Nizomiy nomidagi


Zamburug‘larning filogeniyasi va kelib chiqishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə25/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105
Nizomiy nomidagi

Zamburug‘larning filogeniyasi va kelib chiqishi. Zamburug‘lar kelib chiqishi bo‘yicha polifiletik. Ular bir-biridan mustaqil ravishda qadimgi xivchinlilarning turli xillaridan paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Zamburug‘larning bir xillari suvo‘tlaridan, ikkinchi xillari amyobasimon ajdodlar kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Zamburug‘larga o‘xshash qazilma holdagilar Yer qatlamining 900 mln yil qadimgilaridan topilgan. Lekin ularni zamburug‘larga tegishli ekanligi bundan 450 – 500 mln yil muqaddam ordovik davrga oid yer qatlamlaridan topilgan nusxalarga qarab aniq aytish mumkin.
Dastlabki zamburug‘lar chamasi bir hujayrali eukariot bo‘lganlar. Ularga analog bo‘lgan zamburug‘lar yer qatlamlarida hozircha topilmagan. Dastlabki zamburug‘lar taxmin qilinishicha mitseliysi yon hujayra devori bilan ajralmagan ko‘p yadroli sitoplazmaga ega, ya’ni hozirgi zigomitsetlarga o‘xshash bo‘lgan. Odatda askomitsetlar va bazidomitsetlar mitseliysi yon hujayra devoriga ega. Bu yon devor teshiklari orqali sitoplazma harakatga kelgan. Zamburug‘larning uch gurug‘i askomitsetlar, zigomitsetlar va bazidomitsetlar orasida o‘zaro yaqinlik aniqlanmagan. Bir vaqtlar bazidomitsetlar askomitsetlardan kelib chiqqan deyilgan bo‘lsa, hozirgi davrdagi olimlar aksicha bazidomitsetlar askomitsetlardan paydo bo‘lgan degan fikrdalar. Bu qarashni qaysi biri to‘g‘ri ekanligidan qat’iy nazar zamburug‘larning qayd etilgan ikki guruhi o‘zaro yaqin.
Ehtimol zamburug‘lar Yerdagi eng qadimgi eukariot bo‘lgandir. Ammo ularning dastlabki tarixi xali aniqlanmagan. Askomitsetlar, zigomitsetlar, bazidomitsetlar toshko‘mir davrining oxirlarida taxminan 300 mln yillar muqaddam mavjud bo‘lgan. Birlamchi bazidomitsetlarning qazilma holdagi qoldiqlari askomitsetlarning qadimgi formalariga nisbatan ancha qadimiy. Bu esa askomitsetlarni bazidomitsetlardan kelib chiqqanligini isbotlovchi yana bir dalil hisoblanadi.
XX asrning 70-80 yillarida M.Shadro askomitsetsimonlar qizil suvo‘tlardan emas, balki ularning umumiy ajdodlaridan kelib chiqqan, keyinchalik ularning har ikkalasi paralel taraqqiy qilgan degan farazni olg‘a surdi. Bunga asosiy sabab qizil suvo‘tlar bilan askomitsetsimon zamburug‘lar orasida umumiy belgilarni ko‘pligidir.
Bazidiomitsetsimonlar ham askomitsetsimonlar ham zigomitset-simonlardan kelib chiqqan, lekin askomitsetsimonlar o‘rtasida bir qator oraliq formalar mavjud bo‘lsa, bazidiomitsetsimonlar uchun oraliq formalar noma’lum. Xaltacha bilan bazidiyaning gamolog ekanligini e’tiborga olib bazidiomitsetsimonlar bilan zigomitsetsimonlar endigina hosil bo‘lgan askomitsetsimonlardan kelib chiqqan va paralel taraqqiy qilgan degan qarashlar ham mikolog olimlar o‘rtasida bor.(5)
Qadimgi nayli o‘simliklarni tadqiq qilish natijasida ulardagi endomikoriza hozirgi o‘simliklarga nisbatan kam ekanligini ko‘rsatdi. Shunga asoslanib olimlar evolyusion jarayonda mikorizani hosil bo‘lishi nayli o‘simliklarni qurg‘oqchilikda yashashi va tarqalishi uchun asosiy omil bo‘lgan degan fikrdalar. Binobarin qurg‘oqchilikda yashashga o‘tishi bir xil organizmlardan emas, balki lishayniklarga o‘xshash simbiotik kompleksdan iborat bo‘lgan formalardan tashkil topgan bo‘lishi kerak degan fikrni quvvatlamoqdalar.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin