Nkmk kon boshqarmalari to'g'risida ummumiy ma'lumot



Yüklə 83,92 Kb.
səhifə5/9
tarix26.12.2023
ölçüsü83,92 Kb.
#198571
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ki

Kimning tomin hatto,
Qopladi tilla rangi.
Kimgadir tekkan edi
Faqat uning jarangi...
Xalqimiz ona zaminimizdagi neʼmatlardan o‘zi to‘liq bahramand bo‘lishi uchun doim kurashib keldi va bunga ishonib yashadi. Shoir aytganidek:
Erk yo‘lida farzandlar
Chekinmadi bir qadam.
Shu taxlit g‘olib bo‘ldik
Yigirma yil muqaddam...
Mustaqillikning dastlabki yillarida kombinat og‘ir ahvolga tushib qolgan edi. Moliyaviy sohada paydo bo‘lgan qiyinchiliklar, ishlab chiqarish hajmining kamayib ketishi kabi masalalar, o‘z navbatida, ishchi-­xodimlarning kayfiyatini ham tushirib yuborgan edi. XX asr 50–80-yillarida Ittifoqning turli respublikalaridan kombinatga ishga yuborilgan muhandis va ishchi-xodimlarning aksariyati o‘z yurtlariga ko‘chib ketish taraddudiga tushgan edi. Ana shu og‘ir vaziyatda, yaʼni 1991-yil oktyabr oyida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Zarafshon shahriga tashrif buyurib, kombinat jamoasi bilan uchrashadi. Bu uchrashuvda kombinatni kelgusidagi rivoji, uni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash masalalari bilan bir qatorda Qizilqum kengliklarida mehnat qilayotgan konchilarning mehnatini qadrlash va ularga munosib shart-­sharoitlar yaratish, ularning ijtimoiy himoyasiga katta eʼtibor berish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Kombinatda vujudga kelgan barcha muammolarning yechimini topish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi, ularni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha topshiriqlar beriladi.
Mustaqil O‘zbekiston hukumati tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yirik subsidiyalar ajratildi. Mazkur mablag‘ kombinatni yangi texnikalar bilan taʼminlash, ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga sarflandi. Jumladan, 1992-yilda respublika hukumatining Zarafshon-Uchquduq mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va NKMK korxonalari ishlarini barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan qarori kombinat tarixida yangi davrni boshlab berdi. Hukumatimiz tomonidan kombinatning moddiy-texnika bazasini kengaytirish uchun 250 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratildi. Mazkur mablag‘ hisobidan “Muruntov” koni uchun 20 ta 170 tonnalik “Yuklid”, 63 ta 140 tonna yuk ko‘taradigan “Katerpiller” yuk mashinalari, 7 ta g‘ildirakli ekskavator hamda GPS texnologik jarayonlarni boshqarish tizimi xarid qilindi. Natijada, kombinat nafaqat ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab qoldi, balki mahsulot ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada ko‘paytirishga erishdi.
Mazkur qaror asosida 1995-yilda Uchquduqda 3-gidrometallurgiya zavodi va “Ko‘kpatas” hamda “Dovgiztov” konlari ishga tushirilishi kombinat jamoasining mustaqilligimizning dastlabki yillaridagi muvaffaqiyati sifatida tarix sahifalariga zarhal harflar bilan bitildi. Bu muvaffaqiyat respublikamiz kon-metallurgiya sanoati, shu jumladan, kombinat jamoasi uchun katta g‘alaba edi. Eng muhimi, mazkur zavodning ishga tushirilishi natijasida kombinat jamoasi o‘zining tajribali muhandis, malakali mutaxassis va fidoyi ishchi-xodimlarining nimalarga qodirligini isbotlab berdi.
Kombinat muhandis va mutaxassislarining muhim yutuqlaridan yana biri – 1994-yildan boshlab uranni ishlab chiqarishda faqat yer ostida eritmaga o‘tkazish usuli, yaʼni yangi texnologiyani birinchilardan bo‘lib amalda qo‘lladilar va bugungi kunga qadar uranni qazib olish ishlari faqat shu usulda amalga oshirilmoqda.
Kombinatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga katta eʼtibor qaratildi. Natijada, 1995-yilda Londondagi Qimmatbaho metallar birjasi Arbitraj laboratoriyasi tomonidan kombinat oltiniga “Good Delivery” – “Optimal yetkazib berish” maqomi berildi. 1998-yilda esa Tokio birjasi ham NKMK oltinini etalon, deb eʼtirof etdi. O‘zbekiston tamg‘asi shubhalanish va tekshirishga ehtiyoj bo‘lmagan, eng oliy sifat tariqasida butun dunyoda tan olindi. Kombinatning 2-gidrometallurgiya zavodi faoliyat ko‘rsatayotganidan buyon oltin yombisining og‘irligi yuzasidan isteʼmolchilardan biror marta eʼtiroz bildirilmagan.
Mustaqillik yillarida Navoiy kon-metallurgiya kombinati turdosh korxonalar ichida jahonda yetakchi o‘rinlarda turadigan eng yirik sanoat korxonalaridan biriga aylandi. Negaki, O‘zbekiston dunyodagi juda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaho hamda yer bag‘rida kam uchraydigan metallar zaxiralariga ega davlatlar jumlasiga kiradi.
Qazilma boyliklar haqida gap borganda, O‘zbekistonning oltin zaxirasini alohida taʼ­kidlash joiz. Oltin qazib chiqarish bo‘­yicha respublikamiz Mustaqil Davlatlar Ham­do‘stligi mamlakatlari orasida Rossiya Fe­de­ratsiyasidan keyin ikkinchi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan oltin bo‘yicha esa birinchi o‘rinni egallaydi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, respublikamizda 63 dan ortiq oltin konlari aniqlangan. O‘zbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining maʼlumotlariga ko‘ra, 2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimiz hududidagi oltin zaxiralari salkam 6 ming tonnani tashkil etib, dunyodagi oltin qazib chiqaruvchi davlatlar o‘rtasida birinchi o‘nlikka kiradi. Bu qazilma boyliklarni qazib olishda Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasi mustaqillik yillarida katta ishlarni amalga oshirdi. Zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan kombinat Qizilqum vohasining iqtisodiy salohiyati, sanoati, qurilishi, madaniyatini yuksaltirishda katta kuchga aylandi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatida uran ishlab chiqarish bu yillarda yana-da kengaydi. 1993-yilda Zafarobod posyolkasida joylashgan yirik uran ishlab chiqaruvchi 5-kon boshqarmasi Leninobod kon-kimyo kombinatidan NKMK tarkibiga o‘tkazildi. Mustaqillik yillarida NKMK O‘zbekistondagi uran qazib oluvchi va eksportga tabiiy uran sotuvchi yagona tashkilot bo‘lib, bu esa, o‘z navbatida, uchquduqlik konchilarga yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. 1992–2007-yillarda kombinat urani faqat AQSHga sotilgan edi. Bugungi kunga kelib tabiiy uran Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Fransiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarga ham eksport qilinmoqda.

Yüklə 83,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin