Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti fakultet: tarix mustaqil ish mavzu: Xiva xonligi (Shayboniylar sulolasi va Qo’ng’irotlar sulolasi) Boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari



Yüklə 436,14 Kb.
səhifə5/5
tarix13.06.2023
ölçüsü436,14 Kb.
#129561
1   2   3   4   5
Xiva xonligi (Shayboniylar sulolasi va Qo’ng’irotlar sulolasi) Boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari

Xonlikdagi barcha lavozimlarga o‘zbek urg‘ularining boshliqlari qo‘yildi. Xiva tarixchisi Munisning ma’lumot berishicha, Abulg‘ozixon ma’muriy islohot o‘tkazib, xonlikning boshqaruv tizimini batamom yangitdan tashkil etdi. Xonlikning boshqaruv tizimida o‘zbek urug‘larining mavqyei ortib bordi hamda ularning 360 nafar vakili xon saroyida turli lavozimlarga ko‘tarildi. Xon yangi amaldorlar orasidan eng obro‘li 32 nafarini o‘z yoniga oldi. Munis ta’biri bilan aytganda, “andoqkim ikki shayx ul-islom, ikki qozi, bir rais Said ota avlodidan, bir mutavalli, bir naqib, to‘rt otaliq, to‘rt inoq, to‘rt mirob, to‘rt parvonachi, ikki oqo, ikki arbob, to‘rt chig‘atoyi inoqi va bir vazirkim, holo mehtar derlar va bir qushbegi, bu ikkovi o‘rinsiz xon huzurida oyoq ustida turadilar”.

  • Xonlikdagi barcha lavozimlarga o‘zbek urg‘ularining boshliqlari qo‘yildi. Xiva tarixchisi Munisning ma’lumot berishicha, Abulg‘ozixon ma’muriy islohot o‘tkazib, xonlikning boshqaruv tizimini batamom yangitdan tashkil etdi. Xonlikning boshqaruv tizimida o‘zbek urug‘larining mavqyei ortib bordi hamda ularning 360 nafar vakili xon saroyida turli lavozimlarga ko‘tarildi. Xon yangi amaldorlar orasidan eng obro‘li 32 nafarini o‘z yoniga oldi. Munis ta’biri bilan aytganda, “andoqkim ikki shayx ul-islom, ikki qozi, bir rais Said ota avlodidan, bir mutavalli, bir naqib, to‘rt otaliq, to‘rt inoq, to‘rt mirob, to‘rt parvonachi, ikki oqo, ikki arbob, to‘rt chig‘atoyi inoqi va bir vazirkim, holo mehtar derlar va bir qushbegi, bu ikkovi o‘rinsiz xon huzurida oyoq ustida turadilar”.
  • Abulg‘ozixon o‘zbek qabilalarini o‘troqlashtirish siyosatini olib borish bilan birga, ularni to‘rta guruhga bo‘lib, Buxoro bilan chegaradosh bo‘lgan Doyaxotun (Darg‘onota yaqinida) dan tortib, to Orolgacha bo‘lgan hududlarga joylashtirdi. Shuningdek, Abulg‘ozixon 1645-1650 yillarda Xuroson, Janubiy Turkmaniston, Tajan, Murg‘ob, Artek, Gurlan, Abulxon va Mang‘ishloq atrofidagi turkmanlar ustiga yurishlar uyushtirdi. Xonlik sarhadlarini kengaytirishga harakat qildi. Xonning topshirig‘i bilan Vazir qal’asi aholisi Gurlan qal’asi yaqinida tiklangan Kichik Vazir qishlog‘iga ko‘chirildi. 1646 yilda Abulg‘ozixonning buyrug‘iga binoan Urgancharna arig‘i qaziladi va uning yaqinida yangi qal’a bunyod etilib, bu qal’aga Yangi Urganch deb nom beriladi. Bu yerga Ko‘hna Urganch aholisining bir qismi ko‘chirib keltiriladi. 1648 yilda G‘oziobod kanali qazilib, uning yaqinda chegara istehkomi quriladi.
  • Davlat boshqaruvi va bunyodkorlik ishlari bilan shug‘ullangan Abulg‘ozixon tarixchi tabib sifatida ham bebaho meros qoldirgan. Taxminan 1657 yilda Abdulg‘ozi tabobatga oid “Manafi’ ul-inson” (“Insonga foydali narsalar”) nomli asarini yozgan bo‘lsa, 1658-1664 yillarda “Shajarai turk” nomli tarixiy asarlarini yaratdi.
  • Abulg‘ozixon hali o‘zi hayotlik davrida Xiva xonligi taxtini o‘g‘li Anushaxon (1663-1687yy)ga topshirdi va oradan olti oy o‘tib vafot etdi. Anushaxon Xiva xonligi mavqyei va qudratini oshirish maqsadida otasining ishlarini davom ettirdi. U Buxoro, Samarqand va Xurosonga bir necha marta harbiy yurishlar uyushtirib xonlik chegaralarini mustahkamlash hamda kengaytirish harakatida bo‘ldi. Anushaxonning harbiy yurishlarida jasorat ko‘rsatgan turkmanlarga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Xon turkmanlarga Xorazm vohasi hamda uning atroflariga ko‘chib kelishiga ruhsat berdi.

Yüklə 436,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin