14. Tt harfi tong, tun; butun, o`tin, о`t, kut kabi sо`zlarda til oldi jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
15. Zz harfi:
1) zar, zamon; toza, о`zbek; yoz, g`oz kabi so`zlarda til oldi jarangli sirg`aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2) iztirob, izquvar, bо`zchi, tuzsiz kabi sо`zlarda jarangsiz undoshdan oldin s aytilsa ham, z yoziladi.
16. Ss harfi sog`, somon, oson, asos, olmos kabi sо`zlarda til oldi jarangsiz sirg`aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
17. Sh sh harflar birikmasi shahar, shisha, shodlik; ishq, pishiq; bosh, tosh kabi sо`zlarda til oldi jarangsiz sirg`aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
S h harflari ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga tutuq (’) belgisi qо`yiladi: Is'hoq, as'hob kabi.
18. Jj harfi:
1) jon, jahon, jiyda, tijorat; rivoj, vaj kabi sо`zlarda til oldi jarangli qorishiq undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2) jurnal, projektor; gijda, ajdar, tiraj kabi о`zlashma sо`zlarda til oldi jarangli sirg`aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
19. Ch ch harflar birikmasi choy, chevar, chiroyli, chaman; achchiq, uchun, bichiqchi; kuch, kech kabi sо`zlarda til oldi jarangsiz qorishiq undoshni ifodalash uchun yoziladi.
20. Rr harfi rahmat, rohat, orom, doira, bor, diyor kabi sо`zlarda til oldi ovozdor titroq undoshni ifodalash uchun yoziladi.
21. Ll harfi lola, loyiq, la’l; iloj, mahal kabi sо`zlarda sirg`aluvchi ovozdor yon undoshni ifodalash uchun yoziladi.
22. Nn harfi:
1) non, nomus; ona, tana; bilan, tomon kabi sо`zlarda til oldi ovozdor burun undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2) shanba, yonbosh, jonbozlik; yonma-yon, kо`rinmaslik kabi sо`zlarda n tovushi ba’zan m aytilsa ham, n yoziladi.
23. Gg harfi gul, gо`zal; ega, gugurt; teg, eg kabi sо`zlarda til orqa jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |