Nizomiy nomidagi


Ochiq urug‘lilarning kelib chiqishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə20/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105
Nizomiy nomidagi

Ochiq urug‘lilarning kelib chiqishi. Ochiq urug‘lilar yuqorida qayd qilinganidek paleozoy erasining devon davrida paydo bo‘lib, eraning oxirida mezozoy boshlarida tog‘lar hosil bo‘lishi va iqlimning quruqlanishi vaqtida avj olib rivojlanib, hamda sporali yuksak o‘simliklarning o‘rnini egallaganlar. Ular qadimgi har xil sporali qirqquloqlarning bir tarmog‘idan kelib chiqqanlar. Yuqori devon davrida qadimgi mezofit ginkgolar va bargli o‘simliklar ajdodi bo‘lmish kardoitlar paydo bo‘lgan. Quyi karbonda gigrofit sagovniklar ajdodi yirik bargli urug‘li qirqquloqlar rivojlangan.
Ochiq urug‘lilar Yer sharining hamma qismida uchraydi. Ular har xil sporali bo‘lib, sporafit gametofitdan ustunlik qiladi. Sporafit nihoyatda qurg‘oqchilikka moslashgan. Qirqquloqlar va boshqa sporali yuksak o‘simliklardan farqli ravishda ildizi yon ildizli bo‘lib, ular o‘simlikni to‘liq suv bilan ta’minlaydi. Ildizning anatomik tuzilishi gulli o‘simliklarnikiga o‘xshash ikkilamchi yo‘g‘onlashishga ega.
Ochiq urug‘li o‘simliklar floemasidagi elaksimon hujayralar o‘rniga yopiq urug‘lilarda elaksimon naylar rivojlanadi. Barglar tomirlanishida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Ninabargli o‘simliklarda esa erkak gametalarni harakatlanish xossasi evolyusion jarayonda barham topgan.
Ochiq urug‘lilarning hozirgi vaqtda tarqalganlariga archalar, kedrlar, kiparislar, zog‘ozalar, tilog‘ochlar vakil bo‘ladi.
Savollar:

  1. Evolyusion rivojlanishda urug‘ning qanday ahamiyati bor?

  2. Sporalar orqali ko‘payishga nisbatan urug‘ bilan ko‘payishning afzalligini sharhlab bering.

  3. Ochiq urug‘lilarning o‘ziga xos xossalari nimalardan iborat?

  4. Ochiq urug‘li o‘simliklarning filogeniyasini tushuntiring.

  5. Qadimgi davrlarda yashagan ochiq urug‘lilarning qanday vakillarini bilasiz?

  6. Ochiq urug‘lilarning avlod boshi qaysi o‘simliklar sanaladi?

  7. Ochiq urug‘lilarning qanday xillari hozirgi vaqtda yashamoqda?


Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin