95
4. Aqli zaif bolalar nutqini didaktik o‘yinlar asosida rivojlantirish
texnologiyalari (metodik tavsiyalar)
O‘yin bola hayotida asosiy o‘rin egallaydi. O‘yin
jarayonida bola
jismonan shakllanadi, qiyinchiliklarni yengishga o‘rganadi.
Unda ziyraklik,
topqirlik, tashabbuskorlik qobiliyatlari shakllanadi. Agar defektolog va
tarbiyachi bolalar o‘yinini oqilona tashkil eta olsagina
u ijobiy natijalarga
erishishi mumkin. A.P.Usova shunday deb yozadi: “Bolalar hayoti va
faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish – ularni to‘g‘ri tarbiyalash demakdir.
Bolalarni
tarbiyalashning o‘yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki,
o‘yinda bola yashashni o‘rganmaydi, balki o‘z hayoti bilan yashaydi”. O‘yin
jarayonida bola o‘zini atrofidagi kattalardek, hikoya qahramonlaridek tutadi va
faoliyat yuritadi. O‘yinda,
agar u xohlasa vrach, uchuvchi, tarbiyachi bo‘lishi
mumkin. Bu unga ulkan quvonch baxsh etadi. O‘yin
faoliyatining
ko‘rinishlaridan biri bolalarni hayotning ular uchun tanish bo‘lgan intellektual
va
aktual faoliyat, axloqiy va estetik qarashlarga imkon beruvchi
Dostları ilə paylaş: