Snaryadning uchib chiqishi va uchishi. Snaryadning uchib chiqish nuqtasining balandligi va uning uloqtiruvchiga nisbatan qaysi joyda bulishi turli xil uloqtirishda turlichadir. Chunonchi, yadro, nayza va granataning uchib chiqishi qo`lning eng yuqori kutarilgan nuqasiga to`g`ri kelishi bilan birga, yadro itqitishga qo`lning tula to`g`rilanishiga ham to`g`ri keladi. Aylanib uloqtirishda (disk, bosqon) snaryadni elka buginiga yakin balandlikdan , ya`ni qo`l (yoki qo`llar) gorizontal holatga yaqinlashayotganda chiqarib yurish foydaliroq. Snaryadni oldinroq yoki kuch chiqarib yuborish, uning uchish yo`nalishini o`zgartiradi va odatda snaryad borib tushadigan masofani kamaytiradi.Oxirgi kuch berishda uloqtiruvchi kuchning snaryadga ta`siri, snaryadning uzoq uchishini ta`minlashi kerak. Buning uchun uloqtiruvchidagi kuchlar teng ta`sir etuvchisining yo`nalishi snaryadning uchib ketish burchagiga mos kelishi mumkin. Sport snaryadining uchib chiqish ketishi, yerga tushish nuqtasidan 170-200 sm va undan ham ziyotroq va undan yuqori bo’ladi.
Xulosa Yengil atletika mashqlarining kelib chikishi tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Odamlar yugurish, sakrash va uloqtirishni, tabiiy zarur xarakat sifatida kadim zamonlardan beri mexnatda va kundalik xayotda qo`llab kelganlari ma’lum. Ammo ularning jismoniy tarbiya vositasi sifatida va sportning bir turi sifatida rasm bo`lganiga qadar ko`p yillar o`tdi. Ibtidoiy jamoa tuzimi davrida yengil atletika mashiklari odamlarning mexnat faoliyati bilan chambarchas bog`lik edi. Ular insoniyat quldorlik jamiyatiga o`ta boshlashiga yaqin jismoniy tarbiyada ma’lum darajada mustaqil bo`la boshladi.