Noinersial sanoq tizimlaridagi inersiya kuchlari Reja Galileyning nisbiylik prinsipi. Inersial sanoq sistemalari



Yüklə 35,07 Kb.
səhifə4/4
tarix26.12.2023
ölçüsü35,07 Kb.
#197612
1   2   3   4
laziz

Galileyning nisbiylik prinsipi umumiy holda quyidagicha ta’riflash mumkin:
Barcha inersial sanoq sistemalarida hamma mexanik jarayonlar bir xilda kechadi.
Yuqorida aytilganidek, to’g’ri chiziqli tekis harakatlanayotgan sistemalarda Nyuton qonunlari o’rinli bo’ladi. Agar sanoq sistemasi egri chiziqli yoki tezlanish bilan harakatlanayotgan bo’lsa-chi?Bunday sistemalar noinersial sanoq sistemalari deyiladi. Tezlanish hosil bo’lish sababi – bu kuch. Demak, Nyutonning ikkinchi qonunidan foydalanish uchun jismga boshqa jismlar tomonidan tasir qilayotgan kuchlar birgalikda inersiya kuchini kiritamiz. Inersiya kuchi jismga boshqa jismlar tomonidan emas, balki sanoq sistemasi tezlanish bilan harakatlanishi tufayli ta’sir qiladi. Аylаnuvchi sаnoq tizimidаgi jismgа Fm.q dаn tаshqаri Koriolis
inersiya kuchi deb аtаluvchi kuch hаm tа’sir qilаdi. U holda Nyutonning ikkinchi qonuni quyidagi
manis=F+Fi
ko’rinishida bo’ladi.
Inersiya kuchining ifodasini topish uchun tezlanishning absolyut qiymati aab va tezlanishning nisbiy qiymati anis ning ayirmasidan foydalanamiz. U holda inersiya kuchi ifodasi quyidagicha bo’ladi:
F i=m(aab-anis)

Aytilganlarini misoldan ko’raylik. Kichik bir aravacha ustida ustun o’rnatilgan bo’lib, unga 1-rasmda ko’rsatilgandek mayatnik osilgan. Aravacha yerga nisbatan aab doimiy tezlanish bilan harakatlanmoqda. Mayatnik aravachaga nisbatan qo’zg’almas: anis=0. Mayatnikka mg, mai va T kuchlar tasir qiladi. T-mayatnik osilgan ipning taranglik kuchi. Lekin bu kuchlar mayatnikka tezlanish bermaydi. Nyutonning ikkinchi qonuni bajarilisi uchun unga inersiya kuchi Fi=-mai ni kiritish kerak. U holda



Demak, Nyutonning ikkinchi qonuni shartli ravishda bajariladi. Mayatnikning og’ish burchagi tga=ai /g .

Xulosa: Demak tekis аylаnuvchi sаnoq tizimigа nisbаtаn jismning hаrаkаt tenglаmаsini tuzish uchun mаzkur jismgа tа’sir etаyotgаn Nyuton kuchlаri,
mаrkаzdаn qochmа inersiya kuchi vа Koriolis inersiya kuchining yig‘indisini olish kerаk:
m a =
Biz yashаb turgаn sаyyorа - Yer hаm, аylаnuvchi sаnoq tizimidir. Yer bilаn bog‘liq bo‘lgаn sаnoq tizimining noinersiаl ligi tufаyli Yer sirtidаgi jismlаrgа mаrkаzdаn qochmа vа Koriolis inersiya kuchlаri tа’sir etаdi.
4.Noinersial sanoq sistemalari
1. Vagon harakatlanmayotgan holda К va К' sanoq sistemalaridagi kuzatuvchilarning fikri aynan bir xil bo’ladi (5.1 rasm). Vagonning gorizontal polida turgan sharning og’rlik kuchi polning reaktsiya kuchi bilan muvozanatlanganligi uchun Nyutonning birinchi qonuniga asosan, shar o’zining tinch holatini saqlaydi. Vagon to’g’ri chiziq bo’lib tekis harakatlangan holda ham sharning vaziyati o’zgarmasligini К va К' sanoq sistemalaridagi kuzatuvchilar qayd qiladilar. Ma‘lumki, Yer sirti bilan bog’langan sanoq sistemasini taqriban inertsial sanoq sistemasi deb hisoblash mumkin edi. Shuning uchun К’ sanoq sistemasi К sanoq sistemasiga (ya‘ni inertsial sanoq sistemasiga) nisbatan tinch turgan yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan hollarda inertsial sanoq sistemasi deb hisoblanadi
2. Vagon tezlanish bilan harakatlanayotgan holda (5.2 rasm) К va К’ sanoq sistemalaridagi kuzatuvchilarning fikrlari farqlanadi. К sanoq sistemasidagya kuzatuvchi quyidagicha fikr yurita oladi. Vagon va u bilan mustahkam bog’langan jismlar ОХ yo’nalishida tezla­nish bilan harakatlanyapti. Sharni esa vagon bilan bog’lanmagan jism deb hisoblash mumkin, chunki shar bilan vagon poli orasidagi ishqalanish kuchi e‘tiborga olmasa ham bo’ladigan darajada kichik. Binobarin, shar vagon bilan birgalikda tezlanuvchan harakatda qatnashmaydi. Aksincha, Nyutonning birinchi qonuniga asosan, shar o’zining tinch holatini saqlaydi. Shuning uchun vagonning tezlanuvchan harakati boshlangan (5.2a- rasm) t0 vaqtda ham, harakat boshlanganidan biror vaqt o’tganida ќам (5.2б- rasm) sharning К sanoq sistemasidagi vaziyatining kordinatasi (xshar) o’zgarmay qolayapti. Vagon esa vaqt davomida ОХ yo’nalishida biror masofaga siljib qoladi. Shy sababli vagon devori va shar orasidagi masofa o’zgaradi.

1


2

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.O’rta ta’lim muassasalarining 10-sinf darsligi
1. Abdurazzoqov A. A., Nazirov E. N. “Yosh fizik ensiklopedik lug`ati” Toshkent - 1989.
2. A.K.Kikoin, I.K.Kikoin “Molekulyar fizika” Toshkent – 1978.
3. L.C.Jdanov va N.I.Xlebnikov “Fizika kursi texnikumlar uchun” ikkinchi qism. Toshkent – 1967.

FOYDALANILGAN INERNET SAYTLARI.



1. www.ziyonet.uz
2. www.uzvip.uz
3. www.referat.uz
4. www.doc.uz
5.moodle.pharmi.uz
Yüklə 35,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin