Nizomiy nomidagi


Qushlarning filogeniyasi, kelib chiqishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə55/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105
Nizomiy nomidagi

Qushlarning filogeniyasi, kelib chiqishi. Qushlarning daraxtlardagi ajdodi qadimgi reptiliyalar – arxeozavrlar bo‘lgan. Reptiliyalardan ajralib nihoyat qushlarni kelib chiqishi mezozoy erasining trias davrida ro‘y bergan. Qushlar sudraluvchilarning tekodant turkumiga ayniqsa yaqin. Qushlarga yaqin psevdozuxiylar guruhi ayniqsa taraqqiy qilgan. Qushlarning kelib chi-qiishiga sababchi bo‘lgan sudraluvchilar dastlab daraxt-
87 – rasm. Qushlarning gipotetik ajdodi.
larga o‘rmalab chiqqanlar. Natijada orqa oyoqlari tana uchun tayanch, oldingi oyoqlari esa barmoqlar orqali shoxlarni changallab olishga moslashgan. Evolyusion jarayonning keyingi bosqichida ularda shoxdan-shoxga sakrash qobiliyati rivojlangan.
Arxeopteriksning ko‘plab qadimgi turlari yaqin vaqtlardagina yo‘qolib ketgan. Chunonchi 500 yil ilgari Yangi Zelandiyada Moa degan qush yashagan. U prof. S. Dadaevning (6) qayd etishi Amerika tuyaqushlaridan ikki marta katta bo‘lgan. XVII asr boshlarida juda yirik Dodo degan qush Mavrikiya orolida yashaganligi aniqlangan. Bu qush ancha yirik bo‘lganligi sababli ucha olmagan. Bu orolga yevropaliklar kerib ularni yoqotib yuborganlar.
Bo‘r davri qatlamlaridan Gesperornis va ixtiornis degan qushlarning qoldiqlari topilgan. Gesperornisning boshi kichik, jag‘lari uzun va tishlari bo‘lgan. Ko‘krak toj suyagi bo‘lmagan. Qanotlari to‘liq o‘sib yetishmagan, orqa oyoqlari kuchli rivojlangan, barmoqlari orasida suzgich pardalari bo‘lgan. Bu uning suvda yashashga moslashganligidan dalolat beradi. Gesperornis sudralib yuruvchilar (dinozavrlar) bilan haqiqiy qushlar o‘rtasidagi oraliq tur xisoblanadi.
Mutaxassis olimlarning sai-harakati bilan ana shu suyak qoldiqlariga asoslanib ibtidoiy qushlar tashqi qiyofasi rekonstruksiya qilindi. Ehtimol trias qatlamidan suyaklari topilgan protoavis dastlabki qush bo‘lsa kerak degan xulosaga kelindi. Chunki u hozirgi qushlarga ko‘proq o‘xshab ketadi.
Protoavis 225 mln yil muqaddam Shimoliy Amerikada yashagan va to‘sh toji suyagining yaxshi taraqqiy qilganligi, suyak ichi bo‘sh bo‘lishi, ko‘z kosasining kattaligi bilan hozirgi qushlarga o‘xshash. Shunga ko‘ra olimlar protoavis qushlarning eng qadimiy ajdodi degan fikrdalar. Ammo xulosaga kelish uchun yana qo‘shimcha tadqiqotlar olib borilishi lozim. Kaynazoy erasining uchlamchi davrida hozirgi qushlarga juda yaqin qushlar paydo bo‘lgan. Chumchuqsimonlar, qaldirg‘ochlar, qizilishton-
lar,ko‘k qarg‘alar, kuliklar va boshqalar.
Bayon etilganlarni xulosalab, mezozoy erasining boshida yashagan psevdozuxiylarga yaqin bo‘lgan reptiliyalar qushlarni ajdodi bo‘lgan deyish mumkin.
Savollar:

  1. Dastlabki qushlar qaysi sinf vakillaridan kelib chiqqan?

  2. Qushlarning sudralib yuruvchilarga o‘xshash tomonlarini ayting.

  3. Reptiliyalar bilan qushlar o‘rtasida qanday oraliq formalar qazilma holda topilgan?

  4. Arxeopteriksning tashqi qiyofasini tasvirlab bering.

  5. Dastlabki qushlar qaysi davrda paydo bo‘lgan?

  6. Nima uchun qushlar issiq qonli hayvonlar guruhiga kiradi?

  7. Qushlarni sudralib yuruvchilarga nisbatan tuzilishidagi progressiv tomonlarini izohlang.

  8. Qushlarning ibtidoiy ajdodi protoavisni tasvirlab bering.

  9. Havoda uchishga qushlarda qanday moslanishlar paydo bo‘lgan.




Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin