28
guruhida o’tkazilgan keng miqyosdagi trenirovka mashg’uloti
kuzatilganda,
yutuqlar ortidan quvish yuklamaning noto’g’ri me’yorlanishi keng hajmdagi
trenirovka qilish natijasida oyoq kaftining vaqtinchalik kengayishi aniqlangan.
Bir guruh tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, jismoniy mashqlarning
tayanch harakat apparatiga ta’siri yuklamaning kenglik (hajmi, shiddati) xarakteri
(statik va dinamik kuch, tezkorlik va boshqalar) bilan aniqlanadi.
O’quvchilar skeletining rivojlanishi mushaklarni paylari,
suyaklari, bo’g’im
apparatlarining shakllanishi bilan bog’liq.
Mushak vaznining oshishi bilan ularning fizik, ximik tarkibi funktsional
xususiyatlari takomillashadi, inervatsion aloqalar yaxshilanadi. Kollej yoshidagi
o’quvchilar mushak tizimining to’liq shakllanishida tananing o’ng
va chap
tomonlarining simmetrik rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Odam harakat
tizimining alohida elementlari tuzilishining rivojlanishi tabiiy tezlashish davrlariga
mos kelsa, pedagogik ta’sir samaradorligi oshadi. Bolalar sog’ligiga zarar
yetkazmasdan organizm funktsiyalari takomillashtirilsa, yetarli darajada zahira
imkoniyatlari yetiladi. Bu ta’sirlar optimal bo’lib,
ortiqcha yuklama qabul
qilinmasligi kerak. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish kishilarda
rivojlanishni yaxshilaydi. Ularning qomati takomillashadi, tana uzunligi, vazni,
mushak kuchi, o’pkaning tiriklik sig’imi, ko’krak qafasi ekskursiyasi yuqori
ko’rsatkichlarga ega bo’ladi.
A.G.Suxarov bolalar va o’smirlar organizmining o’sish
va rivojlanish
qonuniyatlarini hisobga olish o’quv trenirovka jarayonlarini, jismoniy tarbiya va
sport mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil qilish zaruriy ekanligini ta’kidlaydi. Ularning
bo’yiga o’sishi haqidagi izlanishlar V.Bunak (1940), G.P.Salnikova (1960)
tomonidan va keyinchalik ko’pchilik olimlar ham tadqiqot ishlari olib borganlar.
Jismoniy tarbiya nazariyasi amaliyotida jismoniy ish qobiliyati yuqori va bo’y
o’sishi notekis bo’lganlarga alohida qiziqish bilan qaraldi.
Jismoniy mashqlarni bajarishda ko’proq skelet mushaklari yurakning
baquvvatligidan
dalolat
beradi,
mashqlar
faqat
organizmning
ishlash
imkoniyatlarini oshirib qolmasdan kishi umrini ham uzaytiradi. Shu qatorda
29
biologik yosh muhim bo’lib, bolalarning pasport
yoshi biologik rivojlanish
darajasiga to’g’ri kelmasligi mumkin. Shuning uchun jismoniy tarbiya jarayonini
oqilona tashkil qilishda o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olmay
yuklamani tartibga solish mumkin emas. O’quvchilar motorikasining individual
xususiyatlari bir xil yoshda keng miqyosda o’zgaradi. Jismoniy tarbiya har bir
kishining funktsional imkoniyatlariga asoslanishi kerak. O’quvchilarda hali
o’rganilmagan mashqlar haqida ko’nikma va malakalar
hosil qilish hamda uni
o’zgartirish uchun organizmning funktsional holatini hisobga olish zarur.
N.A.Arshavskiy va boshqa olimlarning fikricha jismoniy tarbiya mashqlari
bilan qanday shug’ullanishi mushaklar uchun qanaqa optimal yuklamani tanlash
uning qay darajada yurak va nafas organlari tizimining rivojlanishiga yordam
berishi, har bir yosh organizmning bir biridan farq qilishini bilish juda muhimdir.
Jismoniy tarbiya mashg’uloti o’tkazish sharoiti va uni tashkil qilish
xususiyatlari organizmning o’sishi hamda rivojlanishiga ta’sir etadi.
Hayotdagi
oqilona gigienik rejim, to’g’ri tashkil qilingan jismoniy mashqlar rivojlanishiga
ko’maklashadi. Noto’g’ri va chegaralangan sharoitdagi bola rivojlanishidan ortda
qoladi hamda jismoniy zaif shakllanadi. Tana tuzilishi nisbatan uzun,
oyoqlari
kalta, sust rivojlanadi. Odam tanasining to’liq garmonik rivojlanishi uchun
hayotning birinchi kunidan yetuklik davrigacha kerakli harakat faoliyati zarurdir.
Dostları ilə paylaş: