3 – qoida: Aslida interfaol metodlar kichik guruhlar bilan ishlashda
ko‟proq samara beradi. Shuning uchun ularni 30 kishidan ortiq bo‟lmagan
o‟quvchili sinflarda o‟tkazish maqsadga muvofiq bo‟ladi. Chunki
o‟qitishning sifati o‟quvchilar soniga teskari proporsional bog‟liq bo‟lishi
mumkin. Har bir o‟quvchi fikrini eshitish, har birini faoliyatga jalb qilish,
har bir o‟quvchining harakatlarini kuzatib borish uchun sinfda o‟quvchilar
juda ko‟p bo‟lmagani ma‟qul. Xonada o‟qituvchi tomonidan kichik guruhlar
atrofida aylanib yurush uchun, erkin harakatlanish uchun yetarli kenglik ham
bo‟lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |