Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə3/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

Bitiruv malaka ishining maqsadi: tuman xalq ta’limi bo’limi ta’lim sifatini monitoringini boshqarish usullarini takomillashtirish
Bitiruv malaka ishining obyekti: tuman xalq ta’limi bo’limi ta’lim sifatini monitoringini boshqarish jarayonlari.
Bitiruv malaka ishining predmeti: tuman xalq ta’limi bo‘limlarida ta’lim jarayoni monitoring qilish va baholash yo’llarini takomillashtirish mazmuni, shakllari, uslubi, tashkiliy-pedagogik omillari.
Bitiruv malaka ishining vazifalari:

  • tuman xalq ta’limi bo’limi ta’lim sifatini monitoringini boshqarish doirasida axborotlarni to’plash;

  • ta’lim sifatini monitoringini va uni boshqarish bo’yicha muhim tushunchalar va terminlarni izohlab berish;

  • tuman xalq ta’limi bo’limi ta’lim sifatini monitoringini boshqarish usullarini o’rganib chiqish;

  • tuman xalq ta’limi bo’limi ta’lim sifatini monitoringini boshqarish usullarini o’rganishga oid olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan ma’lumotlar berish;

Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi.
1. Umumnazariy (analiz, sintez, umumlashtirish va boshq.);
2. Umumpedagogik (me’yoriy hujjatlar va manbalarni o‘rganish tahlil etish, suhbat, so‘rovnoma, faoliyat natijalarini o‘rganish, pedagogik eksperiment);
3. Diagnostik (ekspert baholash);
4. Matematik-statistik.
Bitiruv mаlаkаviy ishining tuzilishi vа hаjmi. Kirish, uchtа bob, xulosа, foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr rо‘yhаti, ilovаlаrdan iborat. Umumiy hajmi 83 sahifani tashkil etadi.

I BOB.TA’LIM SIFATI MONITORINGI TIZIMINI TASHKIL ETISH VA UNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
1.1-§ Monitoring haqida tushuncha, ta’lim sifati monitoringi, uning nazariy-metodologik asoslari
Barchamizga ma’lumki har bir jarayon to’g’ri va sifatli bajarilishi uchun uni nazorat qilib borish kerak. Oddiy turmush tarzimizdan tortib murakkab, yuqori intellekt yoxud jismoniy kuch talab etiladigan vazifalarni ham kuzatib borish, uni to’g’ri bajarilayotganligidan tortib qanday natijaga erishishigacha bilish uchun uni doimiy rvishda nazoratdan o’tkazib borish kerak.
Ta’lim sifati monitoring aynan umumiy o’rta ta’limda muhim va o’ta ahamiyatlidir. Zero o’rta ta’lim har bir shaxsning hayotidagi bilim olish yo’lida qo’yiladigan fundamental asos hisoblanadi. Ta’lim sifati monitoringini to’g’ri va samarali yo’lga qo’yish uchun avval ushbu jarayonni chuqur o’rganish, uni tahlil etish, undagi olib boriladigan harakatlar strategiyasini tuzib chiqish va shu bo’yicha uzluksiz ravishda islohotlar olib boorish zarurligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevral sanasidagi PF-4947-sonli farmoni bo’lgan “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatalar strategiyasiga” muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom etirish va uzluksiz ravishda ta’lim sifatini nazorat qilish bugungi kunda muhim vazifalardan biri bo’lib kelmoqda.
O’zbekiston hukumatining ta’lim sohasidagi amalga oshirayotgan islohotlarida ta’lim sifatini oshirishga, ilg’or natijalarg aerishishga va jarayonlarni takomillashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Ta’lim tizimining sifati, adolati tengligi va samaradorligini oshirish va qo’llab-quvvatlash uchun maktablarda inson kapitalini shakllantirish asoslarini kuchaytirishga, ayniqsa, o’qitish va o’qishni keng qamrovli hamda yaxlit tarzda taqmoqlararo takomillashtirishga imkon beradigan sifatni ta’minlash tizimini yaratish juda muhimdir. Avvalgi nazorat tizimi ta’lim sifatidagi muommolarni to’g’ri tashhislashga yordam beradi va natijada maktablar va o’quvchilarning o’qish sifatida kutilgan natija ta’minlanmadi.
Darhaqiqat, tadqiqotchilarining oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ta’lim maqsadlariga erishilganligining monitoringini tashkil etishning zamonaviy model va texnologiyalarini ishlab chiqish hisolanib turibdi.Bugungi kunda monitoring tushunchasining bir qator izohlari mavjud. Jumladan, Ekologiya ensiklopedik lug’atida2 monitoring – inglizcha “monitoring”, “monitor” – eslatuvchi, nazorat qiluvchi so’zlaridan olingan bo’lib, antropogen ta’sirlar asosida atrof-muhitning o’zgarish holatini kuzatish, baholash va o’zgarishlarni prognozlashning kompleks tizimi sifatida izoh beriladi. “Monitoring” atamasi ilk marotaba Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1972-yil iyun oyida Stokgolm konferensiyasini tashkil etish arafasida (210) “nazorat” atamasiga muqobil sifatida ishlatila boshlagan. Chet tili so’zlarining katta izohli lug’atida monitoring – ta’lim tizimi yoki uning alohida elementlari to’g’risida asosli xulosalar chiqarish, xohlagan vaqtda uning holatini baholash va prognoz qilish imkonin beruvchi ma’lumot bilan ta’lim tizimi boshqaruvni ta’minlash maqsadida axborot yig’ish, qayta ishlash, saqlash va tarqatish deb ta’rif beradi.
Tarixiy nuqtai nazardan oladigan bo‘lsak, XX asrdan boshlab fanda monitoring tushunchasi qo‘llanila boshlandi. Monitoring boshqaruv tizimida sifatli axborot to‘plash, ilmiy asoslangan axborotni qayta ishlash, saqlash, tarqatishni o‘z ichiga oladi. U ilmiy izlanish orqali to‘planganligi uchun u yoki bu sohani tahliliy xulosalar asosida kelgusidagi istiqboli va rivojlanishini ta’minlaydi. Aniq bir sohaning hozirgi kundagi ahvoliga baho beradi, uning istiqbolini bashorat etish asosida taraqqiyotini belgilaydi.
Pedagogikaga monitoring tushunchasi ekologiya va sotsiologiyadan innovatsiya (yangilanish) shaklida kirib kelgan. Monitoringning ekologiya, sotsiologiya, tibbiyot va psixologiyada qo‘llanilishi hamda foydalanilishi bir qator ilmiy adabiyotlarda tahlil etilib, tavsiyalar berilgan. Ammo uning ta’lim jarayonidagi o‘rni, roli, yo‘nalishi, strategiyasi, metodologiyasi va taktikasi yaxshi o‘rganilmagan. R.Sh.Ahliddinov esa: “Monitoring – inglizcha atama bo’lib, “uzluksiz kuzatish” degan ma’noni anglatadi. Monitoringga ijtimoiy boshqaruv nazariyasida eng muhim, boshqaruv sohasidagi nisbatan mustaqil bo’lim sifatida qaraydi, hamda ta’lim monitoringi doirasida pedagogik faoliyat natijalari yuzaga chiqariladi va baholanadi” deb ta’rif beradi.
Yuoridagi ta’rifda ta’lim monitoringi dgan atamaga ko’zingiz tushgan bo’lsa kerak. Monitoringning ta’limdagi o’rni beqiyos. Aynan monitoring qilish orqali ta’limda yaxshi natija va samaradorlikka erishish mumkin. Keling ta’lim monitoringgi atamasiga alohida ta’rif berib o’tsam.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin