81
(boshqa bolalarga aytmagan holda). Tomoshabinlar
ertak qaxramonlarini
topishadi va uni turli vaziyatlarda ta’riflab berishadi. Defektolog bolalarga
yo‘naltiruvchi savollar orqali ta’riflar tuzishga yordam beradi.
Defektolog. Azizaga diqqat bilan qarang.
U qaysi ertak qaxramonini
ko‘rsatib beryapti?
Bolalar: Aziza kampirni ko‘rsatib beryapti.
Defektolog: To‘g‘ri, buni qanday aniqladingiz? Azizaning ko‘zlari
g‘amgin-mi yoki xushchaqchaqmi?
Bolalar: Azizaning ko‘zlari xushchaqchaq.
Defektolog. Azizaning qo‘llari ko‘ksidami yoki pastga tushirilganmi?
Bolalar: Azizaning qo‘llari ko‘ksida.
Defektolog. Aziza tez yuryaptimi yoki sekinmi?
Bolalar: Aziza sekin yuryapti.
Defektolog. Aziza qaysi vaziyatdagi kampirni ko‘rsatyapti: kampir
yig‘lab, hayvonlardan Olako‘zni uyg‘otishni so‘rayaptimi yoki xursand bo‘lib,
hammani sut bilan mehmon qilyaptimi?
Bolalar: Aziza hammani sut bilan
mehmon qilayotgan kampirni
ko‘rsatyapti.
Defektolog: Kampirning qaysi harakatlari sizga uni xushchaqchaq,
mehmonga chaqirayotganini tushunishingizga yordam berdi?
Bolalar:
Kampir xursand, qo‘lini ko‘ksida, hammani mehmonga
chaqiryapti.
“Bu nimaning ritmi?” o‘yini
Dastlab bolalar qo‘llarini stolga qo‘yib, defektolog
bilan birga tabiat
hodisalarni ritmlashni esga tushirishadi. So‘ng defektolog ertakdagi ma’lum
hodisani ritmini tasvirlab berishni istagan taklif etadi. Tinglovchilar uni qaysi
hodisaga
xosligini aniqlab, uni ritmi dinamikasini ta’riflab berishadi. Bolalar
defektolog yordamida ritmik rasmni ta’riflovchi ikki-uchta gap tuzishadi.
82
Defektolog: Bolalar bu ritm nimaga o‘xshaydi? Yomg‘ir tomchilariga-mi,
momaqaldiroq chaqnashigami? Uni qanday ajrata oldingiz? Kamola barmoqlari
bilan stolga qattiq tukillattimi yoki sekin-mi? Tez tukillattimi yoki sekinmi?
Bolalar javob berishadi: Kamola barmoqlari
bilan engil va tez tukillatdi,
demak, bu momaqaldiroq emas, yomg‘ir.
Dostları ilə paylaş: