Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 28,6 Kb.
səhifə1/5
tarix29.03.2022
ölçüsü28,6 Kb.
#54355
  1   2   3   4   5
kurs ishi .sevinch


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’TA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA

UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI

“Kimyo” kafedrasi

“Tasdiqlayman”

Tabiiy fanlar fakulteti dekani

__________K.A.Sapayev

“ ____” _________2022 yil

-Kimyo o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi

1-kurs 102-gurux talabasi

Mamatqulova Sevinch Ortiqboy qizining

Anorganik kimyo fanidan

“BROMID VA YODID KISLOTALAR,ULARNING XOSSALARI,KISLORODLI BIRIKMALARI VA QO’LLANILISHI”

mavzusidagi

K U R S I SH I

“Himoyaga tavsiya etildi” Ilmiy raxbar:

“Kimyo” kafedrasi mudiri,PhD “Kimyo”kafedrasi katta o’qituvchisi

__________R.A.Berdiqulov _________.D.Usmonov

“ ____” __________2022 yil “ ____” __________2022 yil

Toshkent-2022

MUNDARIJA

KIRISH……………………………………………………………4

1.

1.1



1.2

2

2.1



2.2

XULOSA……………………………………………………………….

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………..

ANNATATSIYA

Mazkur kurs ishi “Bromid va yodid kislotalar,ularning xossalari,kislorodli birikmalari va qo’llanilishi” mavzusida yozilgan.Kurs ishida

Brom (lot. Bromum, yun. bromos), Br — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhi kimyoviy elementi, galogenlardan biri; tartib rakami 35, atom massasi 79,904; odatdagi sharoitda yoqimsiz hidli, qizgʻishqoʻngʻir suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi — 7,25°, qaynash temperaturasi 59,2°. Fransuz kimyogari Brom Brom Balar 1826-yilda Oʻrta dengiz tuz konlarining shoʻr suvini oʻrganayotganda Bromni kashf etgan. Tabiiy Brom ikkita barqaror izotop: 79Vg (50,54%) va 81Vg (49,46%) dan iborat. Bromning sunʼiy yoʻl bilan olingan radioaktiv izotoplaridan 80Vg diqkdtga sazovor. Brom Brom Kurchatov shu izotop misolida yadro izomeriyasi hodisasini kashf etgan. Yer poʻstidagi miqdori (ogʻ. boʻyicha 1,610"%) 10151016 t atrofida boʻlib, doimo xlor bilan birga uchraydi. Bromli tuzlar (NaBr, KBr, MgBr2) xlorid tuzlarida (osh tuzida Vg miqdori 0,03% gacha, kaliyli tuzlar silvin va karnallitda 0,3% gacha), dengiz suvida (0,065%), shoʻr koʻllarda (0,2% gacha) boʻladi. Suyuq Bromning zichligi 3,10 g/sm³ (20°). Suvda oz (100 g suvda 3,58 g), organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Brom qattiq, suyuq va gaz holatda 2 atomli molekuladan iborat molekula holida boʻladi. 800° atrofida atomlarga dissotsiatsiyalana boshlaydi. Dissotsiatsiya yorugʻlik taʼsirida ham kuzatiladi. Kimyoviy jihatdan Brom faol boʻlib, reaksiyaga kirishish faolligi jihatidan xlor bilan yod oʻrtasida turadi. Oltingugurt, selen, tellur, fosfor, margimush va surmalar bilan birikkanda koʻp issiqlik ajraladi, goho alanga hosil boʻladi. Brom kaliy va alyuminiy bilan tez birikadi. Kislorod, azot va uglerod bilan reaksiyaga kirishmaydi. Brom kuchli oksidlovchi. Brom suvda eriganda bromid kislota (NVg) va beqaror boʻlgan gipobromit kislota (NVgO) hosil boʻladi. Bromning suvdagi eritmasi brom suvi deb ataladi.

Brom dengiz suvlari, koʻlmak va yer osti shoʻr suvlaridan hamda kaliy sanoati chiqindilaridan olinadi. 1 m³ havoda 1 mg Brom boʻlsa, kishi yoʻtalib, burni qonaydi, boshi ogʻriydi va boshqa kasalliklarga duchor boʻladi. Konsentratsiya yuqori boʻlsa, kishi boʻgʻilib qoladi, bronxlari yalligʻlanadi, baʼzan oʻlimga olib boradi. Brom bromli tuzlar olishda benzinning detonatsion pishiqligini oshirishda ishlatiluvchi etil bromid hamda dibrometan sintezida koʻllaniladi. Brom birikmalari fotografiyada, boʻyoqlar sanoatida, insektitsidlar olishda, oʻt oʻchirishda, tibbiyotda hamda kimyoviy analizlarda ishlatiladi




Yüklə 28,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin