A) O‘quvchilarning arifmetik amal va ularni bajarish tartibi haqida olgan
bilimlarni mustahkamlash.
B) O‘quvchilarni turli xil o‘yinlar, musobaqalar orqali bir-biriga bo‘lgan do‘stlik
hurmatini sezdirish.
C) Ularning to‘rt va 5-6 xonali sonlarni to‘g‘ri hisoblash malakalarini yanada
oshirish.
Dars turi: Mustahkamlash guruhlarda bo‘lib.
Dars metodi: Musobaqaga doir tarqatma materiallar, rasmlar asosida osma
jihozlar, rag‘batlantiruvchi kartochkalar.
Dars jarayoning rejasi va ularga ajratilgan vaqt ko‘rsatiladi.
Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. O‘quvchilarning bugungi darsning qoidasi bilan tanishtiriladi. Ya‘ni:
- Faollik;
- Dadillik;
- Tezkorlik;
- Intizomga rioya qilish;
- O‘zaro hurmat;
- Izlanuvchanlik;
- Imkoniyat;
- To‘g‘ri fikrlash;
- Vaqt-bu oltin.
So‘ng o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. 5 yoki 6 guruhdan iborat, 7-6 kishilik
guruhga ajratiladi. Stol ustida 30-35 ta o‘quvchiga 5-6 xil rangdagi shakllarni
oladilar va nomlanadilar: 10 daqiqa.