Uloqtirish maxsus snaryadlarni uzoqlikka irg’itish va uloqtirish mashqlaridir. Bularning natijalari metr va santimetr bilan aniqlanadi. Uloqtirish asab muskul kuchlanishi qisqa vaqt maksimal bo’lishi bilan harakterlidir. Bunda qo’l yelka kamari va tana muskullariga emas, balki oyoq muskullari ham faol qatnashadi. Yengil atletika snaryadlarini uzoqqa uloqtirish uchun kuch, tezlik, chaqqonlik yuqori darajada rivoj topgan bo’lish va o’z kuchini yig’a bilmoq zarur. Uloqtrish bilan shug’ullanish bu muxim fazilatlarni taraqqiy etibgina qolmay butun tana muskullarining garmoni rivojlanishiga ham yordam beradi.
Yengil atletika uloqtirishlar ijro usuliga qarab uch turga bo’linadi. 1. Bosh ortidan boshlab uloqtirish nayza va granata.
2. Aylanib uloqtirish disk va bosqon. Irg’itish Yadro.
Uloqtirish usullarining farqi snaryadlarning shakli va og’irligiga bog’liqdir. Yengil ushlash unday bo’lgan snaryadlarni to`g’ridan yugurib kelib bosh ortidan boshlab uzoqqa uloqtirish mumkin. Og’irroq snaryadlarni aylanib uloqtirish. Maxsus tutqichi bo’lmagan og’ir snaryad Yadroni esa irg’itish uchun.
Ko’pkurash. Yugurish, sakrash va uloqtirishning har xil turlarini o’z ichiga oladi. Ko’pkurash tarkibidagi turlar miqdoriga qarab nomlanadi. Uch ko’rash, turt kurash, besh kurash, olti kurash, sakkiz kurash, o’n kurash. Ko’pkurashning asosiy turlari erkaklar uchun – o’n kurash va ayollar uchun besh kurash va o’spirinlar uchun olti kurash va sakkiz kurash. Musobaqani yengillashtirish uchun yengil atletikani bunday og’ir turlaridan musobaqalar ikki kunda o’tkaziladi. Ko’pkurash shug’ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo’yadi. Ular texnik jihatdan yuqori maxoratli bo’lishlaridan tashqari , sprentrlardan tezroq, uloqtiruvchilardek kuchli, sakrovchilardek sakrovchan va chaqqon, govosharlardek dadil, o’rtacha masofalarga Yuguruvchilardek chidamli bo’lish kerak. Ko’pkurash pragrammasini To’la bajarish esa mumkin a’lo jarayonli bo’lishi, Yuqori darajada rivojlangan irodali fazilatlarni talab qiladi. Ko’pkurash bilan shug’ullanish sportchilar organizmiga har tomonlama ta’sir ko’rsatish bilan yengil atletikani aloxida turidan maxsus mashg’’ulot qilish uchun ham yaxshi zamin yaratib beradi. Ko’pkurash natijasi sportchining ko’pkurash tarkibidagi har bir turda ko’rsatgan natijasi uchun olgan ochkolar yigindisi bilan belginadi. Buning uchun ochkolar jadvalidan foydalaniladi.
Yengil atletika bilan millionlab dunyoda kishilar shugullanadilar. Yengil atletika mashg’ulotlari kuchlilikni, tezkorlikni, chidamlilikni va boshqa juda ko’p harakat malakalarni oshiradi, irodaviy fazilatlarni tarbiyalaydi. SHuningdek ularning sog’lomlashtirish ahamiyati qata bo’lib, jismoniy kamolatga erishiga yordam beradi.