Ishlab chiqazish sohasida faoliyat yuritayotgan har bir ishchi halokatlar yuz berganda harakatlanish qoidalarini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur.
Ishlab chiqazish sohasida faoliyat yuritayotgan har bir ishchi halokatlar yuz berganda harakatlanish qoidalarini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur.
Misol uchun, elektr energiyasini tarmoqdan uzishning ham o‘ziga xos talablari, gaz, bug‘ apparatlarini o‘chirishning ham o‘ziga xos qonun qoidalari mavjud bo‘lib, agar texnologik jarayonlar va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmasa, inson hayotiga ju-da katta xavf solishi yoki juda katta moddiy talofatlar keltirishi mumkin.
Har bir ishlab chiqazish sohasi xodimi halokatlar yuz berganda jamoa muhofaza inshootlari joylashgan yerlarni, xavfsiz joylarga chiqish yo‘llarini, yakka himoyalanish vositalari bilan ta’minlashni tashkil etishni va ulardan foydalanish tartibini bilishi lozim.

Texnologik uskunalarni germetizatsiyalash va ishlash tizimini doimiy nazorat qilish, shu bilan yong‘in va portlash xavflarini oldini olish zarur.
Elektr asboblar holatini, sig‘imi, qism va tarmoqlarini, bosim ostida ishlashini, nazorat-o‘lchov asboblarini, himoyalash va bloklash apparatlarining ish faoliyatini doimiy nazorat qilish hamda aniqlash kerak.
Har bir tashkilotda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan halokatlarning bartaraf etish rejasi ishlab chiqiladi. Ishchi va xizmatchilarni halokat yuzaga kelgan vziyatlarda o‘zini tutish va harakatlanishga tayyorlash tadbirlari tashkil etiladi, ularni bartaraf etish kuch va vositalarining zaruriy zahiralari ko‘rib chiqiladi.
FV yuzaga kelganda ogohlantirish tizimi va vositalari doimiy shay holatda saqlash, ishchi o‘rinlari uchun kerakli shahsiy himoyalanish vositalari sonini ta’minlash zarur.