NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI Fizika-matematika fakulteti “Matematika va Informatika” bakalavriat ta’lim yo’nalishi 104-guruh talabasi Narzullayev Azamatjon Norbo’ta o’g’lining “Jismoniy tarbiya” fanidan “MUSTAQIL ISH” TOPSHIRIG’I
KIRISH Bolalarni jamoatchilik, mehnatsevarlik va jamoat oldida o‘z burchini his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Bola maktabga qadam qo‘ygan birinchi kunidan boshlaboq, unda mehnatga nisbatan muhabbat uyg‘otish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan, bolalarning sevimli o‘yinlaridan foydalanish ayni muddaodir.
O‘yinlar hayotdagi to‘siqlarni yengish hamda har xil xislat va qobiliyatlarni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jismoniy mashqlarning turli majmuasini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, odatda, bolalar sevib o‘ynaydigan, ularga baxt va quvonch baxsh etadigan musobaqa elementlari ham harakatli o‘yinlarga kiradi.
Ma’lumki, kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘yinlari taqlid qilish tabiatida bo‘ladi. Bola tevarak atrofidagi borliqni kuzatadi, undagi ba’zi narsalarni o‘yinga kiritadi va shu o‘yin vositasida o‘zini qurshab turgan olamni bilib oladi, shunday ekan, unda turmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo bo‘ladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma to‘rtta bobdan iborat bo‘lib, birinchisi
harakatli o‘yinlarning kelib chiqishi tarixi, ikkinchisi — harakatli o‘yinlar haqida asosiy tushuncha va pedagogik ahamiyati, uchinchisi
harakatli o‘yinlarni tashkil qilish shakllari, jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi, to‘rtinchisi — sinfdan va maktabdan tashqari vaqtda harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi kiritilgan bo‘lib, o‘yinlarni o‘rgatish va o‘tkazish metodikalari har tomonlama yoritilgan.