Qarama-qarshi tushunchalarni bog‘lash, so‘zni o‘z asl ma’nosiga muvofiq bo‘lmagan holda qo‘llash: oq tunlar, qizil siyoh kabi.
Kinoya-
Til birligini uning haqiqiy ma’nosiga nisbatan qarama-qarshi ma’noda, kеsatiq, piching bilan ishlatishdan iborat ko‘chim.
Kontaminatsiya-
Biror munosabat, tasavvurga ko‘ra o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki so‘z yoki iborani birlashtirish yo‘li bilan yangi so‘z yoki iboraning hosil bo‘lishi. Masalan, erga tеgmoq // turmushga chiqmoq// erga chiqmoq
Ko‘chim-
Badiiy ifodalilikni oshirish uchun ko‘chma ma’noda qo‘llangan nutq birligi, ramz bilan qo‘llangan so‘z.