi haqida topshiriqlar berib boradi.
Darslikdagi rasmda tasvirlangan narsa va shaxs nomlarini yozishga doir mashq topshiriqlardan ham o’quvchilarning mustaqil faoliyati talab yetiladi. Jumladan, 20-mashqda rasmdan foydalanib katakchalardagi tovushlarni ifodalovchi harflarni yozish topshirig’i berilgan. “Yo’lbars” so’ziga keltirilgan 7 ta katakcha o’quvchilar tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan imlo xatolarning oldini oladi. ( O’quvchilar yo’lbaris tarzida xato yozishlari mumkin yedi). “Maymun” so’zining 2 – bo’g’inidagi u ni i tarzida yozishlari mumkin. Buning uchun o’quvchilarga orfografik o’qish va orfoyepik o’qish haqida yelementar amaliy tushunchalarni yeslatish, uni maymun so’ziga tatbiq etish, o’rtadagi farqni mustaqil aniqlatish va hamda o’z xulosalarini darslikdagi lug’atchadan tekshirishlarini talab qilish lozim.
Bu borada, ayniqsa, nuqtalar o’rniga 2 harfdan birini qo’yib yozishga doir mashq topshiriqlari o’quvchilarning orfografik va orfoyepik savodxonligini oshirishga yordam beradi. Masalan, 32- mashqda nuqtalar o’rniga x yoki h harflardan mosini qo’yib yozish topshirig’ini bajarish uchun o’quvchilar so’zlardagi x va h tovushlarining talaffuzini taqqoslab kuzatadi.
O’qituvchi x va h harflari yoziladigan so’zlarni quyidagi tarzda guruhlab ustun shaklida yozdirsa o’quvchilarning umumlashtirish imkoniyati ortadi.
yaxmalak holva
xona baho
xola jahon
taxta havo
41-mashq sharti o’quvchilarni mustaqil ishlashga, mulohaza yuritishga undaydi. Mashqda: “Voqyeadan oldin nima bo’lgan”ini aniqlash topshirig’i berilgan.O’quvchi rasmdagi bolaning holatiga qarab voqyeaning boshlanishi yuzasidan mantiqiy fikr yuritadi. O’qituvchi darsda shunga yerishish kerakki, o’quvchilar mashqda keltirilgan nobud so’zidagi d undoshi, qaytib so’zidagi b undoshi og’zaki nutqda t va p tarzida talaffuz qilinsa-da, d va b shaklida yozilishi xususida muayyan tushunchaga yega bo’lsinlar.
Darslikda bir shaxs yoki narsa-predmetning bir necha harakatini bildirga so’zlar (Masalan, qushcha uchadi, o’ynaydi, sayraydi, so’raydi, aytadi (!32- mashq) , kombayn o’radi, yanchadi , yig’adi, g’aramlaydi (133-mashq) yoki bir harakatni bajaradigan bir necha narsa-predmet yoki shaxs nomlarini yozish ( kitobxon o’qiydi, gazetaxon o’qiydi, o’quvchi o’qiydi, o’qituvchi o’qiydi) yuzasidan berilgan topshiriqlar o’quvchilarni atrofimizdagi olam bilan tanishtirish va shu orqali dunyoqarashini shakllantirish, ma’naviy olamini boyitish hamda ona tiliga doir nazariy tushuncha va bilimlar berishni nazarda tutadi.
2-sinf ona tili darslarida beriladigan nazariy tushunchalar ilgari berilgan boshlang’ich ta’lim tizimidagi ta’limdan farqli o’laroq quruq yodlatish yemas, balki yeslab qolish maqsadida yemas, birinchi navbatta o’quvchilarning bilimlarini atroflicha kengaytirishga, aqliy tafakkurini shakllantirishga, dunyoqarashlarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Shu jihatdan boshlang’ich ta’limning ona tili darsliklarida mavzularni o’rgatish ularda tushuncha sifatida shakllantirishni, shu bilan birgalikda nazariy ma’lumot berishni, yegallagan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan asoslanishni nazarda tutadi. Bunda bosh harflar imlosiga doir quyidagi topshiriqni o’quvchilarning lug’at daftariga yozdirish va kataklarni mos so’zlar bilan to’ldirib borish topshirig’i yaxshi samara berib o’quvchilarni mustaqil yondashishga
undaydi.





Исм- фамилиялар







Бойматов Р Рустам Алиева Умида Сарвиноз Умиров Али Нодирабегим





Дарё номлари







Амударё Сирдарё Оқтош Қашқадарё








Ҳайвон номлари







Кўкёл Олапар Қашқа Чибор








Жой номлари







Бухоро Қарши Китоб Мингтепа Олтинкўл Гумсой







Ikkinchi sinf ona tili darsligi mantiqiy jihatdan birinchi sinf ona tili darsligining davomi hisoblanadi. Tabiiyki, ayrim mavzular qisman takrorlanadi va qo’shimcha tushunchalar asosida boyitiladi. Jumladan, 2-sinf darsligidagi “Gap va so’z”, “Tovushlar va harflar”, “Unli tovushlar va harflar”, “Undosh tovushlar va harflar”, “Nutq. Gap. Matn”, “So’z va bo’g’in” kabi mavzularbilan 1-sinfdayoq tanishgan bo’ladilar. Maqsad berilgan topshiriqlar orqali o’zlashtirilgan bilim va tushunchalarni mustahkamlash, nutqda ulardan to’g’ri va samarali foydalanishdir. Darslikning “Takrorlash ” qismida harflar va tovushlarning yozilishi hamda talaffuziga doir qator topshiriqlar berilgan. Masalan,19-mashq shartida shu so’zlarning birinchi bo’g’inida doim a tovushini ayting. (mazkur topshiriq aslida so’zlarni o’qing. Ularning aytilishi va yozilishidagi farqlarni aniqlang tarzitda berilsa,maqsadga muvofiq bo’ladi).


Ona tili darsliklarining ayrim mashqlarida berilgan gaplar orasidagi nuqtalar o’rniga mos so’zlarni qo’yib ko’chirish topshirig’i va qo’yish uchun so’zlar keltirilgan. Maqsad yaxshi. Ammo nuqtalaro’rniga qo’yish uchun tavsiya qilinayotgan so’zlar yesa juda oddiy. O’lkamizga yoqimli ... keldi. Mevali ... gulladi. Har xil ... chiroyli ochildi. Dalalarda ... ko’paydi. (bahor, ish, daraxtlar, gullar).
Shu so’zlar berilmasa ham o’quvchilar suhbat orqali yoki matn mazmunidan nuqtalar o’rniga qo’yiladigan so’zlarni bemalol topishlari mumkin.
Ko’rinadiki, topshiriqlarning murakkabligi o’quvchilarni qay darajada qiynab qo’ysa, maydalashtirilib borilishi ham fikrlashdan shu qadar bezdiradi.
Yuqoridagi mashq topshiriqdagi kabi nuqtalar o’rniga qo’yiladigan so’zlar guruhlashtirilsa yoki o’quvchilarning o’zi mustaqil topishga yo’naltirilsa fikrlash, izlanish holati yuzaga kelgan bo’lar yedi. Bunday paytda har bir o’quvchi bittadan so’z aysa, ulardan mosini tanlash yoki gapni quyidagicha variantda yozish mumkin. Masalan, Ona tabiat uyg’ondi. Ona tabiat yashnadi. Ona tabiat yashil libos kiydi. Ona tabiat ....
Ma’lumki, boshlang’ich ta’limda ona tili o’quv predmeti sifatida o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish, ularni muloqotga tayyorlash vazifasini bajarish jarayonida fanga doir bilimlarning amaliy ahamiyatini oshiradi.
Uchinchi sinf ona tili darsligida ham o’quvchilarni fikrlashga doir juda ko’p mustaqil topshiriqlar berilgan. Buni ikkinchi sinf ona tili darsligida berilgan gap va so’z, tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, nutq, gap, matn kabi mavzularning uchinchi sinf ona tili darsligidagi gap, nutq, matn, tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar kabi mavzular bilan uzviy bog’liqlikda o’rganishga doir topshiriqlar o’z ifodasini topgan.
Shuni unutmaslik kerakki, topshiriqlarda barcha o’quvchilar oldiga qo’yilgan talab bir xil, ammo o’quvchilarning saviyasi bir xil yemas. Tabiyki, topshiriqlarni hamma bir xilda to’g’ri bajara olmaydi.
O’quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda ular nutqini narsa va shaxsni bildirgan so’zlar bilan boyitish ham muhim rol o’ynaydi. Birinchi sinfda narsa va shaxsni bildirgan so’zlar haqida tushuncha berishda o’quvchilar faolligiga asoslanish lozim. Chunki ular narsa va shaxs nomlarini bildirgan so’zlarni o’zlashtirishga savod o’rgatish jarayonida tayyorlangan. Predmetlarga qarab ularning nomlarini aytishgan. Bundan tashqari o’qituvchining Bu nima? , Bu kim?, Kim ishdan qaytdi? , Kim ertalab maktabga yo’l oldi? kabi savollardagi kim, nima so’roq so’zlari o’rniga shaxs va narsa nomlarini qo’yib javob berishgan. Shuning uchun ham savod o’rgatish jarayoni predmet bildirgan so’zlar ustida mustaqil topshiriqlarni bajarishning birinchi bosqichi sanaladi.
O’quvchilarda predmet tushunchasini shakllantirishda quyidagicha ta’limiy o’yin topshirig’i va testlardan foydalanish mumkin. O’qituvchi predmet nomini aytadi. O’quvchilar ularga Kim? Nima? so’roqlarini beradi. Qaysi o’quvchi o’yinda faol ishtirok yesa u g’olib deb topiladi.
Predmet tushunchasini shakllantirishga doir test topshiriqlari. 1.Kim? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar qatorini toping. A.. Navoiy, shifokor, o’quvchi.
B. Bobur, kitob, daftar
S. Zafar Diyor, ruchka, kitob

    1. Yüklə 292,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin