O`rta maktab yoshi (12 yoshdan 15 yoshgacha). Bu davrda ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo`ladi, tormozlanish va qo`zg`alish protsesslari muvozanatlasha-di, umumlashtirish protsesslari ortadi.
8. Katta maktab va balog’at yoshi (13-14 yoshdan 18-19 yoshgacha qizlar, 15-16 yoshdan 19-20 yoshgacha o’g’il bolalar). Bu davrda ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanadi. Bolaning bo`yiga o`sishi va og`irligining ortishi tezlashadi. Barcha organ va sistemalarning funksiyasi takomillashadi. Bolaning ruhiy xolati o`zgaradi.
1965 yili Moskvada yosh davrlariga bag`ishlangan kengashda quyidagi yosh davrlari sxemasidan foydalanish qabul qilingan:
1. Yangi tug’ilgan davr 1-10 kun
2. Emizikli davr 10 kun-1 yoshgacha
3. Go’daklik davri 1-3 yosh
4. Birinchi bolalik davri 4-7 yosh
5. Ikkinchi bolalik davri (o’g’il bolalar) 8-12 yosh
6. Ikkinchi bolalik davri (qiz bolalar) 8-11 yosh
7. O’smirlik davri (o’g’il bolalar) 13-16 yosh
8. O’smirlik davri (qiz bolalar) 12-15 yosh
9. Navqironlik davri (qiz bolalar) 16-20 yosh
10. Navqironlik davri (o’g’il bolalar) 17-21 yosh
11. Yetuklik I davri (erkaklar) 22-35 yosh
12. Yetuklik I davri (ayollar) 21-35 yosh
13. Yetuklik (to’lishgan yosh) II davri (erkaklar) 36-60 yosh
14. Yetuklik (to’lishgan yosh) II davri (ayollar) 35-55 yosh
15. Keksalik yoshi (erkaklar) 61-74 yosh
16. Keksalik yoshi (ayollar) 56-74 yosh
17. Qarilik yoshi (ayollar va erkaklar) 75-90 yosh
18. Uzoq umr ko’ruvchilar 90 yosh va undan ortiq.
Dostları ilə paylaş: |