Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ta’lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib faol innovatsion harakatni boshladi. Ma’lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday harakatlar yo‘lga qo‘yilgan edi. Masalan, A.G.Rivin va V.K.Dyachenko5 tomonidan o‘qitishni jamoaviy o‘qitish, D.B.Elkonin, V.V.Davidov, L.V.Zankovlar6 tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovatsion ta’lim to‘g‘risidagi qarashlar o‘z vaqtida ma’lum ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga boshqa innovatsion ta’lim texnologiyalari: dialektik o‘qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o‘qitishning individual yo‘nalishli usuli (A.A.Yarulov), “Ekologiya va dialektika” (L.V.Tarasov), evristik o‘qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Bibler, S.Yu.Kurganov), loyihali o‘z-o‘zini refleksiya (G.P.Shedrovitskaya) va boshqalarni keltirish mumkin.
Tadqiqot maqsadi. Innovatsion yondashuv asosida ta`lim-tarbiya samaradorligini takomillashtirishning pedagogic imkoniyatlarini nazariy jihatdan o’rganish
Tadqiqot ob’ekti. Innovatsion yondashuv asosida ta`lim-tarbiya samaradorligini takomillashtirish jarayoni.
Tadqiqot predmeti.Innovatsion yondashuv asosida ta`lim-tarbiya samaradorligini takomillashtirish jarayoni mazmuni va yo’llari.
Tadqiqotning vazifalari :
Mavzuga oid ilmiy-nazariy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish.;
Innovatsion yondashuv asosida ta`lim-tarbiya samaradorligini takomillashtirishni pedagogik jihatdan asoslash;
Mavzu yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi metodlari. - ilmiy – nazariy adabiyotlarni o‘rganish;
- ijtimoiy-pedagogik va psixologik adabiyotlarni tahlil etish;
Kurs ishining metodologik asosi. Soha tadqiqotchilari, olimlarning innovatsion ta’lim to’g’risidagi nazariyalari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, umumiy o’rta ta’lim DTSlari, O’zbekiston respublikasi Prezidentining tarbiya va ta’limni rivojlantirish to’g’risidagi qaror va farmonlari, farmoyishlari va boshqa qonuniy, me’yoriy hujjatlar.