Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning tarkibiy qismlari



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə2/318
tarix31.08.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#141136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   318
Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning tarkibiy qismlari
Kadrlar tayyorlash Milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:
1. Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.
2. Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
3. Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
4. Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo‘lib, kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi Yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta’lim tizimida unumli foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy tadqiqotlar infrastrukturasini Yaratish, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy tadqiqotlar darajasiga Yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiy-pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqei va obro‘sini oshirishni va shu kabilarni qamrab oladi.
5. Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning tayyorgalik sifati va saviYasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliYaviy va moddiy-texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisichisi.





Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari


O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining 3-moddasi ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga bag’ishlangan.
Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

  • ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  • umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;

  • o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

  • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

  • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  • ta’lim dasturlarini tanlashga Yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

  • bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish;

  • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish.


  • Yüklə 1,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin