Fonematik idrokni tekshirish Fonematik eshituvni tekshirish uchun taklif etilgan tizim o‘z ichiga bolalar nutqiga baho beruvchi logopedik amaliyot uchun an’anaviy usullarni qamrab olgan.
Nutqiy tovushlarni eshitib idrok etishini tekshirishdan oldin bolani jismoniy eshituvini tekshirish natijalari bilan tanishish kerak.
Tizim quyidagi topshiriqlarni o‘z ichiga oladi:
nonutqiy tovushlarni tanish;
tovushning balandligi, kuchi, tembrini farqlash;
tovush tarkibiga ko‘ra yaqin so‘zlarni farqlash;
bo‘g‘inlarni farqlash;
fonemalarni farqlash;
- elementar tovush taxlili ko‘nikmalari;
Nonutqiy tovushlarni tanish Maqsad: Bolalarda nonutqiy tovushlarni tanish malakasini xosil qilish.
Topshriq Diqqat bilan eshit, nima ovoz berganini ayt yoki ko‘rsat! Bolalarga eshituv orqali qaysi asbobdan yoki predmetdan tovush kelganligini aniqlash taklif etiladi: doira, shiqildoq, qo‘ng‘iroq.
Logoped tekshiruv uchun musiqa asboblari bilan, turli xil qutichalar (metall, plasmassali, yog‘ochli, shishali) bilan o‘ynashni taklif etadi,bunda unga urib turli tovushlarni eshitish imkoni yaratiladi,shuningdek bolaga tanish predmetlar taklif etiladi (qalam, qaychi, suvi bor piyola, suvi yo‘q piyola), bularni ko‘ruv tayanchisiz katta odam bu predmetlar bilan qanday funksiyani bajarayotganligini eshitib aytib berish taklif etiladi.
Topshiriq: ”O‘yinchoqlarga diqqat bilan qara va qaysi biri ovoz chiqarganini eslab qol. Hozir men ularni yashiraman, sen qaysi o‘yinchoqdan ovoz kelganini topasan”.
Ovoz balandligi, kuchi, tembrini farqlash Maqsad: Bolalarda ovoz tembri, kuchi, balandligini bir xil tovush materialari, so‘z brikmalari va iboralar asosida farqlash malakasini tekshirish
Topshiriq: Orqanga o‘giril va bolalardan qaysi biri seni chaqirganini top.
Bolani ismi bilan – 4 marta (xar xil odam) chaqiradi.
Qisqa [au] tovushlarni - 4 marta (har gal har xil odam) talaffuz qiladi.