Dars mashg’ulotlarini tahlil qilish jarayonida quyidagilar inobatga olinadi:
O’qituvchi darsni tashkil qilishda texnologik xaritaga ega ekanligi;
Dars jarayoni metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilganligi;
O’quvchilarning faol ishtirokini ta’minlay olganligi;
Interfaol usullardan foydalana olish kompetetsiyasiga ega ekanligi;
Darsda AKT vositalaridan foydalanilganligi;
Zamonaviy metodlar qo’llanilishi;
Mavzuni to’laqonli ravishda o’quvchilarga tushunarli qilib tushuntirib bera olishi;
O’quvchilar bilan doimiy muloqotni saqlab qola olishi;
O’quvchilar bilimlarini xolisona baholay olish ko’nikmasiga ega ekanligi va boshqalar.
Barcha jarayonlarni amalga oshirish uchun kommisiya a’zolari tuzilib borilgan ya’ni sanab o’tilgan barcha jarayonlarni kommisiya ekspertlari amalga oshiradi. Ekspert kommisiyasi tarkibi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspkesiyasi tomonidan berilgan mutaxasisslar tomonidan shakllantiriladi. Ularga so’nggi 3 yilda akkreditatsiya qilinmagan ta’lim muassasasida ishlaydigan kadrlar yoki ularning rahbarlari bilan oilaviy munosabtlari bo’lgan shaxslar kiritilmaydi.
Ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan o’tkazish uchun mutaxasssislarga quyidagi malaka talablari qo’yiladi:
Oliy ma’lumotli, ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish staji yoki ta’lim sohasidagi loyihalarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ta’lim muassasalari bilan ishlash tajribasiga ega bo’lishi;
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun va Akkreditatsiya bo’yich normatib-huquqiy hujjatlarni bilishi;
Akkreditatsiya jarayonida kommisiya tarkibiga kiradigan boshqa ekspert bilan o’zaro hamkorlik qilish, ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, baholash va uslubiy materiallarning Davlat ta’lim standartlari va minimal talablarga muvofiqligini ekspertizadan o’tkazish;
Akkreditatsiya uchun olingan ma’lumotlarni qidirish, to’plash, tahlil qilish va tizimlashtirishni amalga oshirish, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalar bilan ishlash, faoliyatga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llay olish ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim. Akkreditatsiya o’tkazish jarayonida axloqiy qoilarga rioya qilinishi, xususan, xalol, be’taraf, haqiqitgo’y bo’lishi shart.12 Bularning barchasini mazmunan olib qaraydigan bo’lsak, barcha talablar salohiyatni talab qilmoqda. Biror bir ta’lim tashkilotini tekshirishdan avval ta’lim sohasidagi bilimlar to’laqonli ravishda egallangan bo’lishi lozim. Buning uchun esa shu sohada amaliyotga va nazariy bilimga ega bo’lgan shaxs ekspert bo’lmog’i zarur. Shuning uchun ham kommisiya a’zolaridan oily ma’lumotli bo’lishlari yoki shu sohani faoliyatlarini kuzatib boruvchi shaxs tayinlanmoqda. Akkreditatsiya jarayoni O’zbekiston Respublikasida amal qiluvchi ta’lim sohasiga tegishli bo’lgan barcha qonun, farmon, qoidalar asosida o’tkazilganligi tufayli kommisiya a’zolari bu barcha qonunlarni bilishlari talab qilinadi.
Yana eng asosiysi hozirgi davr texnologiya asri bo’lganligi tufayli amalga oshirilayotgan akkreditatsiya jarayonlari ham online nazoratga olib boriladi. BUning uchun esa olingan barcha ma’lumotlar va berilayotgan yakuniy xulosa akkreditatsiya o’tkazilganda foydalaniladigan online platformaga joylanib boriladi. Buning uchun esa nazorat qilayotgan va yakuniy xulosani chiqarayotgan shaxs zamonaviy texnologiyalardan foydalanish malakasiga ega bo’lishi lozim bo’ladi ya’ni ma’lumotlarni kiritish jarayonida qiyinchiliklar bo’lmasdligi uchun ular kompyuter tarmoqlaridan bemalol foydalana olishlari zarur bo’ladi. Shuningdek kommissiya a’zolari xaqqoniy ishlar olib borishlari lozim ya’ni ish jarayoniga korrupsiyani aralashtirmasliklari v ayakuniy xulosalarni xaqqoniy tarzda berishlariga maqsadga muvofiq bo’ladi.
Akkreditatsiya jarayonini amalg aoshirayotgan shaxslar har qanday manfaat to’qnashuvlari to’g’risida kommisiya raislarini habardor qilishlari lozim, o’zaro rahbariyat yoki pedagog kadrlar bilan bo’layotgan munosabatlarda xushmuomala bo’lishlari, turli xildagi sovg’alar va mablag’larni qabul qilmasliklari shart hisoblanadi. Ekspertalar tomonidan tekshirilishi mumkin bo’lgan faoliyatlardan tashqari narsalarni so’rash va talab qilish taqiqladi, shuningdek, mavjud ma’lumotlarni qasdan yo’q qilish mumkin emas. Ular ham Ta’lim inspeksiyasi tomonidan tekshirib boriladi. Ularning asosiy vazifalari ichki baholash natijalaridan olingan ma’lumotlarni haqqoniyligini tekshirish, ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati va mazmuninining davlat ta’lim standartlari va davlat talablariga muvofiqligi hamda ko’rsatilayotgan ta’lim hizmatlarining sifati va samaradorligini baholash, ta’lim sifatini oshirish vat a’lim hizmatlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar berish, ta’lim tashkilotlarining faoliyatlarini tashqi baholash yuzasidan xulosa tayyorlash va Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasiga taqdim etishdan iborat.
Akkreditatsiya jarayonini shaffof tashkil etish maqsadida va turli xildagi tushunmovchiliklar bo’lmasligi uchun bu jarayoni olib boradigan eskspertlar ham malaka oshirishga borishlari majburiy hisoblanadi. Ular ham muntazam ravoshda o’z malaka, ko’nikmalarini oshirib borishi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan tashkil etiladi va nazorat qilib boriladi. Unda seminarlar, leksiyalar, konferensiyalar va malaka oshirish kurslari bo’lib o’tadi. Malaka oshirish kurslarini tamomlagan shaxslar shu o’tilgan seminarlar yuzasidan imtixondan o’tadilar va shu tariqa o’z bilimlarini mukammalashtirib borishadi. Imtixonlardan yaxshi natija bilan o’tgan ekspertlarga sertifikat taqdim etiladi va bu ularni ishlarini davom ettirishlari uchun ruhsat hisoblanadi.