Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


Bog`lovchisiz qo`shma gapning turlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə195/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

Bog`lovchisiz qo`shma gapning turlari
Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlarining qanday shakllanishiga ko`ra, ikki xil bo`ladi:
1. Bir tipdagi qismlardan tashkil topgan bog`lovchisiz qo`shma gap. Bu xil qo`shma gap qismlarining kesimlari bir xil shakllangan bo`ladi: Chin muhabbat husn tanlamas, Husn uchun sevmas vafodor. (Shukrullo).
Bir tipdagi qismlardan tashkil topgan bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasidagi semantik munosabatlar quyidagicha bo`ladi:
1. Bir paytda sodir bo`ladigan voqea-hodisalar anglashiladi: Motor esa zo`r berib tirillar, mashina silkinar edi. (Ch.Aytmatov). Bunday paytda butun vujudida ajoyib bir safarbarlik sezar, xotirasi, zehni, shuuri bir nuqta atrofida inoq to`planardi. (P.Qodirov).
2. Ketma-ket ro`y beradigan voqea-hodisalar anglashiladi: Tog` tepasida to`planayotgan bulutlar tushga borib quyuqlashib ketdi, oftob g`oyib bo`ldi. (P.Qodirov).
3. Voqea-hodisalar qiyoslanadi: Bahodir qo`shinga boshchilik qiladi, donishmand yo`l ochib beradi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Yangi libos – oroyish, yaxshi yo`ldosh – osoyish. (Maqol).
4. Voqea-hodisalar zid qo`yiladi: Adolatparvar bo`lish oson - e’tiqoding uchun kurashish qiyin. (F.Musajonov).
II. Turli tipdagi qismlardan tashkil topgan bog`lovchisiz qo`shma gap. Bu xildagi qo`shma gap qismlarining kesimlari turlicha shakllanadi. Bunda qo`shma gap qismlaridan anglashilgan voqea-hodisalar bir-biriga bog`liq bo`ladi. Masalan: Aqlli, farosatli, ilmu hunarli kishilar bilan do`st bo`l, hunarsiz kishida xosiyat bo`lmaydi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
Bog`lovchisiz qo`shma gapning bu turida tarkibidagi qismlar orasida quyidagi semantik munosabatlar yuzaga keladi:
1. Sabab munosabati anglashiladi: Havo yaxshi, dalada dehqonlar yig`im-terim bilan ovora. (Oybek). Nomarddan yordam so`rama, yuzingga soladi. (Maqol).
2. Payt munosabati anglashiladi: Quyosh pasayib oppoq cho`qqilar ustiga qo`na boshlagan, tog`ning qori ko`zni olar darajada yaltiraydi. (P.Qodirov).
3. To`siqsizlik munosabati anglashiladi: Bular bizni oyoq osti qilib tepyapti, sen uyda baqrayib o`tiribsan. (P.Qodirov). Biz ilmdan yiroqmiz, tajriba bor, xolos. (J.Abdullaxonov).

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin