O‘tqazishlar - ikki detalning o‘zaro biriktirilishi xarakteri o‘tkazish deb ataladi, qismlar (detallar) asosan uch xil o‘tkazish bilan o‘tkaziladi:
1) belol xarakatlanadigan yoki erkin qo‘zg‘aladigan yoki erkin qilib o‘tkazish: Bunday o‘tkazilgan qismlar (detallar) bir-biriga nisbatan erkin xapaxatlana oladi;
2) salgina harakatlana oladigan yoki sal qimirlamaydigan (qo‘zg‘almas) qilib o‘tkazish. Bunday o‘tkazilgan detallar bir- biriga nisbatan salgina xarakatlana oladi yoki ozgina tashqi kuch bilan bir-biriga kiritilib yig‘iladi va qo‘zg‘almaydigan bo‘ladi;
3) qimirlamaydigan (qo‘zg‘almaydigan) qilib o‘tkazish, qimirlamay qilib o‘tkaazilgan detallar bir-biri bilan mustahkam bog‘langan bo‘ladi va ularni ajratish uchun kuch sarf qilish kerak (preslab o‘tkazish).
SHularga asoslanib ya’ni teshik va val Tutashma maydonlarining bir-birlariga nisbatan joylashishiga qarab o‘tkazishlar Oraliq bilan, o‘tishi va taranglik bilan bo‘lishlari mumkin.
Oraliq TS - teshik diametri val diametridan katta bo‘lib, ikki diametrning haqiqiy o‘lchamlari orasidagi farqqa aytiladi ya’ni D>d S = D = d (SHakl 9 ga qarang ).
9-SHAKL. ORALIQ BILAN o‘TKAZISH
10-SHAKL TARANGLIK BILAN o‘TKAZISH
Oraliq - yig‘ilgan detallarni bir-birlariga nisbatan erkin harakatlana olishini ta’minlaydi - qo‘zQaluvchi birikma. Demak bir detalni ixkinchi detal ichiga Oraliq xosil kilib o‘tkazilishi - Oraliq bilan o‘tkazish - erkin yoki qo‘zQaluvchan qilib o‘tkazish deyiladi. (SHakl 9 ga karang),
Taranglik N - yig‘ilgunga qadar val diametri teshik diametridan katta bo‘lib, bu ikki diametrning haqiqiy o‘lchamlari orasidagi farqga aytiladi, ya’ni d > D N = d - D
(SHakl 10 ga qarang).
Taranglik detallarni yig‘ishdan so‘ng qimirlamaydigan birikma hosil qiladi, Taranglik bilan o‘tkazish - deb birikmada detallarning tarangligi ta’minlab o‘tkazishga aytiladi. Qo‘zg‘almaydigan (qimirlamaydigan) o‘tkazish.
Bunday o‘tkazishda talab qilingan paytda kamgina Oraliq va talab qilinganda kamgina taranglik bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |