15.09.2022 gacha yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha, ikkinchi va undan
yuqori bosqich talabalar uchun 15.09.2022 gacha;
belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50.00 foizini 01.01.2023 gacha, 75.00 foizini 01.04.2023 gacha va
100.00 foizini 01.07.2023 gacha.
Ushbu kontraktning 2.2. bandida ko‘zda tutilgan to‘lov muddatlarini o‘zgartirish, talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun - Davlat komissiyasining qarori asosida, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar uchun - “Ta’lim oluvchi”ning asosli sabablari ko‘rsatilgan holdagi yozma murojaatiga ko‘ra “Ta’lim muassasasi” kengashining qarori asosida qabul qilinadi va bir semestr uchun amal qiladi.
TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
Ta’limmuassasasimajburiyatlari:
O‘qitish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirgandan so‘ng, “Ta’lim oluvchi”ni buyruq asosida talabalikka qabul qilish.
Ta’lim oluvchiga o‘qishi uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Ta’lim muassasasi” Ustavida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarga muvofiq sharoitlarni yaratib berish.
Ta’lim oluvchining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari hamda ta’lim muassasasi Ustaviga muvofiq professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zlarining funksional vazifalarini to‘laqonli bajarishini ta’minlash.
Ta’lim oluvchini tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlariga muvofiq davlat ta’lim standarti talablari darajasida tayyorlash.
O‘quv yili boshlanishida ta’lim oluvchini yangi o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov miqdori to‘g‘risida o‘quv jarayoni boshlanishidan oldin xabardor qilish.
Respublikada belgilangan Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori yoki tariflar o‘zgarishi natijasida o‘qitish uchun belgilangan to‘lov miqdori o‘zgargan taqdirda ta’lim oluvchiga ta’limning qolgan muddati uchun to‘lov miqdori haqida xabar berish.