Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə217/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

5. Badiiy uslub
Voqelikni badiiy obrazlar (timsollar) vositasida aks ettirib, tinglovchi yoki o`quvchiga estetik jihatdan ta’sir qiluvchi uslub badiiy uslub deb ataladi. Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo`ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estetik ta’sir ham ko`rsatadi: O`lkamizda fasllar kelinchagi bo`lmish bahor o`z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so`zlari, sheva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Badiiy uslub aralash uslub hisoblanadi, chunki bu uslubda so`zlashuv va kitobiy uslublarga xos o`rinlar ham uchraydi.


Nutq madaniyati haqida

Nutq to`g`ri, aniq va yoqimli bo`lishi lozim. To`g`ri, aniq va yoqimli gapirish uchun mantiqiy izchillikka va adabiy me’yorlarga rioya qilish kerak.


Nutq madaniyati deganda mantiqiy izchillikka, adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda to`g`ri, aniq va yoqimli so`zlash tushuniladi
41-MA’RUZA
USLUBIYAT TURLARI


REJA:

  1. Sintaktik uslubiyat .

  2. Yozma va og`zaki nutq me’yorlari haqida.

  3. Leksik uslubiyat.

  4. Fonetik uslubiyat.

  5. Grammatik uslubiyat. Morfologik uslubiyat.

SINTAKTIK USLUBIYAT


Yozma va og`zaki nutq me’yorlari haqida
Lug`aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning h a m m a ko`rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning faqat yo z m a shakli uchun, to`g`ri talaffuz me’yorlari esa faqat o g` z a k i nutq shakli uchun xosdir.


LEKSIK USLUBIYAT
1. Omonimlarning uslubiy xususiyatlari. Nutqda omonimlardan foydalangan holda turli so`z o`yinlari hosil qilinadi: Qo`lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, YAxshilik qil, bolam, yomonlikni ot, Nasihatim yod qilib ol, farzandim, YOlg`iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot. Bu o`rinda ot omonim so`zlari turlicha ma’nolarni ifodalayapti. Omonim so`zlardan foydalangan holda so`z o`yinlarini yaratish tajnis (jinos) san’ati deyiladi. Badiiy adabiyotda shu badiiy san’at qo`llanib yaratilgan to`rt qator she’r esa tuyuq deb ataladi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin