o‘quvchilarning predmetning mazmuniga, o‘qitish jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabati;
mustaqil fikrlay oldaigan o‘quvchiningshakllanishiga yordam berish;
nafaqat mazmunini o‘zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikralashni ham rivojlantirish;
muammolar yechish ko‘nikmalarning shakllanishi.
Kamchiliklari:
ko‘p vaqt talab etilishi;
o‘quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi;
juda murakkab mazmundagi material o‘rganilayotganda ham o‘qituvchi rolining past bo‘lishi;
”Kuchsiz” o‘quvchilar bo‘lganligi sababli «kuchli» o‘quvchilarning ham past baho olishi.
O‘qituvchining o‘zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etilishi.
O‘qitish jarayonidagi mavjud an’anaviy ta’lim bilan qurollangan ta’lim muassasalari endilikda o‘z oldiga qo‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmani amalga oshirishga ojizlik qilmoqda.
Taniqli didakt olim M.N. Maxmutovning fikriga ko‘ra, o‘quv jarayonini tashkil etishning an’anaviy sxemasi o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini yetarli darajada rivojlantira olmaydi, ularning bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini, fanga bo‘lgan qiziqishlarini qondira olmaydi, faol fikrlashni hamda bilishni e’tiqodga, e’tiqodni esa ongli ijtimoiy maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni ta’minlay olmaydi.
Maktab, kasb-hunar kollji va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining ilg‘or tajribalari yoritilgan materiallarni o‘rganish, shuningdek, kuzatishlar va suhbatlardan ma’lum bo‘lishicha, ularning ko‘pchiligi o‘z amaliy faoliyatlarida kuchsiz avtoritar motivga asoslangan bir hildagi o‘qitish jarayonlarini qisman o‘zgartirgan holda foydalanishadi. Bunday hollarda o‘zlashtirishning yuqori darajasiga deyarli erishib bo‘lmaydi.
Haqiqatan ham, an’anaviy ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan noan’anaviy ta’lim jarayoni bilan taqqoslaganda ular o‘rtasidagi farq aniq ko‘zga tashlanadi. (Jadavalga qarang).
4-jadval