1) teng bog`lovchilar; 2) ergashtiruvchi bog`lovchilar.
1. Teng bog`lovchilar Teng bog`lovchilar grammatik jihatdan teng huquqli gap bo`laklarini va gaplarni o`zaro bog`lashga xizmat qiladi. Masalan, Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir. (Stefan TSveyg). Agar so`zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. (H.O.) Teng bog`lovchilar biriktiruv, zidlov va ayiruv bog`lovchilariga bo`linadi.
1) biriktiruv bog`lovchilar guruhiga va, hamda, bilan, ham kabi so`zlar kiradi. Bu bog`lovchilar gapning uyushiq bo`laklarini, qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog`laydi. Biriktiruv bog`lovchisi va eng ko`p qo`llanadigan bog`lovchidir. Bu bog`lovchi:
1) gapning uyushiq bo`laklarini bog`laydi: Aqlli odam olimlar, fozillar va tadbirli xunarmandlarning suhbatlarida bo`ladi, ulardan bahra oladi («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»); 2) qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog`lashga xizmat qiladi va turli ma’no munosabatlarini ifodalaydi. Masalan: Hamid Rahmat bilan birga Otabekni Ziyo akanikiga taklif qilgali kelgani edi va biz ularni osh-suv qilib jo`natgan edik. (A.Qod.) Ham, hamda bog`lovchilari ham gapning uyushiq bo`laklarini va qo`shma gap qismlarini bog`lash uchun qo`llanadi. Sultonmurod ham do`st Zayniddin cheksiz quvondilar. (O.) Kun sovidi hamda erlar muzladi.
Ham so`zi bog`lovchi bo`lib emas, balki gap ma’nosini yoki ayrim gap bo`laklarini ta’kidlash, kuchaytirish uchun ko`p ishlatiladi. Quyosh ham oltin to`rlarini to`kib, mag`rur ko`tariladi (O.)
Biriktiruvchi bog`lovchilari bilan ko`makchisi, -da, -u(-yu) yuklamalari ham qo`llanadi.
Bobom asta ko`zlarini yumadi-da, allaqanday uzoq bir xayolga ketadi. (O.) Onayu bola – gulu lola. (Maqol). SHudgorda Jannatxola bilan Zebixon qoldi. (S.A.) 1) zidlov bog`lovchilari guruhiga biroq, ammo, lekin, balki, holbuki kabi so`zlar kiradi. Bu bog`lovchilar mazmunan bir-biriga qarama-qarshi qo`yilgan bo`laklarni yoki gaplarni bog`lash uchun xizmat qiladi.
Biroq, ammo, lekin bog`lovchilari gap bo`laklarini bog`lab kelganda zidlik ma’nosini, shu bilan birga, gap mazmunini to`ldirish, izohlash, qiyoslash uchun ham xizmat qiladi. Qo`shma gap qismlari tarkibidagi sodda gaplarni bog`lashda esa keyingi qism avvalgi qismda aytilgan fikrga qarama-qarshi, zid faktlar ifodalanadi. SHuning uchun bu faktlar, voqea-hodisalardan faqat bittasining bo`layotganini, ikkinchisi inkor etilganigi ma’nosi anglashiladi. Masalan, Mahallada bolalar ko`p, lekin bir-biriga o`xshamaydi. (O.) Har narsaning yangisi, ammo do`stning eskisi yaxshi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). O`xshash mevalarni saralaydi, xidlaydi, biroq egisi kelmaydi. (O.) Zidlov bog`lovchilari gap boshida kelib, avval aytilgan fikrga zid bo`lgan yangi fikrli gapni oldingi gapga bog`laydi:
Mazmunan bir-biriga qarama-qarshi gap bo`laklari va gaplarni bog`lashda –da, -u (-yu) yuklamalari ham qo`llanadi. Sobir kichkina-yu, pishiqqina (O.)