Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”


-kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;-yangi g‟oyalarni yaratishda faollik ko‟rsatish



Yüklə 258,5 Kb.
səhifə6/24
tarix21.05.2023
ölçüsü258,5 Kb.
#118623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
kurs iwi (2)

-kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;-yangi g‟oyalarni yaratishda faollik ko‟rsatish;
-ilg‟or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o‟rganish;-hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish.Har bir shaxsning o‟zini - o‟zi rivojlantirishi va o‟zini - o‟zi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog‟liq.Maktabgacha ta‟lim tizimida ta‟lim sifati –tarbiyachi va xodimlarning kasbiy rivojlanishi tavsifi bo‟lib, zamonaviy bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassisning kreativ qobiliyati va ish faoliyati bilan belgilanishi e‟tirof etiladi.
Biz kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelibchiqib, unga shaxsning o„ta intellektual-evristik jihati sifatida emas,balki shaxsni qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta‟lim sifatidaqaraymiz. Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma‟naviyatining ajralmas qismi bo„lib, shaxsni o„z-o„zimrivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bolgan bilimlaring ko„p qirrali ekanligida emas, balki yangi g„oyalargaintilishda va o„rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayoniniisloh qilish va o„zgartirishda, hayotiy muammolami yechishjarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo„ladi. Kreativlik jarayonini tashkil etish va boshqarishningmurakkabligi shundaki, bunda ijodiy individuallikning nafaqatongli, balki ong osti tushunchalari paydo bo„ladi.
Pedagog-tarbiyachi o‟z-o‟zidan ijodkor bo‟lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma‟lum vaqt ichida izchil o‟qib-o‟rganish, o‟z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‟lgani kabi bo‟lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‟lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo‟yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‟zini o‟zi ijodiy faoliyatga yo‟naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega.
Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e‟tibor qaratishi zarur. O‟zini o‟zi ijodiy faollashtirish – shaxsning ijodiy faoliyatda o„z imkoniyatlarini to„laqonli namoyon qilishi va rivojlantirishining ijodkor va kreativ bo‟lishi yoki bo‟lmasligi emas, balki mashg‟ulotlarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g‟oyalarni ta‟lim jarayonida sinab ko‟rishga intilishi zarur.O’zini o’zi ijodiy faollashtirish – shaxsning ijodiy faoliyatda o‟z imkoniyatlarini to‟laqonli namoyon qilishi va rivojlantirishining ijodkor va kreativ bo‟lishi yoki bo‟lmasligi emas, balki mashg‟ulotlarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g‟oyalarni ta‟lim jarayonida sinab ko‟rishga intilishi zarur. Mashg‟ulotlarda “kreativlik yo‟l haritasiga ko‟ra quyidagi 4 ta yo‟nalish bo‟yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar (Patti Drapeau)sanaladi:

Yüklə 258,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin